8-ma’ruza. 1-yoshgacha va kichik yoshdagi bolalar mahsulotlari texnologiyasi
Download 53.79 Kb.
|
8-Ma\'ruza
Х = 70 Xп ; Х= 80 Xп. Shu formulaga asosan hisoblab topilgan sut miqdorini chaqaloq ona ko‘kragidan so‘rib olishi kerak. A.F. Tur formulasi n — chaqaloq necha kunlik bo‘lgani;
X — chaqaloq so‘rib olishi kerak bo'lgan ona suti hajmi. Chaqaloq 10-kunga o‘tgach, uning qabul qilishi kerak bo‘lgan sut, taom miqdori hajmiy usul yordamida aniqlanadi. Bu usulni ishlatilsa, bolaning yoshiga qarab ichiladigan taomi miqdori-hajmi quyidagicha bo'ladi: 10 kunlik chaqaloq — 700 ml 15 kunlik chaqaloq — 715 ml 20 kunlik chaqaloq — 730 ml 25 kunlik chaqaloq — 745 ml 30 kunlik chaqaloq — 760 ml 35 kunlik chaqaloq — 775 ml 40 kunlik chaqaloq — 790 ml 45 kunlik chaqaloq — 800 ml 2 oylik bolaga - 825 ml oylik bolaga — 850 ml 3,0 oylik bolaga — 870 ml oylik bolaga — 900 ml 4,0 oylik bolaga — 915 ml oylik bolaga — 930 ml 5,0 oylik bolaga — 950 ml 6,0 oylik bolaga - 965 ml 7,0 oylik bolaga — 970 ml 8,0 oylik bolaga — 980 ml 9,0 oylik bolaga — 990 ml 10,0 oylik bolaga — 1000 ml 11,0 oylik bolaga — 1100 ml 12,0 oylik bolaga — 1200 ml Chaqaloq va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarbir kecha-kunduzi qabul qilishi kerak bo'lgan sut, laom miqdorini 5-8 martaga bo‘lib ichishi, eyishi mumkin. Buni quyidagicha amalga oshirsa bo'ladi: dastlabki 20 kun ichida — 7 marta — 8 marta, 21 kun — 3 oygacha — 6 marta — 7 marta, 4 — 12 oygacha — 5 marta — 6 marta. “Tabiiy” usulda boqilayotgan bolalarning vazni qo'shilishini ko'rib chiqib, ularni 4 oydan boshlab, ayrim holda 3,5 oydan boshlab, qo'shimcha taomlarberishni tavsiya etamiz. Chaqaloq va bir yoshgacha bo‘lgan bolalar ozuqaviy moddalarni sut, taom orqali qabul qilishgacha, tabiiyki, uning lanasining suvga bo‘lgan talabini ham qondirish, ayniqsa O'zbckistonning yuqori haroratli sharoilida alohida ahamiyal kasb etadi. Bunday bolalar bir kecha-kunduzi 125 dan 500 ml gacha suv qabul qilishlari kerak. Bu raqam, ayniqsa yoz oylarida, bola ko'proq terlaydigan davrda 1,2-1,5 marta ortishi hech gap emas. Bolaning chanqovini bosishda ko'proq ineva sharbatlari va qaynatmalardan, yoki nabizdan foydalansa bo'ladi. “Nabiz” -bu quruq meva, jumladan, mayizdan tayyorlanadi. Buning uchun mayizning yaxshi, toza navlaridan olib, 3-4 marta qaynagan suvda chayiladi,so‘ngra ustiga qaynagan suv solinib, ertalabgacha o‘rab olib qo'yiladi. Keyin iliq holda bolaga tomchi, choy qoshiq, osh qoshiq (bolaning yoshiga qarab) beriladi. “Nabiz” payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom sevgan ichimliklardan bo‘lib, ichning ravon bo‘lishini ta'minlashda faol ishlatsa bo'ladi. Bolalarga qo‘shimcha taom bcrish muddati etib kelgach, quyidagi shaklda tavsiya etiladi: chaqaloq 21 kunlik bo'lgach — 1-2 tomchi D vitamini beriladi; bir oylik bolaga — 5-10 tomchidan meva (olma), sabzavot (sabzi) qaynatmasi beriladi; sharbatlar (olma, olcha, qarog‘at) 5 tomchidan 5 ml gacha beriladi; 5-10 tomchi “nabiz”. 2 oylik bolaga — 30 ml gacha “nabiz, meva va sabzavot qaynatmasi, 5 tomchidan 10-15 ml gacha meva shartbatlari, 2-15 grammgacha meva — olmani qaynatib, ezib beriladi; 3 oylik bolaga — 30 ml gacha “nabiz”, meva va sabzavot qaynatmalari, 20 ml gacha meva sharbati, 5 ml gacha sabzavot sharbati, 30 grammgacha mevani pishirib, ezib beriladi, 1/6 — 1/4 qism tuxum sarig‘i beriladi; 4 oylik bolaga — 50 ml “nabiz”, meva, sabzavot qaynatmasi, 3040 ml meva sharbati, 50 grammgacha xom olma qirib beriladi, 1/2 tuxum sarig‘i, sut churitmasi 5-10 dan 20 grammgacha, 2-3 tomchidan 2-2,5 , 5-3 grammgacha (qizdirilgan paxta moyi) o‘simlik moyi, 10100-130 grammgacha sabzavot — kartoshka, sabzi, suvda pishirilib, ezib beriladi (birinchi qo'shimcha taom); 5 oylik bolaga — 60 ml “nabiz”, meva va sabzavot qaynatmasi, 4050 ml meva sharbatlari, 1/2 tuxum sarig‘i, 21-30 gramm sut churitmasi, 3 gramm o‘simlik moyi, 150 gramm sabzavot ezilmasi, 50-100-150 grammgacha yormadan (guruch, bug‘doy, grechixa) tayyorlangan halim, 1 -4 grammgacha sariyog* beriladi; 6 oylik bolaga — 60 ml “nabiz”, meva va sabzavot qaynatmasi, 5055-60 ml meva sharbati, 50-55-60 gramm olmaning ezilmasi, 1/2 tuxum sarig‘i, 35-40 gramm sut churitmasi, 3 gramm o'simlik moyi, 150 gramm sabzavot ezilmasi, 150 gramm yorma halimi, 4 gramm sariyog*; 7 oylik bolaga — 70 ml “nabiz”, meva va sabzavot qaynatmasi, 60 ml meva sharbati, 60 gramm olma ezilmasi, 1/2 tuxum sarig‘i, 40 gramm sut churitmasi, 4 gramm o'simlik moyi, 150 grammdan sabzavot ezilmasi va yorma halimi, 4 gramm sariyog1, 20-25 ml go'sht qaynatmasi, 5-15-30 gramm go'sht qiymasi, 200 gramm qatiq, 3-5 mg qotirilgan non, non mahsulotlari — pcchenye beriladi; 8 oylik bolaga — 80 ml “nabiz”, mevalar va sabzavotlar qaynatmasi, 60-65-70 ml meva sharbati, 65-70 gramm meva ezilmasi, 1/2 tuxum sarig'i, 40 gramm sut churitmasi, 5 gramm o'simlik moyi, 155-160170 gramm sabzavot ezilmasi, 155-160-170 gramm yorma halimi, 5 gramm sariyog', 25-30 ml go‘sht qaynatmasi, 35-40-50 gramm go‘sht qiymasi; 200 gramm qatiq, 5 gramm qotirilgan non va non mahsulotlari, gramm yumshoq non beriladi; 9 oylik bolaga — 100 ml “nabiz”, meva sabzavot qaynatmasi, 7580 ml meva sharbati, 75-80 gramm meva ezilmasi, 1/2 tuxum sarig'i, 40 gramm sut churitmasi, 6 gramm o'simlik moyi, 175-180 gramm sabzavot ezilmasi, 175-180 gramm yorma halimi, 5 gramm sariyog‘, 30 ml doni eziltirib pishirilgan go'shtli sho'rvaga 5-10 gramm non to‘g‘raladi, shimdiriladi) “sarid”, 50 gramm go‘sht qaynatmasi, 200 ml qatiq, 5 gramm pechenye beriladi (go‘shtli sho'rvaga non to'g'ralsa, “sarid” deb ataladi. Bu sho‘rvani, ya'ni “sarid” ni Muhammad alayhissalom sevib tanovul qilgan); 10 oylik bolaga — 100 ml “nabiz”, meva va sabzavot qaynatmasi, 85-90 ml meva sharbati, 1/2 tuxum sarig‘i, 40 gramm sut churitmasi, gramm o‘simlik moyi, 185-190 gramm sabzavot ezilmasi, 185-190200 gramm yorma halimi yoki shovla (sariyog‘da), 6 gramm sariyog‘, 35-45 gramm «sarid”, 50 gramm go‘sht qiymasi, 400 ml qatiq, 5 gramm — 10 gramm pechenye beriladi; 11 oylik bolaga — 100 ml “nabiz”, meva va sabzavot qaynatmasi, 90 ml meva sharbatlari, 90 gramm meva ezilmasi, 1/2 tuxum sarig‘i, 40 gramm sut churitmasi, 6 gramm o‘simlik moyi; 195-200 gramm sabzavot ezilmasi, 200 gramm yorma halimi yoki shovla, 6 gramm sariyog', 40-50 gramm “sarid”, 400 ml qatiq beriladi; 12 oylik bolaga — 100 ml “nabiz”, meva va sabzavot qaynatmasi, 100 ml meva sharbati yoki 50 gramm holvaytar, 100 gramm meva ezilmasi, 1/2 tuxum sarig‘i, 45-50 gramm sut churitmasi, 6 gramm o‘simlik moyi, 200 gramm sabzavot ezilmasi, 200 gr yorma halimi yoki shovla yoki moshkichkiri, 6 gramm sariyog', 45-50 g “sarid”, 600 gramm qatiq, 5 gramm pechenye. Yuqorida keltirilgan qo'shimcha taom berish muddatlari sinchkovlik bilan ko‘i ib chiqilsa, u holda o‘zbek milliy taomlarining naqadar kam ko'lamda qo'llanilishi, tavsiya etilishi ko‘zga tashlanadi. Bunga asosiy sabablardan biri shu vaqtga qadar birorta 0‘zbekiston bolalar shifokor olimlari bu masalaga yaqin yondashmaganligi va sobiq SSSR davrida Yevropa taomlarini keng ko'lamda ko'z-ko'z qilgan tavsiyanomalaridir. Hech kimga sir emaski, o'zbek oilalarida va 0‘zbekistonda istiqomat qiluvchi rus zaboniylar oilasida bolaning tishi chiqqach, unga uy taomlaridan bera boshlaydilar va ko'pchilik oilalarda chaqaloqlar salomatligi yomon emas. Shularni nazarda tutgan holda, 2-ToshDI qoshidagi bolalar bo'limi shifoxonasida olib borgan kuzatuvlarimiz shundan dalolat beradiki, bolalarga beriladigan 5% va 10% li manna bo'tqalari, halimlari qiymatini dukkaklilar hisobiga bolalar salomatligiga zarar yetkazmay turib oshirish mumkin ekan. Bunday taomlarni bir yoshgacha bo'lgan bolalar bemalol, o'zlari tanovul qildilar va hech qanday noxush asoratlar ko‘zga tashlanmadi. Shular hisobiga olingan natijalar asosida biz sobiq SSSR davrida bitilgan bolalarning ovqatlanishi haqidagi tavsiyanomaga qo'shimcha holda ichimliklardan “nabiz.”ni, taomlardan “sarid”ni, holvaytarni, moshkichkirini, shavlani, maxsus yorma-dukkakli halimni, non va non mahsulotlarini kiritishga harakat qildik. Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston iqlimi sharoitida chaqaloq va bir yorgacha bo'lgan bolalar ovqatlanish masalasi dolzarblardan bo'lib, bizning mazkur tavsiyanomamiz “qaldirg'och” vazifasini bajaradi va bolalar shifokorlari uchun ma’lum muddatgacha ularning ishlarini engillatadi, ularga kichik bir qo‘llanma sifatida foydalanishda o‘z xizmatini o'taydi. Download 53.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling