8-ma’ruza son va uning xususiyatlari. Olmosh. Olmoshning ma’no turlari reja


Download 116.5 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi116.5 Kb.
#220894
1   2   3   4   5
Bog'liq
Son va uning xususiyatlari. Olmosh. Olmoshning ma’no turlari

Olmosh turlari

Olmoshlar

1.

Kishilik olmoshlari:

ozarb. man, san, onlar; olt. bes (bester), sler, olor; boshq. bis, his; qoz. bizder, sizder; tuv. bis (bister// bistarlar); chuv.ebe (shev. ep//yep, eze (shev.es//yes), wal (shev. wu, u, ul, wo, o, ol), ebir, ezir,wezem (shev. uzem//ozem//ezem); shor. is, sler; yoq. min, en, kihi, bihigi //bihi, ehigi //ihi, kihiler;

2.

Ko‘rsatish olmoshlari:

qoz., q.-qalp., no‘g‘. bu (l), ol; boshq. eše, šul; yoq. subu (ushbu), siti (ana shu), sol (shu); no‘g‘. šu, šo (l), šošu// šušu// šiši; tat. šuši// šul; karaim. ušpu// ušbu// uspu; qoz. osi, sol;

3.

O‘zlik olmoshi:

tuv. bodum, boduŋ, boduwus, bottarıwıs, boduŋar, bottarıŋar, bottarı; yoq. beye, beyem, beyen; shor. boy; turk., gag. kendi;

4.

So‘roq olmoshlari:

ozarb. kim, ne, hansi; boshq. ney, nerze, neyerde, nemerze, neyetta, nimkay, nerdekay, nintay; xak. kem, xaydaǧ, xayzı; chuv. kam, xaje; shor. kem, kay// kayı, kayzı; yoq. kim, xannik, xaydax;

5.

Belgilash olmoshlari:

ozarb. var, vari, hamu; olt. barčans, baršin, parčan; q.-balq. bari, bitav; xak. pudun; shor. parcha, parčin, toza; yoq. barita.

6.

Bo‘lishsizlik olmoshlari:

ozarb. heč kes, heč ne, heč hansi; olt. eš neme; boshq. his kim, his ne; gag. hič bišay; qoz. ešbir, eškim, ešbirov, ešteme; qirg‘. eč kim, eč bir; q.-balq. bir zamda.

7.

Gumon olmoshlari:

gag. bišey, q.-balq. bir kiši, bir zot, bir yuk; xak. pir kizi; turkm. bir nerse, bir xayz.

Turkiy tillarda ko‘rsatish olmoshlari kelishiklar bilan turlanganda turlicha fonetik o‘zgarishlar kuzatiladi. Ko‘pchilik turkologlar ( A.N.Kononov, V.Bang, B. Serebrennikov va boshqalar) dastlabki qadimiy variantdagi ko‘rsatish olmoshlarida n tovushi bo‘lmaganligini ta’kidlaydilar. Ko‘rsatish olmoshlarining fonologik tuzilishidagi o‘zgarishlarning mohiyati til faktlarining areal tadqiqi orqaligina oydinlashtirilishi mumkin.

Bu olmoshi ayrim turkiy tillarda m shakli bilan almashadi. Bu holat vositali kelishiklar bilan turlangan olmoshlarda yuz beradi. O‘zbek, turk, tatar, turkman, oltoy tillarida ko‘rsatish olmoshlarining bosh kelishik shakli b tovushi ishtirokida shakllansa, no‘g‘ay, shor, turkman, tatar tillarida vositali kelishik shakllari m fonemasi bilan almashadi: no‘g‘. mun' “buni”, shor. möndä “bunda”, turkm. muna “bunga”, tat. monı “buni” singari.

Barcha turkiy tillarda bu, šu, u olmoshlari vositali kelishiklar bilan qo‘llanganda o‘zakda bir n tovushi orttiriladi. Masalan, turk. šunan “šuning”, turkm. oya “ona”, uunga;, tat. ul- an' “u-uni”; annan “undan” kabi. Bu xususiyat ham turkiy tillarda so‘z o‘zagidagi unlining qat’iy ekanligini ko‘rsatadi.

Ayrim turkiy tillarda te(e), tu o‘zagi asosida ko‘rsatish olmoshlari yuzaga kelgan. Ana u olmoshi o‘rniga qirg‘. te:, turk. de shu, olt. tu ol, gag. te so‘zlari qo‘llanadi.

Turkiy tillarda so‘roq olmoshlari fonetik variantlariga ko‘ra bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, morfemik tuzilishi va ma’nolari jihatidan farq qiladi. Tarixiy taraqqiyot davomida boshqa so‘zlar kabi so‘roq olmoshlarida ham, asosan, unli tovush o‘zgaradi.

Kim so‘roq olmoshi O‘rxun-Enasoy yodgorliklarida kem, qadimgi turkiy tilda kim ko‘rinishida uchraydi. Kem shakli oltoy tilida saqlanib qolgan. Boshqa turkiy tillarda kim olmoshi unlining uzun-qisqa va qattiq -yumshoqligi bilan farqlanadi. Masalan, qirg‘., turkm., qum., turk, ozarb., yoq. kim, tat., qoz., no‘g‘., uyg‘., boshq. gam shaklida ishlatiladi. Chuvash tilida esa kem so‘roq olmoshi qo‘llanadi. Ushbu dalillar bobo tili davrida kim va kem shakllari mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Nima so‘roq olmoshi ko‘pgina turkiy tillarda ne // ni ko‘rinishida ishlatiladi. Masalan, ozarb. ne, qoz., qum., no‘g‘., turk. ne. Ayrim turkiy tillarda esa ikki bo‘g‘inli shaklda mavjud: turkm. neme, o‘zb. nima, uyg‘. nime, xak. nime. Bu olmosh o‘zagidagi qaysi unli ilk davrga xosligini aniqlash qiyin. Ko‘pchilik olimlar e unlisi dastlab mavjud bo‘lib, keyinchalik ye ga aylanganligini ta’kidlaydilar. F.Is’hoqov ko‘pgina turkiy tillarda ne olmoshi takrorlanib qo‘llanishini ko‘rsatadi: olt. ne-me, boshq. ne~me, uyg‘. ni~me kabi. Uning fikricha, ayrim tillarda ikki olmosh negizning qo‘shilganligini ham ko‘rish mumkin. Masalan, qirg‘. emne - e(ne-m-me-ne//ememmene; qoz. nemene va tat. nerse - ne-ersa so‘zlari olmoshlar birikuvidan hosil bo‘lgan.

Narsa-hodisaning noma’lum belgisini ifodalovchi qanday so‘roq olmoshi ham ikki so‘zning, ya’ni qan va tağ asoslari birikuvidan hosil bo‘lganligi aytiladi. Bu olmosh qipchoq shevalarida qanday, oltoy tilida qandoy, yoqut tilida esa xannok, qandoğ shaklida qo‘llanadi. Qalay olmoshining tarkibi ham qan asosiga -lay qo‘shimchasini, qaysi? so‘rog‘i esa -sı affiksining qay o‘zagiga qo‘shilishidan hosil bo‘lganligi ta’kidlanadi. Masalan, tat. qoys', boshq. qays', qirg‘., qum., uyg‘. qagsı, xak. xtzı kabi.

Ayrim turkiy tillarda shunday ma’noni ifodalashda ne, ni olmoshlari qatnashadi: qum. nečik, ozarb. neče, nejun, turkm. ničik, ninen, boshq. nisek. Turk tilida bu olmoshlar o‘rnida haŋi? so‘rog‘i ishlatiladi.

Qayd etish joizki, turkiy tillarning so‘nggi davrdagi taraqqiyot bosqichlarida tarixiy shakllarning yangi shakllar bilan uyg‘unlashganligi olmoshlarning hosil bo‘lishida ham ko‘zga tashlanadi. Bu holat turkiy tillarda analitik birikmalar faolligini ko‘rsatadi. Qiyoslang: ozarb. na, na-ra-ya, turk. ne-re-ye, turkm. ni-re, ni-rek , xak. xag-a-ar, qoz. qag jaqka?, uyg‘. qag erge kabi.

Ko‘rinib turibdiki, so‘roq olmoshlarining asosiy qismi turkiy tillarda qay// qai so‘zlari asosiga turli qo‘shimchalar yoki qadimgi tilda ot ma’nosini ifodalagan so‘zlar qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan. Buni qanča, qačan olmoshlari misolida ham ko‘rish mumkin. O‘g‘uz shevalarida bunday olmoshlar ne, ni ko‘rinishlariga ega. Masalan, qum, ozarb. no‘g‘. nege, neše, tat.niše, boshq. nise va h.k.

Turk va turkman tillarida vositali kelishik qo‘shimchalari orqali hosil bo‘ladigan so‘roq olmoshlarida ne so‘zidan so‘ng -re orttiriladi: turk. ne-re-den, turkm. ni-re-den kabi.

Qrim (tavriya) tatarlari tilida I va II shaxs kishilik olmoshidan keyin keladigan qaratqich kelishigi qo‘shimchasi -im shaklida qo‘llanadi, masalan: menim, bizim (meniŋ, biznıŋ o‘rnida).

Olmoshlar turkiy tillarda fonetik o‘zgarishlar bilan kuzatiladi. Masalan, bo‘lishsizlik olmoshlarining tuva tilidagi ko‘rinishlari quyidagicha:




Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling