8-ma’ruza Mavzu: To’g’on orti geslari. Derivastion geslar komponovkasi Reja
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
8-ma’ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – rasm. Derivastion GES sxemasi B. Derivastion GES lar suv olish inshooti.
Derivastion GESlar komponovkasi A. Bosh uzel. Bosh uzel komponovkasi to’g’on va suv qo’yish inshootlari xili va o’lchamlariga qarab aniqlanadi. To’g’onlar, oqova novli bo’lib, zatvor bilan jihozlanadi va tog’ daryosini butun kengligi bo’yicha to’sishi mumkin. Ayrim hollarda qirg’oqli suv quyish inshooti bo’lishi mumkin yoki suv tushirgichlar ko’rinishidagi inshootlar. Har-xil cho’kindilarni, muz parchalarini quyi befga o’tkazish zarurligi bosh uzel inshootlari joylashishiga va harakteriga katta ta’sir ko’rsatadi. Cho’kindilarning derivastiya tarmog’iga tushishi mumkinligi qo’shimcha tadbirlar chorasini ko’rishga majbur etadi. Shulardan biri - suv tagida suzuvchi cho’kindilarni to’g’on orqali o’tkazishdir. Bunda past bo’sag’ali to’g’on eng yaxshi hisoblanib u zatvor bilan to’siladi. Cho’kindilar o’tishida zatvor qisman yoki butunlay ko’tariladi. Bu holda zatvorlarning yuqoriga ko’tariladigan: silliq, segmentli va stilindrik turlari ishlatiladi. Suv oluvchi inshootlar qurilmasi va joylashishi asosiy hisoblanib kirish qismi daryo tubidan 1...2 m ga ko’tarilgan bo’sag’aga ega bo’lishi kerak. Bu bo’sag’ada suv tagida so’zuvchi cho’kindilar ushlab qolinadi. Derivastiyaga suvni daryodan yoki suv omboridan bosh uzel chegarasida olinadi (2-rasm). Suv olish inshooti derivastiyaga uzliksiz suv o’tkazishi, avariya holatida zatvorlar orqali suv to’xtalishi va yuzaki yoki chuqurlikda joylashgan bo’lishi mumkin. Suv olish inshooti juda kam napor yo’qolishiga olib kelishi va derivastiyaga bir tekis ulanishi talab qilinadi. Suvda suzuvchi jismlarning suv olish inshootiga tushmasligini tutib qoluvchi balkalar yoki to’siqlar bajaradi. 2 – rasm. Derivastion GES sxemasi B. Derivastion GES lar suv olish inshooti. Noturg’un o’zanli daryolarda suv olish inshooti loyihasi va uning joylashishini tanlab olish murakkab vazifa hisoblanadi. Oqim tezligi suv olish inshootida 1,5...2,0 m/s qilib qabul qilinadi. Daryodan derivastiyaga suv oqimi burilishda suvda oqadigan cho’kindilar ham suv qabul qilish inshooti oldida to’planadilar. Suvda oquvchi cho’kindilar bilan kurashishning eng qo’lay usuli - suv oluvchi inshoot bo’sag’asida pastki teshik gallereya qurishdir. Bu teshikdan har- xil chiqindilar quyi befga chiqarib yuboriladi. Suv oluvchi inshootga suzuvchi yog’ochlar, muzlar va boshqalar kirishini ushlab qoluvchi balkalar va qo’pol panjaralar ishlatiladi. Bu balkalar temirbetonli devor bo’lib, ularning pastki qismi suv sathidan 0,5...1 m pastda joylashtiriladi. Undan tashqari bu balka (zatvor) qulf balandligini qisqartirib, chiqindirlarni ushlab qoluvchi panjaralar uchun tayanch vazifasini bajaradi. Suv oluvchi inshoot zatvorlari silliq yoki segmentli, ayrim hollarda engillashtirilgan zatvor, ya’ni shandor ko’rinishida bo’ladi. Suv sathi tagidan suv olish inshootlari. Naporli derivastiya tunnellariga suv yuqori befdan suv olish inshooti orqali beriladi. Chuqurlik suv olish inshooti eng ko’p ishlatiladigan tip hisoblanadi. Bu inshootlar yuqori befda yoki suv omborida sezilarli sath o’zgarishi va kichik suv tezliklarida joylashtiriladi. Ular GES yuklanishiga muvofiq ravishda suvni energiya olish uchun berib turishi kerak. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling