8-ma'ruza. Termodinamikaning ii-qonunining ta'riflari. Reja: Aylanma jarayonlar, yoki sikli issiqlik qurilmalarining termik foydali ish koeffisienti


Download 90.97 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2023
Hajmi90.97 Kb.
#1274896
  1   2   3   4
Bog'liq
Термодинамиканинг II-қонуни


8-ma'ruza.TERMODINAMIKANING II-QONUNINING TA'RIFLARI.


Reja:
1.Aylanma jarayonlar, yoki sikli. issiqlik qurilmalarining termik foydali ish koeffisienti.
2. Sovutish koeffisienti.Karno sikli (davriyligi) va termik f.i.k.
3. Termodinamika ikkinchi qonunining asosiy ta’riflari va uning mazmuni


Tayanch so’z va iboralar: siklga bajarilgan ish, issiqlik dvigateli tsikli, termodinamikani II-qonuni, termik FIK, termodinamikaviy protsess, egri chizig’i, aylanma tsikl, ish jism, issiqlik, bajarilgan ish. Karno sikli (davriyligi) va termik f.i.k.
Adabiyotlar /3,4,6,9,10/


1.Aylanma jarayonlar, yoki sikli. issiqlik qurilmalarining termik foydali ish koeffisienti.

Termodinamikning birinchi qonuni gazga keltirilgan issiqlik qanday maqsadlarga sarf bo’lishini belgilaydi. Lekin u quyidagi savollarni hal qilmaydi: issiq jismdan yanada issiqroq jismga issiqlik uzatish imkoniyatini, va keltirilgan issiqlik miqdorini to’liq ishga aylantirish imkoniyatini hal qilmaydi. Bu masalalar bilan termodinamikaning ikkinchi qonuni shug’ullanadi.


Jism bir qancha o’zgarishlarga uchrab, yana boshlang’ich holatiga qaytib keladigan ketma-ket qator jarayonlar aylanma jarayon, boshqacha aytganda sikl deyiladi. Ideal tsikllarda jarayonlar qaytar bo’ladi va sistemaga issiqlik keltirish jarayonida ish jismining ximiyaviy tarkibi o’zgarmaydi deb qaraladi, hamda sistemadan issiqlik olib ketilishi jarayoni bu issiqlikni sovitgichga berish sifatida qaraladi.
Real tsikllarda esa sistemadan issiqlik olib ketilishi ishlab bo’lgan gaz yoki bug’ni chiqarib yuborish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Ideal tsikllarda adlabatik siqilish va kengayish jarayonlarida ish jismi bilan tashqi muhit orasida issiqlik almashinuvi bo’lmaydi, real tsikllarda esa issiqlik almashinuvi bo’lishi mumkin.

Gazning bosimi P1 dan P2 gacha kengayishda bajargan ish quyidagicha aniqlangan edi:


(1)
bu yerda v1 va v2 – tegishlicha kengayish jarayonining boshlang‘ich va ohiri nuqtalaridagi gaz hajmlari. Gazning xuddi shu kengayish jarayonini qaytadan takrorlab lkeng ishni hosil qilish uchun gazni p1, v1 parametrli boshlang‘ich holati 1 ga qaytarish, ya’ni gazni siqish kerak. Bunda gaz aylanma jarayon (sikli) ni o‘tadi.
Gazni siqish uchun albatta tashqi ish sarflash lozim bo‘ladi. Siqilishda sarflangan ish
(2)
yoki
(3)
Siklida foydali ish olish uchun kengayishida bajarilgan ish siqilish ishidan hamisha katta bo‘lishi lozim (1- rasm), ya’ni lkehg> lsiq. Aylanma jarayonda olin- gan foydali ish yoki sikli ishi quyidagiga teng bo‘ladi:
Lts = lkehg – lsiq. (4)
Musbat ish olinadigan Sikli to‘g‘ri sikli yoki issiqlik dvigatelining sikli deb ataladi va p – v diagrammada yo‘nalishi soat strelkasining harakat yo‘nalishiga mos keladi.



Download 90.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling