8-mart bayrami ssenariysi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana12.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1191472
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-mart senarisi 11

 
Tadbirkor ayol: Sevara 
Ishbilarmon tadbirkor ayol 
Yurt buguni porloq ertasi 
Rejalarim demang puch xayol 


Korxonaning rahbar bekasi 
Imkon qo’lida qilmayman inkor 
Tadbirkorman, ayol onaman. 
Mansab, shuhrat arzimas zinhor 
Bolam deyman kuyib yonaman.
Zardo’z:Shahrizoda 
Iplarimning zari tillodan 
Bezaklarda quyosh aks etar 
Momomeros asli xudodan 
Igna tutsam ular raqs etar 
Zardo’zlik bu hunarmas san’at 
Kasbim faxrim, ammo onaman 
Mehrim ulug, tuganmas davlat 
Bolam deyman kuyib yonaman. 
Olima: Rayhon 
Zahmat chekib tunlar ko’z ilmay 
Jumboqlarning yetdim siriga 
Va aylandim so’ng bilib-bilmay 
Bilim qasrin asirasiga 
Martabam zo’r mashhur olim 
Avvalo shukur onaman 
Tilda, dilda yolg’iz kalmima 
Bolam deyman kuyib yonaman. 


She’r yakuniga yaqin Asaloy chiqib barcha she’r o’qigan kasb egalari tomon o’ng qo’lini ularga ishora holida 
she’r o’qiydi: 
Qay bir kasbda qanday mansabda 
Ishlamasin bu ona 
Pokiza u nasli nasabda 
Farzandiga mudom parvona. 
Jasoratda erlardan o’tar 
Ibo hayo yo’l bermas xiyol 
Dilin faqat bir sog’inch o’rtar 
Bolam deydi dunyoda ayol. 
Olma pishganda qo’shig’i 
1- boshlovchi: - Xalqimizda ayolni e’zozlagan millatning qadri hamisha baland bo’ladi degan ajoyib naql bor. 
Darhaqiqat, mamlakatimiz davlat va jamiyat qurilishida yil sayin xotin-qizlar faolligi oshib bormoqda. Bu esa 
millatimiz qadr qimmatini yuksaklikka ko’tarish emasmi? 
2- boshlovchi: - Istiqlol yillarida davlatimizning birinchi prezidenti I.A.Karimov rahnamoligida xotin-qizlarni 
har tomonlama qo’llab quvvatlash davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylandi.
1- boshlovchi: - Ha, albatta onalar salomatligini mustahkamlash, yosh avlod hamda oilalarni ijtimoiuy 
himoyalash borasida tutgan va unda avvalgi yillardfa boshlangan ezgu ishlar ko’plab xayrli chora tadbirlar 
ushbu yoshlar yilida ham davom ettirilib ajoyib loyihalar amalgam oshirilayotgani buni yorqin dalilidir.
2-boshlovchi: - Yurtboshimiz tashabbusi bilan tas’is etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mamlakatimiz 
iqtidorli qizlarini aniqlash, qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, yangi marralar, yangi ijodiy yutuqlar sari 
da’vat etishda muhim omil bo’lmoqda.
1-boshlovchi: - Buni birgina sportchi qizlarimizning vatanimiz sharafini jahon miqyosida munosib himoya 
qilayotganligi misolida ham yaqqol tasavvur etishimiz mumkin.2016-yil Rio-de Janero shahrida bo’lib o’tgan 
jahon chempionatida bizning tumanimizda Sevinchoy Salayeva parolimpiyada sport musobaqasida bellashib
bronza medalini qo’lga kiritib yurtimizni jahonga tanitdi. Bundan tashqari ular ilm-fan ta’lim, sog’likni 
saqlaah, ishlab chiqarish, san’at, adabiyot va boshqa ko’plab sohalar rivojiga qo’shayotgan hissalarini ham 
e’tirof etmasdan bo’lmaydi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling