8-mart bayrami ssenariysi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
8-mart senarisi 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-boshlovchi
- Muallima:Sharifa
- Shoira: Dilfro’z
- Chevar:O’g’iljon
- Xush xabar keltirsa kim farzandidan Yo’liga poyondoz to’shaydi ayol. Bo’lsin u olima, ishchi, shifokor, Dunyoda bolam deb yashaydi ayol. 1-boshlovchi: - Ha, darhaqiqat ayol kishi qanday kasb egasi bo’lmasin u eng avvalo, farzandim deb yashaydi, farzandim deb aql bovar qilmaydigan jasoratlarga bel bog’laydi. U eng avvalo farzandlarining mehribon onasi, dono maslahatchisi, qo’li shirin pazanda, oqila uy bekasidir. 2-boshlovchi: - To’g’ri aytasiz, dunyoda bolam deb kuyib-yonmaydigan ayol bo’lmasa kerak. Keling shunday ayollarning qalbiga bir quloq solib ko’raylik, ular nima der ekan. Sahnaga turli kasb egalariga xos kiyingan qizlar chiqib, o’zlartini tanishtirib she’r o’qishadi. Shifokor: Nargizabonu Shifokorman oppoq xalatda Oppoq tilak bilan yashayman El sog’-omon bo’lsin deb albat Shunda men ham yayrab-yashnayman Shifokorman lekin avvalo Farzandimga sodiq onaman. Sochsalarda boshimdan tillo Bolam deyman kuyib yonaman. Muallima:Sharifa Shogirdlarim jonu jahonim Hayotimning mazmun ma’nisi Davrasida o’tar har onim Farzandlarim ular barisi Yaxshi ko’rmay suyub qanchalar Muallima, oddiy onaman. Farzand shirin aziz bunchalar Bolam deyman kuyib yonaman. Shoira: Dilfro’z So’z qaymog’i suzilar betga Bahor misol yasharar olam Qog’oz qalam surilar chetga Nogahonda yig’ilsa bolam. Dardga to’la bag’rim yuragim Shoiraman lekin onaman El-yurt tinchi orzu tilagim Bolam deyman kuyib yonaman. Chevar:O’g’iljon Qo’llari gul mohir chevarman Ish tikaman mehrimni qo’shib Odamlarni dildan sevarman Xizmat qilay qalbimdan jo’shib Ko’zlarimda quvonch o’t chaqnar Tole kulgan baxtli onaman. Mashhur qildi elga shu hunar Bolam deyman kuyib yonaman. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling