8-ma’ruza Mavzu: C++ algoritmik tilining tarmoqlanish operatorlari. Reja


Download 58.16 Kb.
bet6/6
Sana16.03.2023
Hajmi58.16 Kb.
#1272944
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-ma\'ruza

break operatori.
Ba’zan takrorlanuvchi jarayonni takrorlanish yakuniga yetmasdan to’xtatishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda break operatorlaridan foydalanish mumkin.
Ichma-ich joylashgan takrorlash operatorlarida qo’llangan break operatori faqat o’zi joylashgan takrorlashnigina to’xtatadi.
Amaliyotda bu operatordan cheksiz bajariluvchi takrorlanishdan chiqish uchun foydalaniladi.
Misol tariqasida x=(-5;5) bo’lganda 2/x ifodaning qiymatini hisoblash daturini tuzamiz.

#include


using namespace std;
int main()
{
int i=(-5);
do
{
if (i == 0) break;
cout<<2/i <<"\n";
i++;
} while (i<=5);
return 0;
}

continue operatori.
Ushbu operator kiritilgan shart bajarilgan holda takrorlashning shu bosqichi bajarilmasdan boshqarish keyingi bosqichga o’tkazilishini ta’minlaydi.
Misol sifatida yuqoridagi masalani qayta ko’ramiz. Bu safar i=0 bo’lganda takrorlanish to’xtatimaydi. Faqat nolga bo’lish bajarilmasdan navbatdagi bosqichga o’tib ketiladi.

#include


using namespace std;
int main()
{
float i=(-5);
do
{
if (i == 0)
{
i++;
continue;
}
cout<<2/i<<"\n";
i++;
} while (i<=5);
return 0;
}

goto operatori.
Nishon – bu davomida ikki nuqta ( ‘ : ’ ) qo’yilgan identifikator. Nishon dasturning biror qismiga qo’yiladi va keyinchalik biror shart asosida boshqaruvni shu yerga o’tkazishda foydalaniladi.
• int i=0;
• i++;
• if (i=1) goto m;
• int j;
• m: j ++;
Yuqoridagi dastur xato. Chunki 2-qatorda I ning qiymati bittaga oshirilib, 1 tenglashtirilyapti. Uchinchi qatorda boshqaruv 5-qatorga uzatilyapti. j ni e’lon qilish 4-qatorda qolib ketgani uchun kompilyator j ni “tanimaydi” .

#include


using namespace std;
int main()
{
float i=(-4);
m: i++;
if (i == 0) goto m;
cout<<2/i<<"\n";
if (i < 5) goto m;
return 0;
}
Nazorat savollari
1. Takrorlanuvchi jarayon deganda nimani tushunasiz?
2. Qanday takrorlash operatorlarini bilasiz?
3. break va continue kalit so’zlari qanday hollarda qo’llanadi?
Download 58.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling