8-ma’ruza. Quduq tubining konstruksiyasi tanlash Ma’ruza rejasi
-rasm. Quduq joylashuvi holati
Download 447.93 Kb. Pdf ko'rish
|
8-m
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.3 -rasm. Quduq tubi konstruksiyasi.
8.2-rasm. Quduq joylashuvi holati.
1. Agarda mahsuldor qatlam bir jinsli yaxlit mustahkam tog‘ jinslaridan (qumoqtosh, ohaktosh) tashkil topgan bo‘lsa, u holda quduq ochiq holda jihozlanadi (8.3-rasm, a). 2. Agarda mahsuldor qatlamda noyaxlit har xil jinsli qatlamchalar kum, loylar, kuchsiz sementlangan qumoqtoshlar mavjud bo‘lsa, u holda quduq tubi yopiq holda jihozlanadi (8.3-rasm, b). 8.3 -rasm. Quduq tubi konstruksiyasi. a - quduq tubi ochiq; b – quduq tubi mustahkamlash quvurli; v – yoriq filtrli; g – quduq tubiga manjetni qo‘yish orqali filtr o‘rnatilgan bo‘lib oldindan teshilgan konstruksiya. 1-mustahkamlash quvurlari; 2-sement toshi; 3-gazlilik qatlami; 4-mahsuldor qatlam; 5-teshilgan teshiklar; 6-zichlama; 7-dumli filtrni yoriqli teshiklari; 8-qo‘yish teshigi; 9-manjet; 10-teskari klapanni o‘rnatish joyi; 11-filtr teshiklari. Bunda ochiq quduq tubida quduq mahsuldor qatlamning tepasigacha burg‘ilanadi, ishlatish tizmasi tushiriladi va quduq tepasigacha sementlanadi. sement eritmasi qotib bo‘lgandan keyin quduq tubi kichikroq diametrdagi burg‘i bilan burg‘ilanib ochiladi. Quduq tubi yopiq bo‘lganda loyihaviy chuqurlikkacha burg‘ilanib, ishlatish tizmasi tushiriladi, quduq ustigacha sementlanadi, sement aralashmasi qotgandan keyin neftli yoki gazga to‘yingan qismi teshiladi. 3. Ba’zida mahsuldor qatlam kuchsiz sementlangan qumoqtosh va alevrolitlarning yotqiziqlaridan iborat bo‘lsa, unda mahsuldor qatlam ochiq quduq tubida maxsus karnaysimon filtr xvastovik (dum) tushirilib ochiladi. Filtr yoriq teshikli (0,8÷3 mm) dir. (8.3-rasm, v) 4. Ba’zida quduqqa oldindan teshilgan manjet qo‘yma filtrlar tushiriladi. Bunda quduq loyihaviy belgigacha burg‘ilanadi, oldindan teshilgan quvur manjet bilan ishlatish tizmasiga tushiriladi. Undan maxsus teshik orqali manjetni yuqori qismi sement aralashmasi bilan to‘ldiriladi. Quvurning teshilgan qismini (filtrni) sementlashdan oldin qum yoki cho‘yanli teskari klapan bilan bekitiladi. sement aralashmasi qotib bo‘lgandan keyin cho‘yan klapan burg‘ilanib olinadi yoki qum bo‘lsa yuvib tozalanadi. Quduq tubi yuqori gidrodinamik tugallanganlik koeffitsienti bilan ta’minlanishi kerak. Quduq tubi konstruksiyasi o‘tkazuvchanlikni ta’minlash uchun oraliqqa gidroyorish, kislotali ishlov berilganda teshiklarni ochish uchun imkoniyat berishi kerak bo‘ladi. (8.3-rasm, g) Quduq tubida joylashgan qatlamlar past o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lsa, hamda mustahkamligi yuqori bo‘lganda quduq tubining konstruksiyasini ochiq ko‘rinishda tanlashga asos bo‘ladi. Bunda quyidagi sharoitlarni, ya’ni yuqori bosimli gorizontlarning, tub suvlarning va gaz do‘ppisining mavjud emasligini asoslash zarur bo‘ladi. Quduq tubining ochiq konstruksiyasida (g‘ovakli va yoriqli kollektorlarda) pakerlarni o‘rnatish oldindan ko‘rib chiqiladi. Ular teshilgan dumlarga o‘rnatiladi, lekin sementlanmaydi. Quduq tubining ochiq konstruksiyasidan foydalanishga g‘ovakli yoriqli, yoriqli-g‘ovakli yoki g‘ovakli-yoriqli turdagi yaxlit mustahkam kollektor oldindan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari kollektor o‘zining geologik-fizik tasnifi bo‘yicha qatlam quduq tubi zonasi kollektor xossasining keskin va katta qiymatda o‘zgarishida sementlanmagan bo‘lishi kerak. Quduq tubining ochiq konstruksiyasida alohida ishlatish usuli oldindan ko‘rib chiqiladi. Qatlamga depressiya hosil qilinganda kollektor mustahkamlikni saqlashi kerak. Quduqning tubi zonasidagi jinsning mustahkamligini quyidagi holatlarda aniqlash mumkin. 1. Qatlamdan suyuqlik yoki gaz olinganda: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling