8 ma’ruza Uzatmalar. Mexanik uzatmalar haqida umumiy ma`lumot­lar. Uzatmalarning asosiy parametrlari. Yuritmalarni kinematik hisoblash. Tishli uzatmalar. Umumiy ma’lumotlar. Tishli uzatmalar­ning geometriyasi va kinematikasi xususida qisqacha


To’g’ri tishli silindrik g’ildiraklar


Download 393.84 Kb.
bet6/9
Sana14.03.2023
Hajmi393.84 Kb.
#1267283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-маъруза

To’g’ri tishli silindrik g’ildiraklar.
Tishning mavjud profillaridan eng ko’p qo’llaniladigani evolventaviy profil bo’lganligidan ushbu profilli tishli g’ildiraklar geometriyasini ko’rib chiqamiz. Odatda, ilashishda bo’lgan bir juft g’ildirakdan kichigi shesternya, kattasi esa g’ildirak deb ataladi. Bordi-yu ilashishdagi ikkala g’ildirak bir xil bo’lsa, u holda yetakchisi shesternya, yetaklanuvchisi g’ildirak deyiladi. Tishli g’ildirak termini umumiydir. Shesternya parametrlarini belgilashda 1 indeksi, g’ildiraklarnikiga esa 2 indeksi qo’yiladi (3-rasm).
Ilashish moduli,
Bo’luvchi diametri: to’g’ri tishli g’ildiraklar uchun
Tish uchidan o’tgan aylanalar diametri
Tish tubidan o’tgan aylanalar diametri
Tishning balandligi
Uzatish soni
Uzatmaning qoplanish koeffisiyenti
G’ildiraklarning aylanishida tishlar tutashuv chizig’i ilashish xududida joylashadi, bir tomoni ilashishning ga faol chizig’i uzunligiga, boshqasi esa tishli gardish ishchi eniga bw teng bo’ladi (4-rasm).
4-rasm. To’g’ri tishli uzatmaning qoplanish koeffisiyentini aniqlash sxemasi
Agar birinchi tishlar jufti 1 holatda tutashuv chizig’i ilashish xududining boshida joylashgan bo’lsa, shunda pb<ga bo’lganda ilashish xududida yana ikkinchi tishlar jufti 2 holatda ham joylashadi. G’ildirakning aylanishida 1 va 2 holat ilashish chiziqlari strelka bilan ko’rsatilgan yo’nalishda joylashadi. Ikkinchi juft 2’ holat chegarasiga kelganda birinchi juft 1’ holatni egallaydi. Кeyingi harakatda 1’ … 2 holatlarda faqat bir juft tishlar ilashadi. Bir juftlik ilashish to birinchi juft 1 holatdan 2 holatga etguncha davom etadi. Bu vaqtda keyingi tishlar jufti ilashishga kiradi va yana ikki juftlik ilashish boshlanadi.
Ilashish xududidan tish profiliga o’tganda shuni ta’kidlash kerakki ibr juftlik ilashish zonasi 1 … 2 tish o’rtasida yoki ilashish qutbida joylashadi. Bir juftlik ilashish zonasida tish Fn yuklamani to’liq uzatadi, ikki juftlik ilashishda esa faqat yuklamaning yarimini uzatadi. Bir juftlik ilashish zonasi o’lchamlari yonlama qoplanish koeffisiyentining qiymatiga bog’liq bo’ladi,
Ilashishning uzluksizlik sharti va uzatma harakatining ravonligi bo’yicha εα>1 bo’lishi kerak.

Download 393.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling