8-martga bag’ishlangan tadbir senariy


Download 22.63 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi22.63 Kb.
#245456
Bog'liq
8 - Mart senariy


8-martga bag’ishlangan tadbir senariy

Xona bayramona bezatilgan.Gullar, sharlar ilingan.Katta harflar bilan “Ona –ulug’ zot” deb yozilgan.O’quvchilar chiroyli kiyingan.”Sen baribir muqaddasan ayol”qo’shig’I bilan sahnaga o’quvchilar kirib keladilar.



1-boshlovchi:Salqin saharlarda,bodom gulida,

Binafsha labida,yerlarda bahor.

Qushlarning parvozi, yellarning nozi

Bahmal vodiylarda,qirlarda bahor.



2-boshlovchi:Assalomu alaykum ,munis onajonlar,go’zal va lobar qizlar.Mana,o’lkamizga bahor fasli kirib keldi .Bahor faslida nishonlanadigan bayramlardan biri 8-mart xotin –qizlar bayramidir.

1-boshlovchi:Bugun shu bayram munosabati bilan tadbir tashkil qildik .Marhamat tomosha qiling.

(Sahnada “Bahor valsi”kuyiga raqsga tushiladi)

O’quvchi: Husn-u malohatning tengsiz timsoli,

Farzand baxtin ko’rish o’y-u xayoli.

Farishtaga o’rnak oydek jamoli,

Aziz mukkaramsan-o’zbek ayoli.

O’quvchi: Sen uchun farzandning baxti bo;lsa bas

O’tkinchi dunyoni qilmaysan havas.

Har kiygan libosing malaklarga xos

Muqaddas, azizsan- o’zbek ayoli.



O’quvchi: Sen uchun boshimiz egikdir mudom,

Sen uchun yurakda,dilda ehtirom,

Nomihg aytsam,jaranglar bir nom

Aziz va munissan-o’zbek ayoli.



1-boshlovchi: Har bir insonni ONA voyaga yetkazadi.Xatto buyuk insonlarni ham ONA dunyoga keltirgan.G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiyni ham ONA dunyoga keltirgan.Alisher Navoiyni onasi uchun atalgan she’rni O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov yozgan.

Onalar haqida 10 hikmat

Farzand uchun ona og’ushidan yahshiroq ,yoqimliroq va sevimliroq joy yoq.

Dunyoda hech bir gul onaning bolaga qilgan tabassumidan chiroyli emas.

Onaning bir qo’li beshikni, ikkinchi qo’li dunyoni tebratadi.

Sharaf tojini istama,onang roziligini izla.

Ona –quyosh,uning mehr tafti hech qachon sovutmaydi.

(Onalar haqida qo’shiq “Oyijon-oyijon”)

Boshlovchi: Onalarimizni o`rni nafaqat oilada, jamiyatdagi o`rinlari ham katta. Diyorimizda tavallud topib, o`zining ahloq-odoblari bilan barchaga namuna bo`lgan fozila, olima, shoira va davlat rahbarlarigigacha ko`tarilgan ayollarimiz. Zebuniso, Uvaysiy Mahzuna, Anbar Otin,

Nodirabegim, Zulfiya kabi momolarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Hozirgi kunda ham ayollar har sohada faoliyat yuritmoqdalar.



O`quvchilar

A. Oripovni "Ona" she'ri

Deydilar qahrli bahodirlar ham,

Janglarda jon berar chog`i mardona.

Behad azoblarga chidab so`nggi dam.

Bitta so`z dermishlar shivirlab Ona.

Ulug` bir donishmand olamni sharqlab.

Axiyri tanibdi tuqqan elini,

Zabon baxsh etganga, ehtirom saqlab,

Ona deb atabdi, ilk bor tilini.

Dunyo shoirlari vatan sha'niga.

Sifat axtarmishlar qator va qator.

Nihoyat kelmishlar bitta ma'niga.

Ona vatan deya bitmishlar ash'or.

Bisyor bo`lsa agar bol ham beqadr.

Takror aytilganda rangsizdir kalom.

Bu yoruh olamda Vatan bittadir.

Bittadir dunyoda Ona degan nom.



Boshlovchi: Endi qizlarimiz o`rtasida qiziqarli o`yin o`tkazamiz. Onalar, ayollar haqidagi hikmatli so`zlarni uzmasdan ketma-ketlikda aytish. Bu shartni bajargan ishtirokchi g`olib bo`ladi.

Sahna ko’rinishi:  Ona  mehri.
1-boshlovchi: Onalar haqida qancha gapirmaylik ‘qanchalik e’zozlasak shuncha oz.

2-boshlovchi: Bayramingiz muborak bo’lsin,aziz va mehribon buvijonlar,onajonlar hamda opa-singiljonlar!Baxtimizga hamisha sog’-omon bo’ling,chehrangisdan quvonch, yuzingizdan doimo tabassum, mehr to’la ko’zlaringizdan baxt ,shodlik yog’ilib tursin.

Aziz onalar va opa-singillar bugungi 8-martga atalgan kechamiz ham o’z nihoyasiga yetdi.



E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 22.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling