№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi
-Mavzu: “Erkinlik va intizom”
Download 1.29 Mb.
|
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС
4-Mavzu: “Erkinlik va intizom”.
Erkinlik va intizom, bu tushunchalarni har bir kishi turlicha talqin qiladi, ya’ni erkinlik deganda ayrim kishilar o‘zining barcha burchlardan, mas’uliyatlardan ozodligini anglasa, intizom deb, oziga nisbatan boshqalarning masuliyat bilan yondoshishini tushunishadi. Kimdir bu fikrlarni inkor qilishi mumkin biroq har insonning qaysidir darajada qalbida shunday oy hayollar kechsa ajabmas. Nemis olimi Lyudveg Berne: «Erkinlikni yaxshi kormaydigan odam yoq, ammo haqgoy odam uni barcha uchun, nohaq esa faqat ozi uchun talab qiladi» degan edi. Jamiyatda ayrim insonlarning farzandlarini erkalab, ularning xohish istaklarini amalga oshirishda, jamiyatning turli qonun qoidalarini buzushi, pisand qilmasligi kabi holatlar uchrab turadigan haqiqatdir. «Faqat nodonlargina beboshlikni erkinlik deydilar» izohlagan edi antik dunyo tarixchilaridan biri Tatsit. Beboshlik bilan erkinlikning katta farqi bor. Beboshlik bu hech bir qonun qoidaga amal qilmaslik, axloq meyorlariga rioya etmaslik yoki ularni pisand qilmaslik diya sodda qilib tariflash mumkin. Italyan tarixchisi Karlo Juzeppe Bottaning erkinlik haqida haqli tarif bergan quyidagi sozlarini aytib otish joiz: «Erkinlik barcha uchun odil va teng bolgan jamiyat qonunlariga boshdan oxir ogishmay rioya qilishdan bolak narsa emas» Albatta, kishilar ortasidagi munosabatlar erkinligi axloq-odob meyorlari, diniy aqidalar va davlat tomonidan ornatilgan qonun-qoidalar asosida tartibga solinadi. XX - asrga kelib taraqqiyot shu darajada yuksaldiki, endilikda jahon boyicha umumiy bolgan turli tashkilotlar tuzilishni, deklaratsiyalar, paktlar, ishlab chiqilishini talab qildi. Shunday deklaratsiyalardan biri «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»dir. Bu deklaratsiya dunyodagi jamiki insonlarning teng va erkin ekanliklaridan dalolat beruvchi hujjatdir. «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ning birinchi moddasida: «Hamma odamlar oz qadr-qimmati hamda huquqlari boyicha erkin va teng bolib tugiladilar...» deb belgilab qoyilgan. Ozbekiston Respublikasi 1991 yil 30 sentabrda «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ni rasmiy ravishda tan oldi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va qonunlarda birinchi navbatda insonlarning erkinligi, teng huquqlarga ega ekanligi belgilangan. Konstitutsiyamizda shaxs manfaati uning erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlariga nisbatan ustuvorli belgilab qoyilgan. Qomusimizning 2-moddasida «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masuldirlar» deyilgan bolsa, 18 moddada «Ozbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bolib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatiy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qoyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bolishi shart» deb qatiy mustahkamlangan. Mana shu qoidalar Ozbekiston davlatining bosh faoliyat mezonini belgilagan bolib, teng, erkin fuqarolik jamiyati qurishda dasturulamal bolib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizda Ozbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari bajarilish sohalari boyicha uch turga bolinadi: Birinchi: Shaxsiy huquq va erkinliklar ( VII bob, 24-31- moddalar) Ikkinchi: Siyosiy huquqlar ( VIII bob, 32-35- moddalar) Uchinchi: Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar (IX bob, 36-42- moddalar) Konstitutsiyamizning 20 moddasida «Fuqarolar oz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shart» deb takidlangan. Demak, har birimiz oz huquq va erkinliklarimiz sozlash, dam olish, bilim olish, etiqod erkinligi, turar-joy tanlash kabilarni amalga oshirishda xudbinlikka yol qoymasligimiz talab etiladi. Konstitutsiyamizning 29 moddasida: «Har kim fikrlash, soz va etiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim ozi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taaluqli bolgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin» deyiladi. Sozlash va fikrlash bilan inson yer yuzidagi boshqa mavjudodlardan farq qiladi. Insonlar esa bilim darajasi, dunyoqarashi kengligi bilan bir-biriga nisbatan farqlanadi. Insonlar fikrlarini bayon etishda ozgalarning shaxsiyatiga, shaniga qadr-qimmatiga tegadigan darajada sozlashlari mumkin emas. Xuddi shuningdek, davlatning sirlari, xizmat sirlari va harbiy sirlarni oshkor etish ham mumkin emas. Bunday sirlarning ochilishi davlat manfaatlariga, xavfsizligiga, taraqqiyotiga nisbatan katta zarar olib kelish xavfini vujudga keltiradi. Nemis adibi Klaudius Mattias erkinlikka bergan tarifi togridir. U shunday degan: «Erkinlik - ozgalarga ziyon yetkazmay turib, jamiki narsalarni qila olish huquqidir». Konstitutsiyamizda fuqarolarning erkinliklari davlat tomonidan himoyasi kafolatlanganligi belgilangan. 19 moddada shunday deyiladi: «Ozbekiston Respublikasining fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bolgan huquqlari va burchlari bilan bogliqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki cheklab qoyishga hech kim haqli emas» deb qatiy mustahkamlangan. Milliy istiqlol mafkuramizda shaxs erkinligi goyasi mavjud. Oz haq-huquqini taniydigan, ayni paytda oz manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uygunlashtiradigan insongina milliy goyamiz tamoyillarini togri baholay oladi. Huquqiy demokratik jamiyat barpo etayotgan ekanmiz albatta erkinlik degan tushunchani qonunlarga amal qilish deb tushunish togri bolar edi. Zero, fransuz faylasufi Sharl Lui Montesening «Erkinlik qonun yol qoygan barcha narsalarni qila bilish huquqidir» degan haqli mulohozasi hozirda biz qurayotgan jamiyatning har bir azosini erkinlikka qonun nuqtai nazaridan yondoshish lozimligini talab etadi. Erkinlik degan tushuncha bilan yonma - yon intizom degan tushuncha ham birga yuradi. Intizom kim uchundir ota ahamiyatli tushuncha bolsa, kimgadir ozi ezozlagan tushunchalardan keyinda turuvchi tushunchadir. Qattiq intizom ornatilgan Iskandar Zulqarnay armiyasi, Chingizxon, Amir Temur va Suvorov qomondonlik qilgan armiyalar dunyoning eng qudratli davlatlarini ozlariga boysundirishgan. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling