8-ma’ruza. 1-yoshgacha va kichik yoshdagi bolalar mahsulotlari texnologiyasi


Qon tarkibining va xususiyatlarining fasliy o‘zgarishlari


Download 53.79 Kb.
bet3/5
Sana05.09.2023
Hajmi53.79 Kb.
#1672844
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-Ma\'ruza

Qon tarkibining va xususiyatlarining fasliy o‘zgarishlari

Ko‘rsatkichlar

Fasllar

Bahor

Yoz

Kuz

Qish

Qon yopishqoqligi




4,5-4,7
(kamaygan)




5,0-5,1
(ortgan)

Qon faol reaktsiyasi (me’yorda 41,1 xajm%)

Ishqoriy

CO2- kamaygan, ishqoriy

40,02-50,2
hajm/%

57,7 (ortgan)

pH




Eng past

7,22-7,26




O2 miqdori




Kamaygan (19,1 xajm%)




Ortgan (20,4 xajm%)

Arterial qonning
O2 bilan to‘yingani




91,6%




94,23%

Qon plazmasi




Ko'payadi- 20%




Pasayadi

Gematokrit




64,1% ga
35,9




61,97% ga
38,03

Qon qurug‘i, qoldig'i

19,1%

19,2%

20%

20,2%

Eritrotsitlar

Ko‘payadi

Kamayadi

Ko‘payadi- max

Kamayadi- min

ECHT- eritrotsitlar cho‘kish tezligi




Ortadi




Susayadi

Nv




Kamayadi




Ortadi

Leykotsitlar

Kamayadi

Kamayadi

Ortadi

Kamayadi

Ma'dan moddalar:













Xlor




6,08-7,26 mg%

Kamayadi

405-512

Kaliy

9,03-10,6




7,6-13 mg%

10,5-12,5
mg%

Kaltsiy

8,0-10,3

Ko‘payadi

6,6-8,9

7,8-10,5
mg%

Natriy




ko‘payadi







Bunday sharoitda ichak shirasining susaygani va karnligi aniqlanadi, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari ham sekinlashadi. Natijada oqsillar va RNK vujudga kelishi va to‘qimalarga ayrim aminokislotalarning singishi pasayadi va qonning suyuq qismi bo‘lmish plazmada azotli moddalar yig'ilib qoladi, ovqatlanish kamayadi, suvni ichish ko‘payadi, ma'dan moddalari va vitaminlariga bo'lgan ehtiyoj o'zgaradi (K.R.Rahimov, 1976).
Chaqaloq va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda asab-ichki sekretsiya bezlari sistemalari yaxshi mukammallashmaganligi sababli hamda buyrak usti bezi mahsuli adrenalin moddasining kam miqdorda ajralishi sababli qonda qand moddasi miqdori oshmaydi va tana barqarorligi buziladi. Bunday paytlarda yog'larning ishlatilishi ham kamayadi, natijada bola tanasining harorat ishlab chiqarish qobiliyati pasayadi.
Yuqorida sanab o'tilgan fasl belgilari va ularga mos ravishda bolalar tanasida bo'ladigan o'zgarishlami nazarda tutgan holda chaqaloq va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning O'zbekiston sharoitida ozuqaviy moddalarga bo‘lgan talabi haqida to'xtalib o'tamiz.
Bu masalani echish uchun asos sifatida sobiq SSSR davrida bitilgan “Vskarmlivaniye detey pervogo goda jizni” (Moskva, 1982, 65c.) uslubiy tavsiyanomadagi ma'lumotlarga suyandik. Mazkur tavsiyanomada keltirilgan maslahatlar butun sobiq SSSR ga tegishli bo'lib, unda turli iqlim sharoitli respublikalar xususida alohida to'xtalib o'tilmagan. Natijada jazirama iqlimli O‘rta Osiyo mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham, qahraton sovuq iqlimli shimoliy respublikalar, masalan, Chukot- kada ham bir xil miqdorda ozuqaviy moddalar tavsiya etilar edi. Turgan gapki, bunday tavsiyanoma ko‘r-ko‘ronaligi bilan ajralib tursada, lekin amalda kutilgan natijalarga olib kelmagan. Oqibatda tavsiyanomadagi ozuqaviy moddalar miqdori turli iqlimli respublikada istiqomat qiluvchi bolalar uchun sihat-salomatlik kaliti vazifasini bajara olmagan, bolalar o'limi ham aytarli darajada kamaymagan.
Yuqorida aytilgan fikrlarni hisobga olgan holda, oldimizda turgan masalaga chuqurroq yondashib, lozim deb hisoblangan o'zgartirishlarni kiritdik. Buning uchun awalo O'zbekiston iqlim sharoitini “komfort” — “gasht” beruvchi shartli sharoitga keltirdik. Shu maqsadda tashqi muhit omillariga nisbatan mo'tadillikni ta'minlashi ehtimoli bo'lgan ko'rsatkich va raqamlarni qo'lladik. Masalan, havo harorati +22°C, havoning nisbiy namligi -80%, havo bosimi — 760 mm.simb.ust., shamol tezligi — 4 m/sek. O'zbekiston iqlim sharoitining aytilgan mo‘’tadil sharoitga nisbatan farqi aniqlanib, ularning har biri uchun tuzatish koeffitsienti ishlab chiqildi. Natijada O'zbekiston iqlimi sharoitida chaqaloq va bir yoshgacha bo'lgan bolalarning ozuqaviy moddalarga bo'lgan talablarini vujudga keltirish irnkoni tug'ildi. Bunday ma’lumotlar 67-jadvalda keltirilgan. Mazkur jadvaldan ko'rinib turibdiki, sobiq SSSR respublikalaridan bo‘lmish 0‘zbekistonda birinchi marta chaqaloq va bir yoshgacha bo'lgan bolalarning ozuqaviy moddalarga bo'lgan talablari uiarning taraqqiyot davrlarini hamda yil fasllarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Yana shuni aytib o‘tish kerakki, tuz.atish koeffitsientlari bahor, kuz va qish oylarida musbat shaklda (ozuqaviy moddalar miqdori shu raqamlarga ko'paytirilgan), yoz oylarida esa bolalar tanasida bu faslda bo'ladigan o'zgarishlami biz shartli ravishda “manfiy siljishlar” deb qabul qilganimiz boisidan tuzatish raqamlari manfiy shaklda (ozuqaviy moddalar miqdori shu raqamga bo'lingan) ishlatildi. 67-jadvaldan yana shuni anglash qiyin emaski, bolalarning ozuqaviy moddalarga bo'lgan ehtiyojlari yozda past yursa, kuzda boshqa fasllarga nisbatan balandroq yuradi. Bolalar taraqqiyot davrlarining har birida yil davomida olingan o'rtacha ma’lumotlar sobiq SSSR davriga mansub bo'lgan tavsiyanomadagi ma’lumotlardan deyarli farq qilmaydi. Shuning bilan birga, 68-jadvaldagi ma’lumotlar issiq iqlimli respublikalarda bolalarning yilning qaysi faslida tug'ilishidan qat’iy nazar, ozuqaviy moddalarga bo'lgan ehtiyojlarini ma’lum darajada qondirish maqsadida shifokorlar tomonidan keng miqyosda qo'llanilishi mumkin. Unutmaslik kerakki,

  1. jadvaldagi ma’lumotlar salomatligi har jihatdan musbat bo'lgan, jumladan, shartli ravishda qabul qilingan “tabiiy” ovqatlanishdagi bolalarga mo'jjallangan. Bunday bolalar, bizning izlanishlarimizga ko'ra, 1 oyda 80%, 2 oyda + 75%, 3 oyda 60%, 4 oyda 39%, 5 oyda 45%, 6 oyda 42%, 7 oyda 48%, 8 oyda 35%, 9 oyda 46%, 10 oyda 47%, 11 oyda 40%, 12 oyda 26% ni tashkil qildi. Bu raqamlardan shuni anglash mumkin: 68-jadval asosida chaqaloqlarning 80%, 2-3 oy yoshdagi bolalarning 67,5%, 4-6 oylik bolalarning 42%, 7-9 oylik bolalarning 43%, 10-12 oylik bolalarning 38% ni tabiiy ovqatlantirish mumkin.

Chaqaloq va bir yoshgacha bo'lgan bolalarning ozuqaviy moddalarga bo'lgan ehtiyojini yoritgandan so'ng, ular bu moddalami bir necha kun qancha xajmdagi mahsulot tarkibida qabul qilishlari kerak degan muammo yuzaga kelib chiqadi. Bunga javoban biz shu paytgacha qo'll^nilib kelingan A.F.Tur formulasi va hajmiy usullardan foydalanishni lozim topdik.
A.F.Tur formulasi bo'yicha 9 kungacha bo'lgan chaqaloqlarning eydigan-ichadigan sut miqdori belgilanadi. Buning uchun 70 yoki 80 tuzatish koeffitsientidan foydalaniladi. 70 tuzatish koeffitsienti tug'ilganida vazni 3,2 kg dan kam bo'lgan chaqaloqlarga nisbatan, 80 tuzatish koeffitsienti tug'ilganida vazni 3,2 kg dan ortiq bo'lgan bolalarga nisbatan qo'llaniladi. A.F.Tur formulasining umumiy ko'rinishi quyidagicha:


Download 53.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling