8 mаvzu : Organik kimyoning nazariy masalalari
Organik birikmalarning sinflanishi
Download 57 Kb.
|
8 - ma\'ruza
3. Organik birikmalarning sinflanishi
Organik birikmalar 3 ta katta guruhga bo‘linadilar. Uglerod zanjiri tuzilishiga qarab ochiq zanjirli (alifatik, alitsiklik yoki yog‘ qatori) birikmalar va yopiq zanjirli birikmalarga bo‘linadilar. Yopiq zanjirli birikmalar o‘z navbatida karbotsiklik (yopiq zanjir faqat uglerod atomlaridan hosil bo‘lgan) va geterotsiklik (yopiq zanjir hosil bo‘lishida boshqa elemntlarning atomlari ham ishtirok etadi) irikmlarga bo‘linadi.Karbotsiklik birikmalar o‘z navbatida alitsiklik va aromatik birikmalarga bo‘linadilar.Quyida birikmalarning sinflariga misolar keltiramiz: 1. Ochiq zanjirli birikmalar: 2. Karbotsiklik birikmalar: a) alisiklik birkmalar: b) aromatik birikmalar toluol fenol naftalin 3. Geterosiklik birikmalar: Etilen oksid tiofen piridin pirazin Har qaysi qator organik birikmalari o‘z tuzilishi va tarkibiga qarab sinflarga bo‘linadilar. Alifatik va aromatik qator birikmalarining eng oddiy vakillari uglevodorodlar hisoblanadi. Uglevodorodlardagi vodorodlarni atomlar va atomlar guruhi (funksional guruhlar) ga almashinishi natijasida shu qator birikmalarining ma’lum sinflari hosil bo‘ladi.Ma’lum bir o‘rinbosarli yoki funksional guruh uglevodorodlar va ularning hosilalari gomologik qator hosil qiladi. Tuzilishi va xossalari o‘xshash, keyingi hadi oldingi hadidan – CH2 – guruhga farq qiladigan birikmalar qatori gomologik qator deyiladi. Organik birikmalarning muhim sinflariga quyidagilar kiradi: 1. Uglevodorodlar 2. Uglevodorodlarning galogenli hosilalari 3. Spirtlar 4. Oddiy va murakkab efirlar 5. Karbonilli birikmalar 6. Karbon kislotalar 7. Aminobirikmalar 8. Nitrobirikmalar 9. Sulfokislotalar 10. Metallorganik birikmalar 11. Aralash funkiyali birikmalar Download 57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling