8-Ma’ruza: Miqdoriy analizda standart taqqoslash materiallari


Download 241.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi241.34 Kb.
#213712
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu



8-Ma’ruza: Miqdoriy analizda standart taqqoslash materiallari 

Reja 


1. Miqdoriy  analizda  standart  taqqoslash  materiallari,  etalonlar  va  ularni 

taqqoslash usullari 

2. Standart  taqqoslash  materiallari,  ularning  turlari  va  atrof  muhit  obektlari 

analiz qilishda ulardan foydalanish 

3. Ishonchlilik intervali. 

4. Standart  taqqoslash  materiallarini  ishlab  chiqaradigan  xalqaro  tashkilotlar. 

Ularni pasportlanishi. 

Xalqaro ilmiy-texnik bamkorlik 

Standartlashtirish  yangi  mahsulot  ishlab  chiqarish  rejalarini  va  uni 

o'zlashtirish tartiblarini, yangi mahsulotni ishlab chiqarishni va ish lab chiqarishga 

qo'yishda  buyurtmachi,  ishlab  chiqaruvchi,  tayyorlovchi  hamda  iste'molchi 

vazifalarini  belgilab  beradi.  Bu  tizimda  alohida  o'rin  tutuvchi  jihat  shundaki, 

tayyorlangan 

mahsulot 

sifatining 

65-70 



ilmiy-texnika 



yutuqlarini 

loyihalashtirish 

sifati 

orqali 


aniqlanadi. 

O'zbekiston 

Respublikasining 

standartlashtirish  sohasida  xalqaro  ilmiy-texnik  hamkorlik  qilishidan  asosiy 

maqsadi  davlat  standartlashtirish  tizimini  xalqaro,  mintaqaviy  hamda  chet 

mamlakatlarning 

ilg'or 

milliy 


tizimlari 

bilan 


quyidagi 

maqsadlarda 

uyg'unlashtirishdan iboratdir: 

-  standartlashtirish  bo'yicha  me'yoriy  hujjatlarning  ilmiytexnik  darajasini 

oshirish va ularda xalqaro standartlarni, chet mamlakatlarning mintaqaviy va milliy 

standartlarini  qo'llash  asosida  hamda  ilmiy-texnik  taraqqiyotning  jahonda 

erishilgan yutuqlaridan zaruriy darajada foydalanish asosida optimal o'rnini 

shakllantirish; 

 

-  vatanimizda  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotning  sifatini  va  uning  jahon 



bozorida raqobatbardoshligini oshirish

-  mamlakatimiz  standartlari  asosida  yangi  raqobatbardosh  mahsulot  va 

texnologiya  turlariga  xalqaro  (mintaqaviy)  standartlarni,  shu  jumladan,  ikki 

tomonlama  (ko'p  tomonlama)  hamkorlik  natijasida  yaratilgan  mahsulot  va 

texnologiyalarga xalqaro standartlarni ishlab chiqish; 

-  O'zbekiston  Respublikasining  chet  mamlakatlar  bilan  savdo  iqtisodiy  va 

ilmiy-texnik  hamkorligini  me'yoriy  darajada  ta'minlashni  yaxshilash  va 

mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishini ta'minlash; 

-  xalqaro  va  mintaqaviy  standartlarni  ishlab  chiqish  jarayonida  xalq 

xo'jaligining manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash; 

-  standartlashtirish  sohasida  xalqaro  hamkorlik  standartlashtirish  bo'yicha 

xalqaro  va  mintaqaviy  tashkilotlar  bilan,  shuningdek,  chet  mamlakatlarning 

tegishli  tashkilotlari  bilan  ikki  tomonlama  yoki  ko'p  tomonlama  asosda  amalga 

oshiriladi. 




Standartlashtirish  sohasida  xalqaro  hamkorlik  O'zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari,  iqtisodiy  va  ilmiy  texnik  hamkorlik  bo'yicha, 

hukumatlararo komissiyalarning qarorlari va hamkorlik to'g'risidagi bayonnomalar 

asosida  O'zbekiston  Respublikasining  standartlashtirish  bo'yicha  xalqaro  va 

mintaqaviy  tashkilotlari  faoliyati  ishtiroki  asosida  kelib  chiqadigan  majburiyatlar 

negizida  am  alga  oshiriladi.  O'zbekiston  Respublikasi  standartlashtirish  bo'yicha 

xalqaro tashkilotlar bilan ushbu tashkilotlar ishida bevosita ishtirok etishi birinchi 

navbatda  xalqaro  standartlarni  ishlab  chiqishda  ishtirok  etishini,  shuningdek, 

ularning  O'zbekiston  Respublikasi  xalq  xo'jaligida  qo'lIanilishini  ta'minlashni  va 

sherik mamlakatlar bilan shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni o'z ichiga oladi. 

Standartlashtirish  sohasida  ikki  tomonlama  yoki  ko'p  tomonlama  hamkorlik 

doirasida 

faoliyat 

turlari 


sherik 

mamlakatlarning 

milliy 

standartlarini 

uyg'unlashtirish bo'yicha ishlarni, standartlarning hamkorlikda ishlab chiqarilishini

mazkur  sohada  qo'shma  ilmiy  tadqiqotlar,  tajribalar  va  axborot  almashinuvlar, 

o'zaro birlikda maslahatlar, kadrlarni o'qitish va boshqa sohalarni o'z ichiga qamrab 

oladi. 


O'zbekiston  Respublikasida  standartlashtirish  sohasida  xalqaro  hamkorlik 

bo'yicha  ishlarning  tashkil  etilishi  va  o'tkazilishi  O'zdavstandart  tomonidan 

belgilangan  tartibda,  standartlashtirish  masalalari  bilan  shug'ullanadigan  ISO, 

MEK va boshqa tashkilotlar tomonidan, shuningdek, respublikada amal qilayotgan 

va  O'zbekiston  Respublikasining  sherik  mamlakatlar  bilan  ikki  tomonlama 

ilmiy-texnik  hamkorlik  qilish  bo'yicha  ishlarni  o'tkazish  tartibini  belgilaydigan 

hujjatlar asosida amalga oshiriladi.  

  Mahsulot  sifatini  tekshirish  ishlarini  tashkil  etish  ishlab  chiqarishda 

mahsulot  sifatini  nazorat  qiluvchi  tizim  mavjud.  Unda  ishlab  chiqarish  bilan 

bog'liq  bo'lgan  xodimlardan  tashqari  davlat  va  jamoatchilik  tashkilotlari 

qatnashadilar. Mahsulotlar sifatini baholashda GOST, OST, TU, TSH texnologik 

ko'rsatmalari  kabi  normativ-texnik  huliatlar,  texnologik  reglamentlar  va 

retsepturalar  to'plami  qo'llaniladi.  Ishlab  chiqarilgan  tayyor  mahsulotning  sifatini 

baholash va nazorat qilish natijalarini hisobga olish ishlab chiqarishning barcha 

texnologik bosqichlarida uzluksiz amalga oshiriladi. Belgilangan normativdan 

chetga  chiqish  aybdor  familiyasi,  ismi  bilan  birga  ko'rilgan  choralar  maxsus 

jurnallarda  qayd  etiladi.  Jurnal  MJQK  deb  nomlanadi  (mehnat  jarayoniga 

qatnashish koeffitsiyenti). Rejani bajarish yoki oshirib bajarish ko'rsatkichlarini 

aniqlashda  chiqariladigan  mahsulot  sifatiga  qarab  maosh  va  mukofot 

tayinlanacti. 

Texnologik  ishlab  chiqarishda  qoidani  muntazam  buzuvchilar,  tayyor 

mahsulot  sifatini  buzib  ishlab  chiqaruvchilar  laboratoriyalarda  mahsulot  tahlillari 

talabga  javob  bermasa,  mahsulotga  tushgan  noroziliklar  soni  2-3  ta  bo'lsa,  shu 

ishchiga berilgan malaka razryadi 3 oylik muddat bilan kamaytiriladi va keltirilgan 

zarar to'la undirib olinadi. 




Download 241.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling