8-Maruza: Grafik ma’lumotlarni yaratish va qayta ishlashning zamonaviy vositalari Reja


Download 222.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.01.2023
Hajmi222.43 Kb.
#1100336
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 (1)

 
Vektorli grafika 
Grafika bilan ishlashga mo‘ljallangan dasturiy vositalar esa birinchi navbatda 
illyustratsiyalarni yaratishga va undan keyin ularni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Bunday vositalar 
reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida, tahririyat va nashriyotlarda keng ko‘lamda 
ishlatiladi. Shriftlar va oddiy geometrik elementlarni qo‘llashga asoslangan bezatish ishlari vektor 
gafikasi yordamida osonroq bajariladi. Vektor grafikasi yordamida yaratilgan yuqori darajadagi 
badiiy asarlar namunalari mavjud.
Agar rastr grafikasini asosiy elementini nuqta tashkil etsa, vektor grafikasida bu narsa 
chiziqdan iborat (to‘g‘ri yoki egri bo‘lishi mumkin).
Rastrli garfikada ham chiziq mavjud, lekin unda u nuqtalar to‘plamidan iborat. Chiziqning 
har bir nuqtasi uchun rastr grafikasida xotiraning bir yoki bir nechta yacheykasi ajratiladi (nuqtalar 
rangi qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p xotira yacheykasi ajratiladi). Bundan kelib chiqadiki, 
rastrli chiziq qancha uzun bo‘lsa, u xotirada shuncha ko‘p joy egallaydi.
Vektorli grafika - uning tasvirni aks ettirishda asosiy elementi chiziq bo‘lib hisoblanadi. 
Kompyuter xotirasida bu chiziq juda katta joy egallaydi, chunki xotirada chiziqning parametrlari 
ko‘rsatiladi yoki formula orqali beriladi. Chiziq vektor grafikasining elementar obyekti bo‘lib 
hisoblanadi. Sodda obyektlar murakkab obyektlarga birlashtiriladi, shu sababli vektor grafikasini 
ob’yektga yo‘naltirilgan grafika deb aytiladi. Kompyuter xotirasida vektor grafikasi chiziqlar 
sifatida saqlanib turishiga qaramasdan, tasvir ekranga nuqtalar sifatida chiqariladi. Tasvirni ekranga 
chiqarishdan oldin har bir parametrni qisoblab chiqadi. Shu sababli vektor grafikasini hisoblanuvchi 
grafika deb ham aytiladi. Vektorli grafika yordamida sodda turdagi bezash ishlarini olib borish 
mumkin.
Vektorli grafikada chiziq egallagan xotira hajmi chiziqning uzunligiga bog‘liq bo‘lmaydi, 
chunki chiziq formula ko‘rinishida, aniqroq qilib aytganda bir nechta parametr bilan tasvirlanadi. Bu 
chiziq qanday o‘zgartirilsa ham uning faqat xotira yacheykasida saqlanadigan parametrlari 
o‘zgaradi. Har qanday chiziq uchun xotiradagi yacheykalar soni o‘zgarmasligicha qoladi.


Chiziq – vektor grafikasining asosiy ob’yekti hisoblanadi. Vektorli illyustratsiyalardagi 
tasvir faqat chiziqlardan tashkil topgan bo‘ladi. Oddiy ob’yektlar murakkab obyektlarga 
birlashtiriladi, masalan, to‘rtburchak ob’yektni to‘rtta bog‘langan chiziqlar to‘plami deb qarash 
mumkin. Kub ob’yekti yanada murakkabroq bo‘lib, uni 12 ta bog‘langan chiziqlar yoki 6 ta 
bog‘langan to‘rtburchak deb qarash mumkin. Bunday qarash tufayli vektor grafikasini ko‘pincha 
ob’yektga yo‘naltirilgan (oбъектно – ориентированная графикa) grafika deb ham ataladi.
Vektorli grafikaning ob’yektlari xotirada parametrlar to‘plamidan iborat bo‘lsa ham, 
ekranda ular nuqtalar shaklida tasvirlanadi (sababi, monitor shunday tuzilgan). Har bir ob’yektni 
ekranga chiqarishdan oldin dastur ob’yekt tasviridagi ekran nuqtalarining koordinatlarini hisob-kitob 
qiladi, shu sababdan vektor grafikasini gohida hisoblanadigan grafika (вычисляемая графика) deb 
ham ataladi. Xuddi shunday hisob-kitoblar ob’yektni printerga chiqarishda ham bajariladi.
Barcha ob’yektlar singari chiziqlar ham o‘z hususiyatlariga ega. Bunday xususiyatlarga 
chiziq shakli, uning qalinligi, rangi, chiziq turi (to‘liq, pun krir va b.) kiradi. Yopiq chiziqlar 
to‘ldirish xususiyatiga ham ega. Yopiq sohali ob’yektning ichini rang, tekstura yoki karta bilan 
to‘ldirish mumkin. Oddiy chiziq, agar u yopiq bo‘lmasa, 2 ta uchga ega bo‘lib, ular tugun deb 
ataladi. Tugunlar ham o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, unga chiziqning uchi qanday bo‘lishi va 2 ta 
chiziq bir-biri bilan qanday birlashishi bog‘liq bo‘ladi. 

Download 222.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling