8-ma’ruza. 1-yoshgacha va kichik yoshdagi bolalar mahsulotlari texnologiyasi
Download 53.79 Kb.
|
8-Ma\'ruza
8-MA’RUZA.1-YOSHGACHA VA KICHIK YOSHDAGI BOLALAR MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI Bola tug‘ilganidan so‘ng ona qornida mavjud bo'lgan talaygina qulayliklardan, jumladan, qon aylanish sistemasi orqali ona tani bilan chambarchas bog‘langan holda ovqatlanish sharoitidan mahrum bo‘lishiga qaramay, yorug‘ dunyoda ona tani bilan bog‘lanishni davom ettiradi. Endi yangi tug‘ilgan murg‘ak bola ona tani bilan uning suti orqali bog‘lanishni davom ettiradi. Ona sutining bola tanasi uchun nihoyatda mas’ul va bebaho ahamiyati hammamizga, ayniqsa bolalar shifokorlariga ma’lum. Ona suti bolaning me’yorda o‘sishi va taraqqiy etishi uchungina zaruriy ozuqa bo‘iib qolmay, balki bola tanasining tashqi muhitga moslashuvida va salbiy omillarga qarshi quwatini ham oshirib boradi. Bola tanasi tunu-kun o‘sib borar ekan, u asta-sekin ona sutiga qo‘shimcha ravishda turli ichimliklar va masalliqlarni, taomlarni tatiy boshlaydi va bunday o‘zgarishlarga ko'nikib ketadi. Umuman, ovqatlanish jarayoni bola bir yoshgacha bo'lgan davrda nihoyatda katta vazifalarni bajaradi: hujayra va to‘qimalar uchun ham qurilish, ham yoqiig'i, ham bola tanasidagi barcha fizikaviy-kimyoviy hamda biologik jarayonlarning ma’lum me’yorda borishini ta’minlaydi. Natijada soghorn o‘sib rivoj topayotgan 1 yoshdagi bola vazni 3 marta, bo‘yining uzunligi 1,5 marta ortadi Bu davrda bola ovqati, taomnomasi unumli deb tan olingan ovqatlanish (UDTOO) qoidalari asosida olib borilsa, kutilgan natija ijobiy bo‘ladi, bola baquvvat bo'ladi, bu hoi uning umrining uzoq bo'Iishiga mustahkam poydevor yaratadi. Ona suti bolaning me’yorda o‘sib rivoj topishi uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etishi asosida uning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari yotadi. Buni 64-jadvalda keltirilgan raqamli ma’lumotlardan anglash qiyin emas. jadvaldan ko'rinib turibdiki, ona suti tarkibiy jihatdan mayda- mayda tanachali albumin va globulin oqsillariga boy bo‘lib, albuminli deb nomlanuvchi sutlar qatoriga kiradi, bunday ko‘rsatkich ona suti uchun asosiy omillardan biridir Ona suti albumin + globulinlar miqdori jihatidan faqat eshak sutidangina keyin joy olsa, boshqa hayvon sutlariga nisbatan bu ko'rsatkich bo‘yicha oldinda turadi. jadvaldan ikkinchi bir narsani anglash mumkin. U ham bo‘lsa, tabiat har bir jonivor sutini o'ziga xos xususiyatli qilib yaratgan va uning “farzandi” tanasi talablariga mos kelsa, ajab emas. Tabiat qonunlarining ko‘pchiligi hali inson tomonidan to‘la-to‘kis ravishda ochilmagan. 64-jadval Download 53.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling