8-ma’ruza. Telekommunikasiya tizimlarida ishonchlilikni oshirish choralari, usullari va tasnifi, ularga qo‘yiladigan talablar
Download 175.38 Kb.
|
MUA 8-mazuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
8-ma’ruza. Telekommunikasiya tizimlarida ishonchlilikni oshirish choralari, usullari va tasnifi, ularga qo‘yiladigan talablar. Shovqinli diskret kanallarda kodlash. Shenon teoremasi. Xatolar modellari. Reja:
1. Ishonchlilikni oshirishga qo‘yiladigan talablar.
Aholining yangi turdagi xizmatlarga bo‘lgan talabining ortib borishi asosida ma’lumotlarni uzatuvchi zamonaviy yuqori tezlikli telekommunikasiya tizimlarini takomillashtirish talab etiladi. Quyidagilarga asosan aloqa tizimlari va tarmoqlariga nisbatan bo‘lgan talab doimiy ravishda ortib boradi: foydalanuvchilar sonining ortishi; foydalanuvchilarni qiziqtirgan xizmat turlari sonining ortishi; xizmat ko‘rsatish sifatiga bo‘lgan talabning ortishi (qabul qilinadigan axborotlarning ishonchliligini, etkazilish vaqti va maxfiyligiga bo‘lgan talab asosiy hisoblanadi). Shu bilan bir qatorda ma’lumotlarni uzatuvchi yuqori tezlikli tizimlarga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat: uzatilayotgan axborotning to‘g‘rililigi, aniqligi; tezlik; ishonchlilik; axborot xavfsizligi. Uzatish tizimlariga bo‘lgan asosiy talab – yuqori aniqlikdir. Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XYeAI) (MSE-T) tomonidan o‘rnatilgan me’yorga asosan, bitta belgini uzatishdagi xatolik extimolligi: ma’lumotlarni uzatish uchun - 10-6; telegraf aloqasi uchun 3 · 10-5 dan oshmasligi lozim. Lekin o‘tkazgichli uzatish tizimlaridagi TCh kanallarda va real telegraf kanallarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 10-3 – 10-4 ni, radiokanallarda esa yanada ko‘proq bo‘lgan 10-3 – 10-2 qiymatni tashkil etadi. Shuning uchun uzatish aniqliligini 2 – 3 marotaba oshirish zaruriyati tug‘iladi. R eal aloqa kanallari stasionar bo‘lmaganligi tufayli, amaliyotda ba’zi bir vaziyatlarda ularda kvazistasionar qismlarni ajratish mumkin, va ushbu kanallar uchun, holatlarga o‘tishning markov zanjiri bilan Purtov modeli yordamida ta’riflanadigan kvazistasionar matematik modelidan foydalanish mumkin. Purtov modeli bo‘yicha kanal klassifikasiyasi Rxato va αxato graf o‘tishlar MUTda xatoni aniklovchi raqamli tizim qabul qilgichining modeli S0 - qabul qilgich xatoliklarsiz ishlaydi; S1 - qabul aniqlanmagan xatosiz funksiyalaydi; S2 - qabul qilgich aniklangan xatoni to‘g‘irlaydi; S3 -rad javoblari uchun qabul qilgich ishga layokatli emas Nazorat savollari 1. Ishonchlilikni oshirish usullarining tavsiflari nimalardan iborat? 2. Ishonchlilikni oshirish usullariga qo‘yiladigan talablar? 3. Purtov modeliga tavsif bering? 4. MUTda xatoni aniklovchi raqamli tizim qabul qilgichining modeli va ishlash tarbiga tushuncha bering? Download 175.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling