8-Ma’ruza: Miqdoriy analizda standart taqqoslash materiallari
Download 241.34 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro ilmiy-texnik bamkorlik
8-Ma’ruza: Miqdoriy analizda standart taqqoslash materiallari Reja
1. Miqdoriy analizda standart taqqoslash materiallari, etalonlar va ularni taqqoslash usullari 2. Standart taqqoslash materiallari, ularning turlari va atrof muhit obektlari analiz qilishda ulardan foydalanish 3. Ishonchlilik intervali. 4. Standart taqqoslash materiallarini ishlab chiqaradigan xalqaro tashkilotlar. Ularni pasportlanishi.
Standartlashtirish yangi mahsulot ishlab chiqarish rejalarini va uni o'zlashtirish tartiblarini, yangi mahsulotni ishlab chiqarishni va ish lab chiqarishga qo'yishda buyurtmachi, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi hamda iste'molchi vazifalarini belgilab beradi. Bu tizimda alohida o'rin tutuvchi jihat shundaki, tayyorlangan mahsulot sifatining 65-70 %
yutuqlarini loyihalashtirish sifati orqali
aniqlanadi. O'zbekiston Respublikasining standartlashtirish sohasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik qilishidan asosiy maqsadi davlat standartlashtirish tizimini xalqaro, mintaqaviy hamda chet mamlakatlarning ilg'or milliy
tizimlari bilan
quyidagi maqsadlarda uyg'unlashtirishdan iboratdir: - standartlashtirish bo'yicha me'yoriy hujjatlarning ilmiytexnik darajasini oshirish va ularda xalqaro standartlarni, chet mamlakatlarning mintaqaviy va milliy standartlarini qo'llash asosida hamda ilmiy-texnik taraqqiyotning jahonda erishilgan yutuqlaridan zaruriy darajada foydalanish asosida optimal o'rnini shakllantirish;
- vatanimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini va uning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish; - mamlakatimiz standartlari asosida yangi raqobatbardosh mahsulot va texnologiya turlariga xalqaro (mintaqaviy) standartlarni, shu jumladan, ikki tomonlama (ko'p tomonlama) hamkorlik natijasida yaratilgan mahsulot va texnologiyalarga xalqaro standartlarni ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasining chet mamlakatlar bilan savdo iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorligini me'yoriy darajada ta'minlashni yaxshilash va mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishini ta'minlash; - xalqaro va mintaqaviy standartlarni ishlab chiqish jarayonida xalq xo'jaligining manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash; - standartlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik standartlashtirish bo'yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan, shuningdek, chet mamlakatlarning tegishli tashkilotlari bilan ikki tomonlama yoki ko'p tomonlama asosda amalga oshiriladi. Standartlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, iqtisodiy va ilmiy texnik hamkorlik bo'yicha, hukumatlararo komissiyalarning qarorlari va hamkorlik to'g'risidagi bayonnomalar asosida O'zbekiston Respublikasining standartlashtirish bo'yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlari faoliyati ishtiroki asosida kelib chiqadigan majburiyatlar negizida am alga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan ushbu tashkilotlar ishida bevosita ishtirok etishi birinchi navbatda xalqaro standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etishini, shuningdek, ularning O'zbekiston Respublikasi xalq xo'jaligida qo'lIanilishini ta'minlashni va sherik mamlakatlar bilan shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni o'z ichiga oladi. Standartlashtirish sohasida ikki tomonlama yoki ko'p tomonlama hamkorlik doirasida faoliyat turlari
sherik mamlakatlarning milliy standartlarini uyg'unlashtirish bo'yicha ishlarni, standartlarning hamkorlikda ishlab chiqarilishini, mazkur sohada qo'shma ilmiy tadqiqotlar, tajribalar va axborot almashinuvlar, o'zaro birlikda maslahatlar, kadrlarni o'qitish va boshqa sohalarni o'z ichiga qamrab oladi.
O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik bo'yicha ishlarning tashkil etilishi va o'tkazilishi O'zdavstandart tomonidan belgilangan tartibda, standartlashtirish masalalari bilan shug'ullanadigan ISO, MEK va boshqa tashkilotlar tomonidan, shuningdek, respublikada amal qilayotgan va O'zbekiston Respublikasining sherik mamlakatlar bilan ikki tomonlama ilmiy-texnik hamkorlik qilish bo'yicha ishlarni o'tkazish tartibini belgilaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
mahsulot sifatini nazorat qiluvchi tizim mavjud. Unda ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan xodimlardan tashqari davlat va jamoatchilik tashkilotlari qatnashadilar. Mahsulotlar sifatini baholashda GOST, OST, TU, TSH texnologik ko'rsatmalari kabi normativ-texnik huliatlar, texnologik reglamentlar va retsepturalar to'plami qo'llaniladi. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning sifatini baholash va nazorat qilish natijalarini hisobga olish ishlab chiqarishning barcha texnologik bosqichlarida uzluksiz amalga oshiriladi. Belgilangan normativdan chetga chiqish aybdor familiyasi, ismi bilan birga ko'rilgan choralar maxsus jurnallarda qayd etiladi. Jurnal MJQK deb nomlanadi (mehnat jarayoniga qatnashish koeffitsiyenti). Rejani bajarish yoki oshirib bajarish ko'rsatkichlarini aniqlashda chiqariladigan mahsulot sifatiga qarab maosh va mukofot tayinlanacti. Texnologik ishlab chiqarishda qoidani muntazam buzuvchilar, tayyor mahsulot sifatini buzib ishlab chiqaruvchilar laboratoriyalarda mahsulot tahlillari talabga javob bermasa, mahsulotga tushgan noroziliklar soni 2-3 ta bo'lsa, shu ishchiga berilgan malaka razryadi 3 oylik muddat bilan kamaytiriladi va keltirilgan zarar to'la undirib olinadi. Download 241.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling