8-ma’ruza Mavzu: C++ algoritmik tilining tarmoqlanish operatorlari. Reja


-ma’ruza Mavzu: C++ algoritmik tilining takrorlanish operatorlari


Download 58.16 Kb.
bet4/6
Sana16.03.2023
Hajmi58.16 Kb.
#1272944
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-ma\'ruza

9-ma’ruza
Mavzu: C++ algoritmik tilining takrorlanish operatorlari.
Reja:

  1. Vizual dasturlashda ishlatiladigan RadioGroup komponentasi.

  2. Takrorlash operatorlari. Ularning turli formalari (parametrli, shartni oldin

va keyin tekshiruvchi operatorlar).

  1. Takrorlanuvchi strukturali dasturlar.

  2. Takrorlanishning For. While, Do while operatorlari. Murakkab algoritmlar.

Tayanch so‘z va iboralar: sikl, takrorlash, for, while, repeat, break, continue, goto
Takrorlash operatori
Takrorlash operatori “takrorlash sharti” deb nomlanuvchi ifodaning rost qiymatida dasturning ma’lum bir qismidagi operatorlarni ko’p marta takror ravishda bajaradi (iterativ jarayon).

Takrorlash o’zining kirish va chiqish nuqtalariga ega, lekin chiqish nuqtasi bo’lmasligi mumkin. Bu holda takrorlashga cheksiz takrorlash deyiladi. Cheksiz takrorlashda takrorlanishni davom ettirish sharti doimo rost bo’ladi.
Takrorlash sharti takrorlanuvchi operatorlarni bajarishdan avval yoki bir marta bajarilganidan keyin tekshirilishi mumkin.
Takrorlash operatorlari ichma-ich joylashgan bo’lishi mumkin.

for takrorlash operatori.
for takrorlash operatorining sintaksisi quyidagi ko’rinishga ega:

for (; ; )
Bu operator ishni ifodasini bajarishdan boshlaydi. Keyin takrorlash qadamlari boshlanadi. Har bir qadamda bajariladi. Agar natija 0 dan farqli yoki true (rost) bo’lsa, takrorlash tanasi - bajariladi va oxirida bajariladi. Agar qiymati 0 yoki yolg’on (false) bo’lsa, takrorlash jarayoni to’xtatiladi va boshqaruv keyingi operatorga o’tkaziladi.
10 dan 20 gacha bo’lgan sonlar yig’indisini hisoblash
#include
using namespace std;
int main()
{
int summa = 0;
for (int i=10; i<=20; i++)
summa = summa + i;
cout<<“Summa = “ << summa;
return 0;
}
Dastur o’z ishini i o’zgaruvchiga 10 qiymat berishdan (int i=10) boshlaydi. Keyin ikkinchi ifoda (i<=20) yordamida takrorlash shartini tekshiradi. Shartning qiymati rost bo’lgan holda takrorlanuvchi operatorlar to’plami ( summa = summa + i;) bir marta bajariladi va uchinchi ifoda (i++) yordamida i o’zgaruvchi qiymati bittaga oshiriladi. Keyin i yangi qiymati (i++ ya’ni i=11) asosida shart tekshiriladi va x.k. Shart natijasi yolg’on bo’lgan holda (i=21) takrorlash to’xtatiladi. Shundan so’ng takrorlashdan tashqaridagi operator (cout<<“Summa = “ << summa;) bajariladi.
Yuqoridagi jarayonning ishlash prinsipi asosida quyidagi hulosaga kelish mumkin:
- sikl boshida faqat marta bajariladi va sanoq boshini aniqlaydi.
- takrorlashni bajarish yoki bajarmaslikni aniqlab beruvchi mantiqiy ifoda. Shart rost bo’lsa takrorlash bajariladi. Agar ifoda o’rni bo’sh bo’lsa, shart doimo rost hisoblanadi.
- odatda takrorlashni sanovchi o’zgaruvchi qiymatini yoki takrorlash shartini o’zgartirishga yordam beradi.
for takrorlash operatorining qavs ichidagi ifodalari bo’sh bo’lishi mumkin, lekin “ ; “ belgisi yozilishi shart:
for ( ; ; ) cout<<“Cheksiz jarayon”;


Download 58.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling