8-laboratoriya ishi termometrlarni aniqlik sinfini qiyoslash ishdan maqsad


Dilatometrik va  bimetallik  termodatchiklar


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana28.10.2021
Hajmi0.53 Mb.
#169317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-лаборатория иши

 

Dilatometrik va  bimetallik  termodatchiklar. Dilatometrik va  bimetalli  termodatchiklar 

binolardagi  havo  haroratini  signallashtirish  va  boshqarish  uchun,  hamda    suyuq  va  gazsimon 

muxitni  nazorat  etib  turish  uchun  mo‘ljallangan  (havo,  suv  va  boshq.).    Dilatometrik 

termometrlarni  ishlash    prinsipi    metall  stejenlarni  chiziqli  o‘lchamlarini  o‘zgarishi  asosida 

muhitning haroratini aniqlashga  asoslangan.  

Haroratni o‘lchash diapazoni  --150

o

S dan  +1000°S 



gachani tashkil etadi. 

Bimetalli  termometrlarni  ishlash  prinsiplari  kegayishning  harorat  koeffitsientlari  turlicha 

bo‘lgan  ikki  metalldan    tashkil  topgan  plastinkalarni  bukilishlarini  o‘zgarishi  asosida  haroratni 

aniqlashga asoslangan.  

Haroratni o‘lchash diapazoni -100 dan +600°S gacha. 

Rele  –datchiklari  ko‘rsatkichli  asbob  emas,  aksincha  kontaktlarni  ishlashida    haroratni 

ko‘rsatish  shkalasiga  ega.  Dilatometrik  termometrlarni  sezuvchan  elementi    asosan  chiziqli 

kengayish  haroratini  katta  koeffitsieti  mavjud  bo‘lgan  (latun,  alyuminiy  va  boshq.)  metaldan 

tayyorlangan turbkadan (1.2-rasmga qarang) hamda truba ichida  joylashgan  kengayishi kichik 

bo‘lgan  metaldan  (maslan  invar)    yasalgan    2  ta  serjendan  tuzilgan.  Asbob    trubkasi    nazorat 

qilinayotgan  muhitga  joylashtiriladi.  Muxit  haroratini  o‘zgarishiga  bog‘liq  xolda  sterjenning 

chiziqli uzunligi  




 

1.2-rasm. Dilatometrik  termometrlarni tuzilishi. 

 

o‘zgaradi va shu asosda muhitning harorati aniqlanadi.   



Bimetalli  kuzatgichlarda,  sezuvchan  element  sifatida  uzunligi  bo‘yicha  ikkita 

kavsharlangan,    haroratga  xos  chiziqli  kengayish  koeffitsenti  turlicha  (masalan  misdan,  va 

invardan)  bo‘lgan  metallik  plastinalar    -  1,2  (1.3-rasm)  tarkib  topgan  plastina  va  spiraldan 

foydalaniladi.   

Muhit haroratini o‘zgarishida  bimetalli plastinka (spiral) uzatgichni sezuvchan elementini 

aralashtirgan  xolda yoki kontaklarni qayta ulash bilan buklanadi.  

 

11.3-rasm. Bimetalli termometrlarni tuzilishi. 



 

Ishlab  chiqarishda  ikki  pozitsiyali  bo‘lgan  DTKB  (bimetalli)  turdagi  va    TUDE 

(dilatometrik)  turdagi,  shuningdek  uch  pozitsiyali  bo‘lgan    TB-EZK  (bimetalli)  turdagi 

termodatchiklardan foydalaniladi.  

Barcha modifikatsiyadagi  dilatometrik va  bimetalli termodatchiklar  istalgan holatda montaj 

qilinadi  (vertikal,  og‘ma,  gorizontal).  DTKB  turidagi  bimetalli  kameraga  xos  datchiklar  poldan 

1,8...2 m balandlikda o‘rnatiladi.  

Quvur  o‘tkazgichda  muhit  haroratini  o‘lchashda  dilatometrik  termometrni  sezuvchan 

elementining o‘rtasi  oqim o‘qi bilan muvofiq kelishi darkor. Zarur  bo‘lganda sezuvchan element 

gilzaga joylanadi, lekin bunda termometrni issiqlik inersionligi kuchli o‘sib boradi.  Bimetalli rele- 

datchiklarni    chuqurchalarga  va  turli  dekorativ  elementlar  orqasiga  o‘rnatish  kerak  emas,  ular 

asbob  yaqinida  havoni  me’yorda  aylanishlariga  to‘siqlik  qiladi,  o‘lchash  xatoliklarini  muxim 

darajada oshirib yuboradi. SHuningdek Bimetalli rele - datchiklarni tashqi issiqlik  manbai ta’siri 

mavjud  bo‘lgan  joylarda  (isitgich  batareyalari,  quyosh    radiatsiyasi  va  sh.o‘.)  o‘rnatilmaydi. 

Asbobdan devorgacha bo‘lgan masofa  50...70 mm.dan kam bo‘lmasligi kerak.  Montaj qilishda  

va foydalanishda  asbob atrofida havoni erkin almashinishi,  atrof-muxitni nisbiy namligi - 30...80 

% bo‘lishiga e’tibor berish lozim. 



Bimetalli  termometrlar xona haroratini o‘lashda juda keng tarqalgan. Termometrni asosiy 

xatoliklari    boshqaruv  diapozonidan  1-3%  ni  tashkil  etadi.  Bimetalli    termometrlarni  asosiy 

kamchiliklaridan  biri  bo‘lib,  individual  darajalanishni  talab  qilinishi  sanaladi,  u  namunaviy 

termometr    ko‘rsatkichlarini  taqqoslash    yo‘li  bilan  olib  boriladi,  bu  esa  sezuvchan  bimetall 

plastinkalarni tezda almashtirishga imkon bermaydi.

 

 



Termodinamik  datchiklarga    texnik  xizmat  ko‘rsatish  -  metrologik  xizmati  o‘rnatilgan 

grafik  bzyicha  davriy  ko‘rikdan  o‘tkazib  turish  va  ko‘rsatilgan  aniqlik  sinfiga  mos  kelishini 

tekshirib turishdan iborat.  


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling