8-ma’ruza Mavzu: To’g’on orti geslari. Derivastion geslar komponovkasi Reja


 Gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana31.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1735492
1   2   3
Bog'liq
8-ma’ruza

 
3. Gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash 
 
Gidrotexnika inshootlarining ekspluatastiya vaqtida ishonchli va xatarsiz 
ishini ta’minlashda asosiysi ishonarli yaxshi ahvolda bo’lishini ta’minlashdir, bu 
esa rejali ogohlantiruv ta’mirini o’z vaqtida olib borish natijasida amalga 
oshiriladi. Reja bo’yicha amalga oshiriladigan sozlash ishlari turlari va xizmat 
ko’rsatish bo’yicha olib boriladigan tashkiliy-texnik ishlarni amalga oshirishning 
asosiy qoidalari «Ishlab chiqarish binolari va inshootlarining rejali-ogohlantiruv 
ta’mirini olib borish to’g’risida nizom»da keltirib o’tilgan. Ushbu tadbirlarni 
amalga oshirishning maqsadi, asosiy inshootlarning kerakliga parvarish qilish 
ishlarini olib borish, shuningdek sozlash ishlarini yo’lga qo’yish va uning tan 
narxini pasaytirish yo’li bilan ko’p vaqt saqlab qolish va ishlatish. Yuqorida aytib 
o’tilgan ko’rsatmalar hamma inshootlar uchun umumiy xisoblansada energetik
gidrouzellar inshootlarini sozlash ishlarida, albatta, xech qanday ixtisoslikni aks 
ettirmaydi. Ushbu xolat ko’rsatmalarda keltirilgan talablarni amalga oshirish 
vaqtida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Xuddi shunday ko’rsatmalar masalan, 
daryo va okean porti va kema yurar inshootlarga tuzilgani kabi stanstiyalar 
gidrotexnika inshootlari uchun xam alohida tuzilsa to’g’ri bo’lardi. GESlarning 
ekspluatastiya vaqtida, yuzaga kelgan tendenstiya va gidrotexnika inshootlarining
sozlash ishlarida xizmat ko’rsatishning amaliy asoslarini ko’rib chiqamiz. 
Gidrotexnika inshootlari energetik gidrouzellarning kattagina qismini 
tashkil etadi. Ularning ulushi asosiy fond umumiy xajmida GESlar bo’yicha 75-
80%gacha; GESlar bo’yicha 8-10% gacha tashkil qiladi. Elektr energiya 


stanstiyalari ishining tahlili quyidagini ko’rsatadi: gidrotexnika inshootlari sozlash 
ishlariga ketadigan mablag’ rejada ajratilgandan kamroq bo’ladi, ko’rsatilgan 
summa gidrotexnika inshootlarining sozlash va ishlatish xizmatiga ishlatiladi. 
Ta’mirlash ishlarini (kapital va oraliq) tashkillashtirishning asosiy vazifasi, ushbu 
uncha ko’p bo’lmagan vositalardan samarali foydalanishdir.
GESlar gidrotexnika inshootlariga ketadigan mablag’ taxlil qilinganda, u 
gidrotexnika inshootlarining balans bahosining 0,12%ga yaqinini taxlil etishi aniq 
bo’ldi. Betonli suv tashlovchi to’g’onlarni sozlashga ketadigan mablag’ning balans 
bahosiga munosabati 0,15% ni, suv tashlagichsiz betonli to’g’onlar uchun 0,1% 
ni, tuproqli to’g’onlar uchun 0,064%ni tashkil qildi. Derivastion GESlar 
gidrotexnika inshootlarining kapital sozlashiga ketadigan o’rtacha yillik mablag’ 
0,3%ni tashkil etadi, bu esa amortizastion chiqarishlarning normasidan oshadi. 
GESlar binosining xamma turlari shu jumladan suv tashlovchi va aralash turlari 
uchun kapital sozlashga ketadigan mablag’ 0,19%ni tashkil etadi, bu xam o’rtacha 
normativdan oshadi. 
Alohida GESlar buyicha kapital sozlashga ketadigan mablag’ etarli darajada 
ajratiladi. Shunday qilib tahlil qilinayotgan davrda, Buxtarminskning GESiga
0,32%ni, Kaunass, Riyonsk va Tkibulsk GESlariga 0,35%ni tashkil qiladi, shunda 
Irkutsk GESida u 0,09%ga, Kegumsk GESida 0,05%ga teng edi. Ta’mirlashga 
ketayotgan mablag’ning ko’rsatgichi pastligi, xar doim xam inshootlarni sozlash 
kerak emas degani emas. Shunday qilib, masalan Farxod GESida mablag’ 0,06%ni 
tashkil etdi, shunday bo’lsada aniqki, ushbu GES bosimli-stanstion uzelning ahvoli 
yaxshi emas. Inshootlarning alohida turlari uchun ketadigan mablag’ 
boshqalaridan bir qancha farqlidir: GES binolarining turli xillari uchun ketadigan 
mablag’larni sozlashtirish mumkin. Aralash turdagi bosimli suv tashlagichli GES 
binolari quyidagi ko’rsatkichlarga ega: Uchqo’rg’on GESi 0,16%, Volsjk GESi 
0,21%, Kaxov GESi 0,17%, Irkutsk GESi 0,09%. Suv tashlagichli GESlar Pavlov 
GESi 0,37%, Plyavin GESi 0,14% oddiy shovqinsiz bosimli turdagi GES binolari 
quyidagi ko’rsatgichlarga ega: Kremenchug GESi 0,17%, Gorkov GESi 0,23%, 
KaunasGESi 0,4%, Dneprodzerjinsk GESi 0,05%. Shunday qilib, ushbu 
ko’rsatkichlar GES binolari ular turidan qat’iy nazar, bir xil ekspluatastion 
sifatlariga ega ekani ko’rinib turibdi. 
GES gidrotexnika inshootlari bo’yicha sozlash ishlari mablag’ining o’xshash 
tahlili, ushbu davr ichida ketayotgan mablag’ balans bahosining 0,14%ni tashkil 
etishini ko’rsatdi. Shunday qilib, GES gidrotexnika inshootlarining sozlash ishlari 
uchun, ushbu maqsadda ajratilgan vositalarning faqatgina 2/3 tasi ishlatiladi. Ikki 
xil narsa ayon bo’ldi, bular: 1) GES gidrotexnika inshootlari kapital sozlashi uchun 
ketadigan faktik mablag’ normativdan ancha kam; 2) Sozlash ishlarining
markazlashtirilgan shakli asosiylashib bormoqda. 
Sozlash ishlarini tashkillashtirish va ko’pgina GESlar gidrotexnika 
inshootlari holati tekshirilganda, quyidagiga amin bo’lish mumkin, olib 
borilayotgan sozlash ishlari inshootlar uchun etarli darajada emas.
Bir qator GESlarda sozlashga ketadigan faktik mablag’ normativ bo’yicha 
ajratilgandan ko’p. Sozlash uchun mehnat sarf-xarajatlari o’zining qiyinligi bilan 
ajralib turadi: turli qurilish mexanizmlarini ishlatish talab etiladi. Gidrotexnika 


inshootlari konstrukstiyasi va ularning ishlash sharoitlarining turlichaligi sozlash 
ishlarining xam turli bo’lishini talab etadi, bu ishlarni esa aynan bir namunaviy 
to’plamga keltirish juda qiyin. Ulardan biri mexanizastiyaning yuqori darajada 
bo’lishini talab etsa, ikkinchisi sozlash jarayonida mexanizastiya bilan 
ta’minlashini qiyinlashtiradi, chunki kerak bo’lgan xar bir vositaga olib keladi. 
3-rasm. 
Krasnoyarsk 
to’g’oni 
tarmog’idagi 
to’sqichni 
ta’mirlash 
maydonchasi 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling