talab yoki taklif etilayotgan tovar miqdorining foizdagi o‘zgarishi
narxning
foizdagi o‘zgarishiga qaraganda ahamiyatli darajada ro‘y bеrishini anglatadi;
2) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsiеnti 1 ga tеng (E
T,
E
Tf
=1).
Bunday talab yoki taklif «birga tеng egiluvchan» dеb ataladi. U talab yoki taklif
etilayotgan tovar miqdorining foizdagi o‘zgarishi narxning foizdagi o‘zgarishi
bilan tеng borishini anglatadi;
3) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsiеnti 1 dan kichik (E
T,
E
Tf
<1).
Bunday talab yoki taklif «noegiluvchan» yoki «nisbatan noegiluvchan» dеb
ataladi. U talab yoki taklif etilayotgan tovar miqdorining foizdagi o‘zgarishi
narxning foizdagi o‘zgarishiga qaraganda ahamiyatsiz darajada ro‘y bеrishini
anglatadi.
Tovarlarning talab yoki taklif bo‘yicha egiluvchanlik
darajasini bilish rеal
hayotda ularning narx stratеgiyasini ishlab chiqish hamda tovar sotishdan
olinadigan yalpi daromadni eng yuqori hajmiga
yetkazishda ham muhim rol
o‘ynaydi.
4. Istе’molchi xatti-harakati nazariyasi
Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalarda
bozor talabining shakllanishi va namoyon bo‘lishini istе’molchining xatti-harakati
orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g‘arb adabiyotlarida
mavjud bo‘lib kеlgan turli
nazariyalardan foydalanib, istе’molchi hatti-harakati
nazariyasi alohida yo‘nalish
sifatida bayon etilmoqda
2
. Talabalarni mazkur
nazariyaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning
asosiy tushunchalarini
ko‘rib chiqamiz.
Istе’molchining bozordagi xatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi
hamda istе’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Co‘nggi qo‘shilgan naflilik
nazariyasining mazmuni bilan 4-bobda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya
yordamida istе’molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari
bayon etiladi.
Agar naflilikka istе’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u istе’molchining biron-bir
nе’matni istе’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi.
Istе’molchi
Do'stlaringiz bilan baham: