8-Maruza: Grafik ma’lumotlarni yaratish va qayta ishlashning zamonaviy vositalari Reja
Download 222.43 Kb. Pdf ko'rish
|
8 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rastrli grafika
Kompyuter grafikasi turlari
Kompyuter grafikasi uch turga bo‘linadi: rastrli, vektorli va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi (rastrli, vektorli va fraktal grafika - bular bir-birlaridan tasvirlarni aks ettirish usullari bilan farq qiladi). Kompyuter grafikasini professional foydalanilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: • poligrafiyada foydalaniladigan kompyuter grafikasi; • kompyuter rassomchiligida foydalaniladigan ikki o‘lchovli kompyuter grafikasi; • prezentatsiya uchun foydalaniladigan kompyuter grafikasi; • kinofilmlarda dinamik tasvirlar va mahsus effektlarni qo‘llashda foydalaniladigan uch o‘lchovli kompyuter animatsiyasi; • dizaynerlik va injenerlik ishlanmalarida qo‘llarniladigan ikki va uch o‘lchovli modellashtirish dasturlari; • reklama va musiqali kliplar yaratishda foydalaniladigan uch o‘lchovli animatsiya paketlari; • videoyozuvlarga maxsus effektlarni joylashda videotasvirlarni qayta ishlash uchun foydalaniladigan komplekslar; • ilmiy vizualizatsiya dasturlari. Kompyuter grafikasi va animatsiyadan rassomlar va dizaynerlar, poligrafiya va kinematografiya, kompyuter o‘yinlari va o‘quv dasturlari yaratuvchilari, olimlar va umuman turli tasvirlar yaratish, foydalanish va qayta ishlashda zarur bo‘lgan barcha mutahassislar foydalanadilar. Rastrli grafika Rastrli grafika nuqtalar yordamida (qog‘ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unta asoslangan rasm, shakl, grafika va h. k. shuncha aniq ko‘rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning hal qilish qobiliyati (razresheniya ekrana monitora) kiritilgan bo‘lib, unda gorizontal va vertikal yo‘nalishlardagi nuqtalar soni muhim rol o‘ynaydi va u ekranning hal qilish imkoniyati deyiladi. Rastrli grafika asosan elektron va poligraf nashriyotlarda qo‘llaniladi. Rastr grafikasining asosiy elementi sifatida nuqta qabul qilingan. Agar tasvir ekranda ko‘rilsa, bu nuqta «pixel» deb aytiladi. Kompyuterda qo‘llaniladigan operatsion tizimlarning imkonitiyaga ko‘ra, 480x640, 800x600, 1024x768 va undan ko‘proq pikselga ega bo‘lgan tasvirlar joylashishi mumkin. Tasvirning o‘lchamiga ko‘ra uning imkoniyati ham oshib beradi. Ekranning imkoniyati parametrik bo‘lib, bir dyuymdagi nuqtalar soni bilan aniqlanadi. Rastr grafikasi uchun kamdan - kam hollarda grafik dasturlar yordamida qo‘lda bajarilgan tasvirlar ishlatiladi. Professional rasm yoki fotosuratni rastrli grafikada ko‘proq qo‘llash kuzatiladi. Oxirgi paytda rastr tasvirlarni ekranga kiritish uchun raqamli foto va videokameralar qo‘llanilmoqda. Shu sababli rastr grafikasini asosiy maqsadi tasvirni yaratish emas, balki mavjud tasvirni qayta ishlashdir. Rastrli grafikaning kamchiliklari: 1. Har bir tasvirni aks ettirish va kodlash uchun katta hajmdagi xotira maydonlari talab etiladi. 2. Mayda detallarni ko‘rish uchun tasvirni kattalashtirib bo‘lmaydi. Odatda, bunday ko‘rsatkich 800x600, 1024x768, 1280x720 yoki bulardan yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o‘lchovi hal qilish qobiliyati (razreshenie ekrana) bilan bog‘liqdir. Bu parametr dpi (dots per inch- nuqtalar soni zichligi) bilan o‘lchanadi. 15 dyuymli (1 dyuym = 2,54 sm=25,4 mm) monitor ekranda tasvir o‘lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800x600 pikselli monitorda ekranni tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng bo‘ladi. Demak, kompyuter xotirasida rangli tasvir ko‘p joy olishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo‘ladi. Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt ketsa, bitta o‘rtacha rasmning o‘zi xotirada taxminan 4 mln bayt joyni egallaydi. Bunday ma’lumot, xususan, Internet sahifalarini yaratishda e’tiborga olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirda yaxshi multimedia dasturlarini, videorolikni yaratish uchun tezligi katta bo‘lgan kompyuterlardan foydalanish lozim. Masalan, skaner o‘qish vaqtida tasvirni juda ko‘p mayda elementlarga (piksellarga) bo‘ladi va ulardan rastrli suratni hosil qiladi. Har bir pikselning rangi kompyuter hotirasiga ma’lum bitlar ketma– ketligi yordamida kiritiladi. Bit– kompyuter xotirasining eng kichik birligi bo‘lib, 1 yoki 0 qiymatni qabul qiladi. Piksel esa rastrli tasvir adresining eng kichik elementi hisoblanadi. Agar surat 800x600 echimga ega deyilsa, u holda bu sonlar gorizontal (800) va vertikal (600) bo‘yicha piksellar sonini bildiradi. Tasvirdagi nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, uning ekrandagi va bosib chiqarilgandagi echimi shunchalik yaxshi bo‘ladi. Alohida pikselni bo‘yash uchun kerak bo‘lgan ranglar soni pikselning ranglari haqidagi ma`lumotni saqlovchi bitning soniga teng bo‘lgan 2 ning darajasiga (2 n -bitlar soni) teng bo‘ladi. Masalan, oq-qora tasvirli suratda har bir piksel bitta bit yordamida kodlashtiriladi(2 n =1). Sakkiz bitli tasvir 256 (2 8 ) ta, 24 (2 16 =65536) bit tasvir esa 16 (2 24 =16777216) millionta ranglar bilan ishlash imkonini beradi. Bunda professional darajadagi sifatli tasvirlar bilan ishlash imkoniyati mavjud. Download 222.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling