8 ma’ruza Uzatmalar. Mexanik uzatmalar haqida umumiy ma`lumot­lar. Uzatmalarning asosiy parametrlari. Yuritmalarni kinematik hisoblash. Tishli uzatmalar. Umumiy ma’lumotlar. Tishli uzatmalar­ning geometriyasi va kinematikasi xususida qisqacha


Tishli g’ildiraklarning ishdan chiqish turlari va ishlash qobiliyati


Download 393.84 Kb.
bet8/9
Sana14.03.2023
Hajmi393.84 Kb.
#1267283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-маъруза

Tishli g’ildiraklarning ishdan chiqish turlari va ishlash qobiliyati.
Tishli uzatmalarning ishlash qobiliyatini belgilovchi asosiy kuchlanishlar tish sirtida hosil bo’ladigan kontakt kuchlanish σH va tishning tubida paydo bo’ladigan eguvchi kuchlanish σF dir (5-rasm).
5-rasm. Tishlarda hosil bo’ladigan kuchlanishlar
O’zgaruvchan kuchlanishlar tishlarning toliqishdan shikastlanishiga sababchi bo’ladi: kontakt σH kuchlanish tishlarning uvalanishiga, eguvchi σF kuchlanish esa tishlarning sinishiga olib keladi. Ilashmadagi kontakt kuchlanish va ishqalanishga yeyilish, qadalish va tishlar sirtining boshqa shikastlanish turlari bog’liq bo’ladi.
Tishlarning sinishi (6-rasm). Tishlarning sinishi eguvchi kuchlanish bilan bog’langan. Tishlar sinishining ikki turi mavjud:
zarbiy yoki statik yuklanishlar ta’sirida sinish (hisoblashlarda yuritmani o’ta yuklanishini mumkinligini hisobga olish kerak bo’ladi);
toliqishdan sinish o’zoq muddatli ishlash davomidagi o’zgaruvchan kuchlanishlar natijasida vujudga keladi (bunda kuchlanishlar konsentrasiyasini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega).
Tishlar sinishining oldini olishning umumiy choralari – modulni oshirish, tishlarni qirqishda musbat siljitish, termik ishlov, puxtalash, qirralar bo’yicha yuklanish konsentrasiyasini kamaytirish.
6-rasm. Tishlarning sinishi
7-rasm. Tish sirtining emirilish turlari
Tishlar sirtining shikastlanishi (7-rasm). Tishlar sirtini shikastlani­shining barcha turi kontakt kuchlanish va ishqalanish bilan bog’langan.
Uzatmaning yaxshi moylanishi sharoitida kontakt kuchlanish ta’sirida toliqib uvalanish (7-rasm, a) tishlar sirtini shikastlanishining asosiy turi hisoblanadi. Bunday uzatmalarning tishlari metal-metal tutashuvni bartaraf etuvchi yupqa moy qatlami bilan ajratilgan. Bunda tishlar yeyilishi kam. Tishlar sirtida toliqish paydo bo’lguncha uzatma uzoq vaqt ishlaydi. Toliqish tishlar oyoqchasining qutb chizig’i yaqinida ya’ni yuklama bir juft tishlar bilan uzatilish joyida boshlanadi, tishlarning sirpanishi va dumalab o’tishi shunday yo’nalganki, bunda moy o’yiqchalarda bosim ostida siqiladi va metall bo’lakchasining uvalanishiga olib keladi. Toliqishda moy pardasi hosil bo’lish sharoiti buziladi va natijada metallik tutashuv vujudga kelib tish sirti jadal yeyiladi va tirnaladi.
Toliqishning oldini olishning umumiy choralari - kontakt kuchlanish bo’yicha toliqishga hisoblashdan o’lchamlarini aniqlash; termik ishlov orqali material qattiqligini oshirish; tishlar kontakt me’yori bo’yicha aniqlik darajasini oshirish.

Download 393.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling