8-Maruza: Grafik ma’lumotlarni yaratish va qayta ishlashning zamonaviy vositalari Reja
Download 222.43 Kb. Pdf ko'rish
|
8 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
8-Maruza: Grafik ma’lumotlarni yaratish va qayta ishlashning zamonaviy vositalari Reja: 1. Kompyuter grafikasi haqida tushuncha 2. Kompyuter grafikasi turlari 3. Ikki o‘lchamli kompyuter animatsiyasi tushunchasi Kalit so‘zlar: kompyuter grafikasi, rastrli grafika, vektorli grafika, nuqta, piksel, ob’yekt, chiziq, ob’yektga yo‘naltirilgan grafika, fractal grafika, dasturlashtirish, tenglama yoki tenglamalar sistemasi, Kompyuter grafikasi haqida tushuncha Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o‘zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb(dizayn) berish, tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish va multimedia muhitida ishlash imkoniyatini bermoqda. Kompyuter grafikasi— bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturiy vositalariga tayanadi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o‘lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto xarakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy dasturlar paketlari mavjudki, ular yordamida ko‘rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklda olinishi mumkin. Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o‘qitish jarayoni uchun(ED) va boshqa sohalarda muhim rol o‘ynamoqda. Uning, ayniqsa, matbuot sohasida qo‘llanilishi rang-barang, suratli adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo‘lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqozo etadi. Diqqatni o‘ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish mumkin emasdir. Kompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir. Kompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo‘lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o‘rganadi. Virtual fazoda hajmli obyektlarni yaratish usullarini o‘rganuvchi soha uch o‘lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda, unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi. Download 222.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling