8-ma’ruza Mavzu: To’g’on orti geslari. Derivastion geslar komponovkasi Reja


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1735492
  1   2   3
Bog'liq
8-ma’ruza



8-ma’ruza 
 
Mavzu: To’g’on orti GESlari. Derivastion GESlar komponovkasi 
Reja 
 
1.To’g’on orti GES lari 
2.Derivastion GESlar komponovkasi 
3.Gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash 
 
To’g’on orti GES lari komponovkasi stvor kengligiga, to’g’on xiliga va 
naporga bog’liq bo’ladi. 
Hozirda qo’llaniladigan komponovkalarni bunday GES lar uchun 1 - rasmda 
ko’rsatilgan. 
Gidrouzel tarkibiga to’g’on va GES binosi bilan birga suv transporti va baliq 
o’tkazuvchi inshootlar kiradi. O’rtacha GES naporida ko’p kamerali va shaxtali 
shlyuzlar, katta naporlarda esa kema ko’targichlar qo’llaniladilar. Ochiq 
ko’chaytiruvchi podstanstiya quyi bef qirg’og’ida joylashadi. Agar bu holda 
harajatlar ko’paysa, unda podstanstiyani GES binosi va oqova nov to’g’oni 
oralig’ida joylashtirish mumkin va uni ochiq yoki yopiq usulda quriladi. Betonli 
to’g’onda o’zanli komponovka ko’proq ishlatiladi. GES komponovkalari qisqa 
daryo stvorida yoki oddiy (odatdagi) xillarga bo’linadi. 
Katta naporli to’g’on orti GES komponovkasiga Krasnoyarsk GESini 
keltirish mumkin. Enisey daryosi o’zani granitdan iborat bo’lib, GES stvorida 750 
m kenglikka ega. Betonli og’ir to’g’on balandligi 120 m bo’lib, oqova nov 25 
metrli 7-ta teshikdan iborat. Oqova nov baland burunga ega bo’lib, suvni 
to’g’ondan 100 m uzoqlikka uloqtiradi va uni yuvilishdan saqlaydi. 


1.- To’g’on orti kompanovkali Chorvoq GESi sxemasi. 
1 - to’g’on; 2 – katostrofik suv tashlagich; 3 – tunnel; 4 – suv tashlagich; 5 – 
suv olgich; 6 – GES binosi; 7 – 220 V ochiq taqsimlovchi qurilma. 
GES binosi 12 ta agregatdan iborat va (har bir agregat quvvati 500 MVt) 
stanstion to’g’on orqasida joylashgan. 
Agar inshootlar fronti juda siqilgan va suv o’tkazuvchi inshootlarga daryo 
kengligi etishmasa, hamda beton to’g’onni qirg’oqqa kiritib qurish qimmatga 
tushadigan bo’lsa: 
1) planda egri chiziqli to’g’on va GES binosi joylashishi (Sayano-Shushensk 
GESi); 
2) ikki qatorli agregatlar joylashishi (Toxtag’ul GESi, Chirkey GESi); 
3) oqova novli GES qurilishi (Bor, Sen-Eten-Kontal, Egel, Shastan 
(Franstiya), GES Salima (Ispaniya), Slapa GESi (Chexiya) Ivaylovgrad GESi 
(Bolgariya) va boshqa) amalga oshirilishi mumkin. 
Ayrim hollarda GES binosi daryo o’zani Uzunligida joylashishi mumkin. 
Turbinaga suvni keltirishga, ortiqcha suvni suv omboridan quyishga naporli tunnel 
ishlatiladi. Bu tunnel daryo qirg’og’ida o’tqazilgan bo’ladi. Bunday komponovkali 
GES ga Boulder (AQSh, Kolorado daryosi) GESi misol bo’ladi. Bu GES napori 
180 m. 
Katta naporli to’g’on orti gidrouzellar qurilishi tog’ sharoitda, daryoning 
qisqa stvorida vaqtinchalik to’g’on orqasida bajariladi. Daryo suvi bu vaqtda 
qurilish tunneli orqali o’tkazib turiladi va bu tunnellar keyinchalik ekspluatastion 
suv tashlash inshooti bo’lib xizmat qilishi mumkin. GES binosiga va suv qabul 
qiluvchi inshootga avtomobil yo’llari quriladi. Ayrim hollarda GES binosi va suv 
qabul qiluvchi. inshooti oralig’idagi aloqa xizmati funikulyor orqali amalga 
oshiriladi. 
Tuproq yoki tosh to’plamidan qilingan to’g’on gidrouzellari komponovkasi 
bashnyali yoki qirg’oq suv qabul qiluvchi inshooti bilan harakterlanadi. Bunda 
GES binosi to’g’ondan ancha masafada joylashib, turbina quvurlari yordamida suv 
olib kelinadi (tunnel yordamida ham). Bunga Nurek GESi misol bo’la oladi. Uning 
to’g’oni balandligi 300 m bo’lib, har biri 300 MVt.dan 9 ta agregat o’rnatilgan. 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling