8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari. Reja


 Miqdor va sarf to’g’risida umumiy ma’limotlar


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana19.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1623958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o\'lchash usullari va asbobla

3. Miqdor va sarf to’g’risida umumiy ma’limotlar. 
Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. 
Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va 
hokazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan 
aniqlanadi. Modda miqdori hajm (litr, m
3
) yoki massa (kg, t.) birliklarida 
ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi 
bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi. 
Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi. 
Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda 
sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik 
rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, 
texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va 
rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi. 
Moddaning hajmiy sarfi l/s, m
3
/s, m
3
/soat, massa sarfi esa kg/s. kg/soat, t/soat 
va hokazolarda ifodalanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan 
ta’minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi. 
Bunday asboblar modda sarfi va miqdorini o‘lchashga imkon beradi. 
Sanoatda keng tarqalgan hisoblagichlar va sarf o‘lchagichlar ishlash prinsipi 
va tuzilishlariga ko‘ra bir qancha gruppalarga bo‘linadi (GOST 15528-70). 
Suyuqlik va gazlarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi asosiy 
gruppalarga ajratiladi: 
1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) vazn hisoblagichlari. 


Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug‘ va gazlarning sarfini ulchaydigan 
asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 
1) bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar; 2) bosim farqlari o‘zgarmas 
sarf o‘lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari: 4) o‘zgaruvchan sathli sarf 
o‘lchagichlar; 5) induksion sarf o‘lchagichlar; 6) ulьtratovush sarf o‘lchagichlar; 
7)kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar; 8) ionizatsion sarf o‘lchagichlar. 
O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut, bug‘, 
gaz va hokazolarni o‘lchagichlarga bo‘linadi. 
 Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish 
zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o‘lchash masalalarini muvaffaqiyatli 
hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o‘lchash tizimlarining qo‘llanishi 
sarflanayotgan energiya, suv, gaz, bug‘, yonilg‘i hisobga olish va nazorat qilish 
bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi, jarayonning 
eng maqbul rejimini ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlariga bog‘liq holda tez 
aniqlashga imkon beradi.
Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfi va miqdorini 
o‘lchash vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo‘yiladi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling