8-ma’ruza. Mavzu: elektr o‘lchov asoslari reja O‘lchov haqida umumiy tushunchalar


-o‘lchov qurilmasidan foydalanish va o‘lchovlarni bajarish texnika xavfsizligi, mexnat muxofazasi, sanitariya, ekologik, yong‘in xavfsizligi, elektr xavfsizligi va boshqa me’yoriy talablarga javob ber


Download 0.83 Mb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1493746
1   2   3
Bog'liq
8-ma\'ruza (2)

-o‘lchov qurilmasidan foydalanish va o‘lchovlarni bajarish texnika xavfsizligi, mexnat muxofazasi, sanitariya, ekologik, yong‘in xavfsizligi, elektr xavfsizligi va boshqa me’yoriy talablarga javob berishi kerak;

-o‘lchov qurilmasining quvvat iste’moli kichik bo‘lishi kerak;

-o‘lchov qurilmasining nisbiy xatoliklari davlat standartlashtirish tashki-lotlari tomonidan nazorat qilinadi.

O‘lchanayotgan kattalikning turiga qarab elektr o‘lchov asosblari juda ko‘plab turlarga bo‘linadi. Bugungi kunda, barcha elektrik kattaliklar uchun, ularni o‘lchaydigan qurilmalari mavjud. O‘lchov asbobining nomi o‘lchanayotgan kattalik nomidan olinadi, masalan tok kuchini o‘lchaydigan qurilma ampermetr, kuchlanishni o‘lchaydigan qurilma voltmetr, quvvatni o‘lchaydi-gan qurilma vattmetr, va hokazo, deb nomlanadi. Elektr sxema-larda o‘lchov asboblarini doira shaklida belgilash qabul qilingan. Doira ichida esa, o‘lchov asbobi turi, o‘lchanayotgan kattalikning belgisi orqali ifodalanadi.

Ampermetr Milliampermetr Voltmetr Vattmetr

Elektr o‘lchov qurilmalaridagi shartli belgilar.

Barcha qurilmalarda, mashina va mexanizmlarda bo‘lgani singari elektr o‘lchov qurilmalarida ham, qurilmani xarakterlovchi ma’lum shartli belgilar ishlatiladi. Aynan shu belgilar orqali o‘lchov qurilmasi va uni ishlatish haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.

Elektr o‘lchov qurilmalarida asosan qurilmaning qanday tokda ishlashi (o‘zgarmas, o‘zgaruvchan, uch fazali), aniqlik sinfi, uni ishlatishi bilan bog‘liq bo‘lgan talablar, qurilmaning elektr zanjiri uning korpusidan qay darajada izolyasiyalanganligi (izolyasiya mustahkamligi qancha volt kuchlanishda tekshirib ko‘rilganligi) kabi ma’lumotlar shartli belgilar tarzida keltirilgan bo‘ladi. Ana shunday shartli belgilar

O‘lchov qurilmasida ko‘rsatiladigan asosiy belgilar qatoriga qurilmaning ishlash prinsipini ko‘rsatuvchi belgilar ham kiradi

Magnitoelektrik o‘lchov qurilmalari.

Bu turdagi o‘lchov qurilmalarida, nomlanishidan ko‘rinib turibdiki, doimiy magnitdan foydalaniladi. Qurilmaning ishlash prinsipi, o‘lchanayotgan elektr toki hosil qilgan magnit maydon bilan, doimiy magnitdan hosil bo‘lgan maydonlarning tasirilashishiga asoslangan. Uning tuzilishi doimiy magnit va po‘lat o‘zakka o‘ralgan ramkadan (chulg‘amdan) iborat. Aksariyat hollarda doimiy magnit –M taqasimon ko‘rinishda bo‘ladi. Magnit qutblar orasida po‘lat o‘zak 1 ga o‘ralgan ramka 2 joylashgan bo‘lib u elastik prujinalar 3 yordamida tutib turiladi. Strelka 4, prujinalar, o‘zak va ramka OO´umumiy o‘qqa biriktirilgan. Ramkadan tok o‘tganda Amper qonuniga ko‘ra (doimiy magnitning tokli ramkaga ta’siri) doimiy magnitning maydoni ramkaning parallel tomonlarida elektr toki hosil qilgan maydonlar bilan ta’sirlashadi.

Elektromagnitik o‘lchov qurilmalari.

Elektromagnitik sistemali o‘lchov qurilmalarida qo‘zg‘almas g‘altak va qo‘zg‘aluvchan ferromagnitik o‘zak ishlatiladi. O‘lchanayotgan tok g‘altakda magnit maydon hosil qiladi va bu maydon ferromagnitik o‘zakning maydoni bilan tasirlashadi. Amalda ferromagnitik o‘zaklar yupqa plastinkalar shaklida bo‘ladi.

Elektromagnitik o‘lchov qurilmasining tuzilishi (a) va elektromagnitik voltmetr (b).1- elektromagnitik g‘altak, 2- plastinka ko‘rinishidagi ferromagnitik

o‘zak, 3- o‘q, 4- strelka. 5- qurilma shkalasi, 6- elastik prujina,

7- strelka tebranishini so‘ndiruvchi qurilma-dempfer.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling