bo’lishga intilish istagi bo’lishi kerak. Odam o’zining butun umri davomida o’z
ish harakatlari bilan o’z xarakterini yaratadi.
8.3. Temperament tushunchasi, uning psixologik tavsifi.
Temperament xarakterdan farqli o‘laroq, tug’ma
xususiyatlar majmuasi
bo‘lib, oliy nerv faoliyat tiplarining inson xulq atvorida namoyon bo‘lishni
ifodalaydi. Temperamentning aynan tarjimasi, lug’aviy ma’nosi «aralashma»,
«qorishma», «mijoz» ma’nolarini anglatadi.
Temperament termini fanga
birinchi bo‘lib eramizdan avvalgi V asrda yashagan grek vrachi Gippokrat
tomonidan kiritilgan.
Insonning xatti-harakati va faoliyatida namoyon bo’luvchi Shaxsiy –
psixologik xususiyatlarning yig’indisiga
temperament deyiladi.
Bir necha asrlar maboynida kishilar o’rtasidagi
mavjud psixologik farqni,
temperamentni o’rganish buyicha turli gipotezalar ilgari surildi. Biroq bu
gipotezalarning hammasini tibbiyot va meditsina sohasidagi keyingi yangiliklar
osonlikcha rad etdilar, ularning ilmiy emasligi borgan sari ayon bo’lib borardi.
Gippokrat ta’limotiga muvog`iq, insonda to`rt
xil suyuqlikdan bittasi
ustuvorlik qiladi. Ushbu suyuqliklar munosabati yunon terminalogiyasida
Do'stlaringiz bilan baham: