8-Ma’ruza: Miqdoriy analizda standart taqqoslash materiallari


Xomashyoni birlamchi nazorat qilish xizmati


Download 241.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi241.34 Kb.
#213712
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu

Xomashyoni birlamchi nazorat qilish xizmati 

Xomashyoni birlamchi nazorat qilish xizmati-qabul qilinadigan mahsulot 

sifatiga to'la javobgardir. O'z vaqtida qaytarilmagan sifatsiz mahsulot, noto'g'ri 

to'ldirilgan yoki tuzilgan dalolatnoma, mahsulot bilan ta'minlovchi o'z vaqtida 

taqdim etmagan talabnoma (isk) sanitar ,qoidalari va mahsulotni sotish muddati 

buzilganligi - bularning barchasi zavod ma'muriyatining birlamchi 

nazorat  xizmatiga  salbiy  ta'sir  ko'rsatadi.  Omborxonadagi  mahsulotlar 

harakatlantirilganda,  ombor  mudiri  yoki  uning  o'rinbosari  va  sex  boshlig'i 

tomonidan mahsulotlar sifati bo'yicha va normativ-texnik hujjatlarga asoslangan 

holda  qabul  qilinishi  kerak.  Agar  qabul  qilinadigan  mahsulot  sifatini 

baholashda  ish  lab  chiqarish  mudiri,  sex  boshlig'i  va  ombor  mudiri  o'rtasida 

kelishmovchilik kelib chiqsa, qabul vaqtida korxona rahbarlari (direktor yoki bosh 

muhandis) taklif etiladi. Aybdor  shaxsga nisbatan  chora ko'rilib, xatoni qayt etish 

jurnaliga yozib qo'yiladi. _ 

Texnologikjarayonlarning  tezkor  nazorati  sex  boshlig'i,  ishlab  chiqarish 

mudiri  va  uning  yordamchisiga  yuklatiladi.  Tezkor  nazorat  xatoga  yo'l 

qo'yilishning o'z vaqtida oldini oladi. 

Tezkor  nazorat  texnologik  jarayonning  alohida  bosqichlarini  organoleptik 

yoki  boshqa  yo'llar  bilan  baholashga,  xomashyoni  texnologik  kartalar  asosida 

tuzilganligiga,  texnologik  rejimni  tekshirgan  holda  va  mahsulot  massasining 

chiqishiga qarab ish olib boradi hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklar maxsus jurnalda 

qayd etib boriladi. 

Qabul  qilish  nazorati  korxona  turiga  qarab  tashkil  etiladi.  Tayyorlangan  har 

qaysi  partiyadagi  mahsulotdan  organoleptik  va  fizik-kimyoviy  xususiyatlari 

bo'yicha, normativ-texnik hujjatlar asosida hamda mahsulotning chiqish massasiga, 

o'rash  va  tamg'alashga  qo'yiladigan  talablar  bo'yicha  nazorat  olib  boriladi. 

Mahsulotning fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari texnologik laboratoriyalarda 

tahlil qilinadi. 



 

Download 241.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling