8-Ma’ruza: Miqdoriy analizda standart taqqoslash materiallari
Korxonalarda qo'llaniladigan nazorat turlari
Download 241.34 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu
Korxonalarda qo'llaniladigan nazorat turlari
Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida mahsulotlar sifatini nazorat qilishni tashkil et ish maqsadida xomashyoni qabul qilish uchun ish faoliyati va mas'uliyati
aniq belgilangan xizmat turlari tashkil etiladi. Ularning tarkibi va a'zolari soni korxonaning turi hamda shtatlar jadvaliga bog'liq bo'ladi. Korxonaga keltirilayotgan xomashyo sifatini nazorat qilish uchun ta'minot bo'yicha direktor o'rinbosari, texnologlar, laboratoriya xodimlari va tovarshunoslar tarkibidan iborat birlamchi komissiya tashkil qilinadi. Xomashyoni birlamchi nazorat etish xizmati tomonidan mahsulot sifatini sertifikatlar hamda normativ- texnik hujjatlar asosida laborant yoki xomashyoni topshiruvchining ishonchli kishisi ishtirokida tekshiruvdan o'tkaziladi. Shu paytda agar laboratoriya tahlillarining natijalari bo'yicha juz'iy kamchiliklar bo'lsa yoki sifatsiz xomashyo olib kelingan bo'lsa, mas'ul shaxs sinovlarni qayd etish jurnaliga imzo chekadi. Bunday qaydnomaga asosan xomashyo olib keluvchi tomon sifatsiz mahsulot olib kelganligi uchun mas'ul shaxsga jarima soladi va undirib oladi. Agar bu hot ko'p marta takrorlansa, mahsulot keltirilishi bo'yicha tuzilgan shartnoma (I oy muddat ichida) bekor qilinadi. Shu vaqt ichida ta'minotchi korxonaga keltirilgan zararni qoplashi va sifatsiz mahsulot tayyorlashni to'xtatishi zarur.
Download 241.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling