8-ma’ruza. Ko‘p qavatli sanoat binolarini montaji. Reja


Bino karkasi montajini ketma-ketligi. Yakka konduktorlar qullanilganda konstruksiyalar montaji


Download 1.02 Mb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1506731
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu

2. Bino karkasi montajini ketma-ketligi. Yakka konduktorlar qullanilganda konstruksiyalar montaji.
Montaj qilish ketma-ketligi bo‘yicha uchta etapga bo‘linadi:

Devor panellarini ilib o‘rnatish binoning karkasini boshqa elementlaridan montajidan bir yarusga kechikishi maqsadga muvofiqdir.
Bino yer ustki qismini konstruksiyalari, odatda ob’ektni yer ostki qismi barcha ishlari − yerosti komunikatsiyalarini o‘rnatish, yo‘l va yo‘laklar qurilishi, poydevor chetlari va sokol chetlari to‘ldirilishi va boshqalar tugagandan so‘ng montaj qilinadi.
Ikkita yoki uchta xarorat bloklari bilan bo‘lingan uzun binolarning konstruksiyalari harorat bloklari oralig‘ida qamrovlarga bo‘linib montaj qilinadi. Bunda bir qamrovdagi konstruksiyalarni montaji boshqa qamrovdagi umumqurilish va maxsus ishlar bilan birgalikda olib boriladi. Qamrovdagi konstruksiyalar montaj qilinib boshqa qamrovlarga bog‘liq bo‘lmagan holda qabul qilishga topshirilishi mumkin.
Montaj qamrovlarini o‘lchamlari odatda quyidagicha qabul qilinadi:

  • binoning uzunligi bo‘yicha – uzunligi 72m gacha bo‘lgan bitta harorat bloki;

  • binoning eni bo‘yicha – hamma bino yoki binoning yarmi kran binoning bo‘ylama tomoni bo‘yicha joylashtirilganda, bir necha ustun qadamlari − kran binoning ichida joylashtirilganda.

Binolarni barpo etishda hamma uch xil montaj qilish usuli qo‘llaniladi:
alohida, kompleks (majmuali) va aralash. Usullarni tanlash ko‘p faktorlarga (omil) shuningdek qo‘llanililadigan montaj uskunalariga ham bog‘liq. Uskunalarni asosi bu bir yoki ko‘p qavatli ustunlarni o‘rnatishda ishlatiladigan konduktorlardir.
Montaj usullari va montaj asbob-uskunalari ishlab chiqarish loyihasi (IBL) yoki texnologik xaritalar asosida binoning qavatlar soni, montaj ishlari hajmi va elementlarning konstruktiv xususiyatlariga qarab o‘rnatilishi kerak. Ko‘p qavatli binolarni karkasini montaj qilishda ustunlar ikki va undan ko‘p qavatga mo‘ljallangan bo‘lsa guruhli konduktorlardan va ramali-sharnir indikatorlari (RShI)dan foydalanish tavsiya etiladi. Kam qavatli va ikki oraliqli binolar karkasini montaj qilishda bittalik konduktorlardan foydalanish qulayroqdir.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling