8-mart tadbirlar ssenariysi
Download 25.1 Kb.
|
8-MART SSENARIY
bog’im aro tutdim gullar onamga.
Sen yog’dusan ayol, yog’dularing mehr- muruvvati Yer yuzin chiroyga ko’msin,also g’am ko’rmasin faqat. Sahna ko’rinishi:Onalarni behad ulug’lovchi ularning nuroniy, tiniq siymolarini gavdalantiruvchi ajoyib dostonlar, rivoyatlar ham talaygina. Quyoshdan so’rashibdi: Sening haroratingdan zo’roq harorat bormi? Bor——-javob berdi Quyosh——ona mehri mening taftimdan ham kuchliroq. O’limdan so’rashibdi: Senga bas keladigan kuch bormi? Bor-debdi o’lim-Ona mehri meni ham chekintiradi. Daryoi azimdan so’rashibdi: Sendan kuchliroq jonzot bormi dunyoda? Bor-debdi Daryoi azim.Ona mehri mendan kuchliroq. Ha, ona mehri toshni eritadi, qahri tog’ni qulatadi daryoni jilovlay oladi.Quyosh – haroratini, oy nurini, hayot go’zalligini onadan olgan Tabiat tarovati gullar isi,hayot nashidasidan inson ko’rkamligi,odamiyligi, inson aql-idroki, fahm-farosati bari-bari onaizordan. Ona-ona,onajon,jaji nihol gul g’uncham Mehringizdan bol ichaman,so’zlaringiz joylab dilga Otlanaman porloq yo’lga,Siz quvonchim hayajonim, Mehribonim onajonim. Yurakdagi nozik ilhomim,sizga bugun jonim onajon. Bag’ishlayman ulug’ ayyomim,doim sizga jonim onajon. Bag’ishlading jonimga huzur,ko’zlarimga bera olding nur Deding bolam doim to’g’ri yur,so’zing dilda jonim onajon. Gullar olib boray qoshinga,bulbul bo’lib qo’nay qoshinga Bosib o’tgan aziz yoshingga,Sadqa bo’lsin jonim onajon. Baxtiyorsan o’g’il-qizing ko’p,har biriga aytar so’zing ko’p Yodgorliging qolar sening ko’p, iftihorim jonim onajon. Muborakbod etib kuylayin,erkalatib o’pib kuylayin Dilda mehrim qo’shib kuylayin,gulbahorim jonim onajon. Sahna ko’rinishi: Ona mehri. Boshlovchi:Go’zal bir yurt bor emish, gulzor chamanzor emish Bog’da sayrasa bulbul,olam guliston emish. To’satdan bir kun yurtni,har tomondan yov bosdi. Payhon etib ekinni,xalqni qatl etibdi, Yurtda bir ayol qolib, omon qolish hohlarmish, O’g’il qizini quchib,farzandiga jonin berarmish. Bosqinchi shoh ayolni sinab ko’rmoqchi bo’ldi, Uni omon qoldirib,o’g’lin qatl etmoqchi bo’ldi. Bosqinchi shoh: Seni o’ldirsam agar,o’g’ling qasdini olar O’yib olsam o’ng ko’zing,bolang sog’ omon qolar. Mushtipar ona shu on,kerak bo’lsa ol ko’zim O’g’lim omon qolsa bas,ishonaver chin so’zim, Menga ko’zim kerakmas. Boshlovchi:Jallodlar ona ko’zin,hamon o’yib olishdi Ona churq etmaganin,ko’rib hayron qolishdi. Bosqinchi shoh ko’nmadi,ayolni tinch qo’yishga Chap ko’zini so’radi,endi qizin o’rniga. O’yib olsam chap ko’zing,qizing omon qoladi Ona—kerak bo’lsa ol ko’zim,qizim omon qolsa bas Ishonaver chin so’zim,menga ko’zim kerakmas. Boshlovchi: Ona berib chap ko’zin,chiqarmabdi bir so’zin Bosqinchi shoh oldida, yoqotmabdi hech o’zin. Bahodirlar qo’zg’alib,shohni mag’lub etibdi Ko’zsiz qolgan onani, yurtga bosh etishibdi. Odatda onadi Mehribon volida deymiz.Chunki har bir inson uchun onadan mehribon va yaqin kishi yoq, ona siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko’z qorachig’idek asrab-avaylab voyaga yetkazibgina qolmay, hamma vaqt quyosh yanlig’ hayotimizga nur ato etadilar,tunimizni yorug’,yolimizni oydin qiladilar. Ona muqaddas ona aziz va mo’tabar siymo. Ona ulug’lik go’zallik donolik timsoli. Ona hayot chashmasi ona shu chashmadir Onaning bir qo’li beshikni, ikkinchi qo’li dunyoni tebratadi. Onaning dili og’risa, yer ham titraydi. Dunyo tor bo’lganda ham,ona bag’ri keng’ Bolaning barmog;I og;risa’onaning yuragi achiydi Onaning yaxshiligini bemor bo’lsang bilasan Otasini og’ritgan el ichida hor bo’lur,onasini og’ritgan Parcha nonga zor bo’lur. Avaylab bizni, bir parcha go’shtidan, Inson qiladi onaga ta’zim. Ona borki bola bor, ona borki alla bor,ona borki olam bor, Hush kelibsiz hush vaqt bo’ling hamisha hamma vaqt bo’ling, to’ling to’kilmang qatorimizdan kam bo’lmang. Xonadonlarimizda tashvish-u Bemahal g’am ko’rmang. Yurtimiz obod bo’lsin, xalqimiz ma’naviy boy badavlat bo’lsin, to’y tomoshasi ko’p bo’lsin. Doimo siz ustozlar izzat hurmatda bo’lin. Download 25.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling