8-mart xotin-qizlar bayrami arafasiga tayyorlaniladigan tanlov nizomi


Download 8.67 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi8.67 Kb.
#1336986
Bog'liq
8- mart nizom


8-mart xotin-qizlar bayrami arafasiga tayyorlaniladigan tanlov
NIZOMI
39-maktab o’quvchilari o’rtasida 8-mart xotin-qizlar bayrami arafasida tanlov o’tkazish nizomiga asosan 4 shartdan iborat tanlov tashkli etish va o’quvchilar o’rtasida jamoa bilan ishlash ko’nikmasini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan tanlov quyidagi shartlardan iborat.


1-SHART
Osh tanlovi”
Bu shartda 8-11 sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan ( 2-yigit o’quvchi) palovga 10 ballik baho tizimida baholanadi:

  1. Osh tayyorlanadigan stol tartibdaligi, bahoriy kayfiyatga taalluqli bezak va ozodalik – 3 ball

  2. Oshning tayyorlanish bosqichlarini to’liq bajarganligi va me’yorda hozilanishi – 5 ball

  3. Hakamlarga noodatiy tarzda salat bilan tortiq qilish jarayoni – 2 ball

2-SHART
Balli qizlar: tanishtiruv”
8-9-10- 11 sinf qizlari o’rtasida “Balli qizlar” ko’rik tanlovi jarayonida tanishtiruv shartida bir kunlik maktab faoliyatidagi holatni 2 daqiqada aks ettirish:

  1. Tanlov ishtrokchisining bahoriy kayfiyati, kiyinish va odobi, berilgan vaqtdan oshib ketmasligi- 3 ball

  2. Tanlov ishtorkchisining nutqi – 2 ball

  3. Badiiy ko’rinish yoki nasr, nazmdan foydalanib maktabdagi kuni haqidagi ta’rifi- 5 ball



3-SHART
Parodiya”
Tanlov ishtrokchilari sinf o’quvchilaridan foydalanib 10 ballik tizimda 5 daqiqada parodiya-o’xshatish orqali san’atlarini namoyish qilishi:

  1. Tanlov ishtrokchilarining o’xshatilinayotgan voqeaga berilgan vaqtdan oshib ketmasligi- 2 ball

  2. O’xshatilinayotgan shaxs kiyinishini va unga tegishli detallardan foydalanish- 3 ball

  3. Parodiyaning mos kelishi va iqtidor – 5 ball



4-SHART
Bahor va go’zallik timsollari”
Sinflar kesimida tanlangan o’quvchilar tomonidan chizilgan rasmda bahor va xotin qizlar bayramiga mos ohangda tasvirlanish jarayoni aks etishi:

  1. ranglardan foydalanish va rasmdagi tartib, ozodalik – 2 ball

  2. rasmda bahoriy kayfiyat va bayramga mos ohangdorlik – 7 ball

  3. rasm haqida ma’lumot berish – 1 ball

Tanlov 4 shartdan iborat va jami 40 ballik tizimda baholaniladi. 8-11 sinflar kesimida jami 9 sinf ishtrok etadi. Barcha sinf o’quvchilari 4 shart doirasida kelishgan holda turli shartlarda o’z sinfi sha’nini himoyalaydi.


Tadbirning maqsadi: o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, maktab faoliyatidagi vaqtini ko’rsatish, ustozlarga nisbatan mehrini oshirish va oshpazlik mahoratini namoyish etish orqali bayram kayfiyatini oshirgan holda ko’tarinkilik bilan tanlovni o’tkazishdan iborat.
Maktab direktori: R.Kaxorov
Bobur 1483-1530
Zulfiyaxonim 1915-1996
Download 8.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling