8– mavzu. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish. Mehnat munosabatlarini boshqarish


Download 218.5 Kb.
bet2/3
Sana27.06.2023
Hajmi218.5 Kb.
#1656682
1   2   3
Bog'liq
8-amaliy mashgulot H aydarov Diyor 9-5-19 iqts

(1 ball)


O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning markazida ijtimoiy siyosat masalasi turadi. Bu siyosatning zaruriyati mamlakatda amalga oshirilayotgan keng kulamli islohotlar natijasida aholi boshiga tushishi muqarrar mushkulliklarni engillashtirish bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari har qanday jam iyatda shunday shaxslar toifasi doimo mavjudki, ular ob’ektiv sabablarga ko‘ra (yoshi, sog‘ligining yomonligi, mamlakatdagi ishsizlik darajasi va boshqalar) ishlab chiqarishda ishtirok eta olishmaydi. Shuning uchun ular to‘g‘risida qayg‘urishni davlat o‘z zimmasiga olishi zarur, ya’ni yaratilgan milliy daromadning bir qismini ular foydasiga qayta taqsimlashi lozim.
Aholi o‘rtasida kuchli iqtisodiy tengsizlikning oldini olish maqsadida daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha davlat chora-tadbirlari tizimi ijtimoiy siyosat deb yuritiladi.
Keng ma’noda ijtimoiy siyosat deganda shaxs hayot faoliyatini shunday sharoitlarini yaratish va tutib turish bo‘yicha ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar tushuniladiki, u shaxsning rivojlanishiga yordam beradi va uning ijodiy imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilishini rag‘batlantiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ilk bosqichlaridagi ijtimoiy himoya tadbirlari butun aholiga nisbatan qo‘llaniladi, bu esa mamlakatda barqarorlikni saqlashning muhim omili bo‘ldi. Muntazam ravishda ko‘rib chiqilayotgan turli miqdordagi ish haqi, pensiya, stipendiya va har xil nafaqa, tovon puli ko‘rinishidagi bevosita pul to‘lovlari keng qo‘llanildi, imtiyozlar hamda turli qo‘shimcha tulovlar tizimi aholini ijtimoiy himoyalash darajasini birmuncha oshirdi. Eng kam miqdorlardagi mehnat haqi va pensiyalarning soliqqa tortilmasligi belgilab qo‘yildi. Korxonalarning o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish borasidagi xarajatlari qisman byudjet mablag‘lari hisobidan to‘ldirildi. Ommaviy ravishda talab qilinadigan tovarlar va xizmatlar ko‘pgina turlarining narxlari o‘rtasidagi tafovut o‘rni qoplandi.
Murakkab iqtisodiy ahvol yuzaga kelganiga qaramay, O‘zbekistonda aholi uchun eng muhim ijtimoiy vazifalarni hal etish maqsadida zarur mablag‘lar izlab topildi. Islohotlarning dastlabki bosqichida ijtimoiy muhofazaga ajratilgan davlat xarajatlari respublika byud­jetining uchdan bir qismini tashkil etdi.
4. Mehnatni boshqarish xususiyatlari
Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling