Mavzu-10(27). Metallorganik birikmalar


Download 30.74 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi30.74 Kb.
#1183740
Bog'liq
Mavzu-10(27). Metallorganik birikmalar


MAVZU-10(27). METALLORGANIK BIRIKMALAR
Режа:
1.Тушунча
2.Синфланиши
3.Ҳоссалари
Metallorganik birikmalar — molekulasida metall — uglerod bogʻi boʻlgan organik birikmalar. "Metallorganik birikmalar" termini maʼlum darajada shartli. Sianidlar, karbidlar, baʼzi hollarda metallar karbonillari ham (Me—S bogʻi tutgan boʻlsa ham) anorganik birikmalar hisoblanadi. Bor, fosfor, kremniy, margimush va boshqa metallmaslarning organik birikmalari ham Metallorganik birikmalar jumlasiga kiradi. Shuning uchun keyingi vaqtlarda "elementoorganik birikmalar" degan umumiy nom koʻproq ishlatilmoqda. Ilk bor Metallorganik birikmalarni 1827 yilda V. Seyze (Seyze tuzi K[PtCl3(CH2=CH2)]H2O) sintez qilgan. Keyinchalik R. Bunzen margimush organik birikmalarni (1839), ingliz kimyogari E. Franklend dietil ruxni (1849) olgandan soʻng Metallorganik birikmalar kimyosiga asos solindi Li, Na, K, Rb, Cs, Be, Mg, Ca, Sr, Ba, Zn, Cd, Hg, B, Al, Ga, In, Tl, Si, Sn, Pb, As, Sb, Bi kabi metallarning Metallorganik birikmalari yaxshi oʻrganilgan. Ular suyuq va qattiq holatdagi moddalardir. Koʻpchiligi organik erituvchilarda eriydi. Metallorganik birikmalardan, ayniqsa, simob, qalay, qoʻrgʻoshin birikmalari juda zaharli. Metallorganik birikmalarning koʻpchiligi suv va kislorod bilan reaksiyaga faol kirishadi. Baʼzilari havoda, karbonat angidridli muhitda oʻzoʻzidan alangalanadi. Oraliq metallar — Ti, Zr, Y, Nb, Ta, Cr, Mo, U, Re, Fe, Ru, Os, Rh, Ir, Co va Ni ning organik birikmalari katta amaliy ahamiyatga ega. Metallorganik birikmalar dori moddalar, sof holdagi metallar, metall’ qoplamalari olishda va organik moddalar sintezida ishlatiladi (yana Q. Grinyar reaksiyasi, Kucherev re-aksiyasi, Polimerlanish).[1]
Kremniyorganik birikmalar — molekulasida kremniy (Si—S) tutgan organik birikmalar. Goho tarkibida kremniy boʻlgan barcha organik birikmalarni Kremniyorganik birikmalar qatoriga qoʻshishadi. Kremniyorganik birikmalar tarkibida bir yoki bir nechta kremniy atomlaridan iborat boʻlgan "monomer" va kremniyorganik polimerlarga boʻlinadi. Organogalogensilanlar RnSiX4 n (bu yerda — X — galogen, p=1+3) va RnSiHmX4 (n va t=1,2; t+p=2,3); alkoksisilanlar va aroksislanlar Si(OR)4, Rn Si(OR)4 m; organogidrosilanlar Rn SiH4 n; organoaminosilanlar Rn Si( NRj )4_n; organosilanollar RnSi(OH)4m; organoatsiklosilanlar RnSi(OCOR’)4_ n (n=l+3); silatranlar va boshqa; tarkibida bir necha kremniy atomi boʻlgan birikmalar Si— O—Si organosiloksanlar, Si—N—Si boglari boʻlgan organosilazanlar; Si— S—Si bogʻlari boʻlgan silatianlar; Si— Si bogʻlanishi boʻlgan poliorganosilanlar va boshqa yaxshi oʻrganilgan. Shuningdek, organik radikali tarkibida galogen, amino-, gidroksi-, alkoksi-, epoksiguruhi va boshqa; SiM, SiOM yoki SiRM (M—metall yoki metallmas atomi, mas, Li, Na, K, V, A1, Sn, Ti, P, Fe) guruhi boʻlgan kremniyorganik birikmalar deb nomlanadigan karbofunksioval Kremniyorganik birikmalar ham katta guruhni tashqil etadi. Bundan tashqari, halqasida bir yoki bir nechta kremniy atomi tutgan geterotsiklik birikmalar (dimetilsilatsiklobutan, digidrofevantren yoki "oksafen" va boshqalar) ham mavjud. Xalqaro nomenklaturaga binoan tarkibida bir atom kremniy boʻlgan Kremniyorganik birikmalar silan (SiH4) ning hosilalari deb karaladi. Kremniyorganik birikmalarning aksarisi rangsiz suyuqliklar, baʼzilari [siklosiloksanlar (R2SiO3)] qattiq kristall moddalar. Odatda, Kremniyorganik birikmalar termik barkaror moddalar, uglevodlar, xlorlangan uglevodlar, efirlar va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi; suv bilan ara-lashmaydi, oson gidrolizlanadi. Hosil boʻlgan organogidroksisilanlar molekulalararo kondensatsiyaga kirishib organosiloksanlar beradi, ajralib chiqqan yoki qoʻshilgan kislota taʼsirida polikondensatsiyalanib kremniyorganik polimerdarga aylanadi. Monomer Kremniyorganik birikmalar, asosan, kremniyorganik polimerdar olishda, mono- va di-funksioval Kremniyorganik birikmalar kremniyorganik su-yukdiklar ishlab chiqarishda, difunksioval Kremniyorganik birikmalar kremniyorganik kauchuklar ishlab chiqarishda, di-, tri-, tetra va polifunksioval Kremniyorganik birikmalar smola va lok ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Kremniyorganik birikmalar gidrofobizatorlar, antiadgezivlar, plastmassa sanoatida toʻldirgichlar, mikroelektron qurilmalar maxsus keramika uchun krplamalar va boshqa ishlab chiqarishda ham ishlatiladi.[1]
Download 30.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling