8-ma’ruza. Quduq tubining konstruksiyasi tanlash
Ma’ruza rejasi:
8.1. Ochiq turdagi quduq tubining konstruksiyasini tanlash
8.2. Quduq tubi ochiq turdagi konstruksiyasini tanlashga qo‘yilgan
umumiy talablari
8.3. Quduq tubining ochiq konstruksiyasining texnologiyasini yaratish
8.4. Quduq tubining yopiq konstruksiyasini tanlash
8.5. Aralash turdagi quduq tubining konstruksiyasini tanlash
8.6. Qum oqimlarini chiqishini oldini oluvchi quduq tubining
konstruksiyasi
Tayanch so‘zlar:
Quduq tubi tuzilishi, filtr, dumcha, zumpf, kvars toshli filtrlar, maxsus
filtrlar, ochiq quduq tubi, aralash turdagi quduq tubi tuzilishi.
8.1. Ochiq turdagi quduq tubining konstruksiyasini tanlash
Quduq tubining konstruksiyasi deganda mahsuldor qatlam oralig‘ini
mustahkamligini ta’minlash tushuniladi,
stvolni mustahkamlaydi, naporli
qatlamlarni
ajratadi, qatlamga texnik – texnologik ta’sir etish amalga oshiriladi,
ta’mirlash – bekitish ishlarini hamda optimal debit
bilan quduqlarni davomli
ishlatish ta’minlanadi.
Neft uyumlarini geologik joylashuvi shartlariga, mahsuldor gorizont tog‘
jinslarini xossasi va kollektorlarni turi bo‘yicha, quyidagi to‘rtta
asosiy turdagi
ishlatish ob’ektlariga bo‘linadi.
1. Kollektorlar bir jinsli,
mustahkam, granulli yoki yoriqli turdagi. Unga
yaqin joylashgan suvnaporli va gazlili gorizontlar yo‘q. Qatlam tubida suv mavjud
emas.
2. Kollektor bir jinsli, mustahkam, granulli yoki yoriqli turdagi. Qatlam usti
qismida – gaz do‘ppisi yoki yaqin joylashgan naporli ob’ektlar mavjud.
3. Kollektor bir jinsli va tog‘ jinsini litologiyasi bo‘yicha noyaxlit, filtratsiya
tasnifi bo‘yicha g‘ovakli kollektorga yoki yoriqli turga mansubdir.
4. Kollektor kuchsiz sementlashgan granulli, katta g‘ovakli va o‘tkazuvchan,
normal yoki past qatlam bosimli. Uni ishlatishda qatlam
buzilishi yoki quduqdan
qum chiqishi mumkin.
Quduqlarda mahsuldor qatlamni burg‘ilash boshlanishi bilan quduqni qurish
bo‘yicha tugallash ishlari boshlanadi.
Quduqlarni tugallashni mas’ul bosqichlaridan biri quduq tubi
konstruksiyasini to‘g‘ri tanlanishidir. Birinchi turdagi
kollektor ochiq turdagi
konstruksiyaga mansubdir, ikkinchisi uchun – aralash turdagi konstruksiya, uchinchi
tur uchun – yopiq tubli konstruksiya, to‘rtinchisi uchun – qumni chiqishini oldini
oluvchi quduq tubi konstruksiyasi.