8– mavzu. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish. Mehnat munosabatlarini boshqarish


Download 218.5 Kb.
bet1/3
Sana27.06.2023
Hajmi218.5 Kb.
#1656682
  1   2   3
Bog'liq
8-amaliy mashgulot H aydarov Diyor 9-5-19 iqts


8– MAVZU. AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH. MEHNAT MUNOSABATLARINI BOSHQARISH
1. Ijtimoiy muhofaza bo‘yicha asosiy tushunchalar (1 ball)
Ijtimoiy muhofaza tizimi – aholining muhim hayotiy manfaatlari sohasi bo‘lib, 
uning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari davlat va jamiyatning iqtisodiy, huquqiy va 
madaniy rivojlanish darajasidan darak beradi. Ijtimoiy muhofazalanish 
huquqi – insonning munosib turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan hajmdagi 
fiziologik, ijtimoiy, moddiy, iqtisodiy, maishiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish 
imkoniyati hisoblanadi. Ijtimoiy muhofaza tizimini tashkil etish masalasi ko‘p 
jihatdan mamlakatdagi milliy tartib, jamiyatdagi totuvlik darajasi, ijtimoiy va 
iqtisodiy rivojlanishning barqarorligi va dinamikasini belgilab beradi. 
«Ijtimoiy muhofaza» kategoriyasi – bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar ilmiy 
apparatining atributi bo‘lib, mehnat iqtisodiyotida xodim va uning oila a’zolarini 
ijtimoiy muhofazalash va ularning turmushini moddiy vositalar bilan ta’minlash, 
hamda ishchi kuchining qattiq emirilishini oldini olish nuqtai nazaridan ko‘rib 
chiqadi. 
2. Ijtimoiy muhofaza shakllari va mexanizmlarini amalga oshirishda davlatning roli (1 ball)
ijtimoiy muhofaza sub’ektlari– yollanma xodim va uning oila a’zolari, ish 
beruvchi, davlat, ommaviy-huquqiy maqomga ega sug‘urta tashkilotlari; 
- ijtimoiy muhofaza darajalari – individual daraja (xodim - ish beruvchi) va 
guruh darajasi (yollanma xodimlarning kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning 

birlashmalari); 


- ijtimoiy muhofaza predmetlari va ularning tarkibi – personalni ishga yollash 
va ishdan bo‘shatish, professional tayyorlash, mehnat sharoitlari, uni tashkil etish va 
normalash, mehnat qobiliyatini yo‘qotishni kompensatsiyalash, tibbiy va ijtimoiy-
maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish mexanizmlari; 
- ijtimoiy muhofazaning ijtimoiy adolat va o‘zaro yordamni amalga oshirish 
prinsiplari va turlari – ijtimoiy sherikchilik (yollanma xodimlar bilan ish beruvchilar 
o‘zaro hamkorlik qilishining xilma-xil usullari bilan birga) yoki mehnat 
munosabatlarini 
qat’iy reglamentlab, ijtimoiy muhofazada paternalistik 
munosabatlar bilan bog‘lash, shuningdek ijtimoiy muhofazaning ushbu prinsip va 
turlarini aralash hamda bog‘lab olib borish; 
- ijtimoiy muhofazani baholash mezonlari – ijtimoiy kafolatlar hamda hayot 
sifatining tan olingan milliy ko‘rsatkichlari: ishlab chiqarish sohasining ahvoli, 
mehnat muhofazasi va uning xavfsizligi; mehnatning psixofiziologik normativlari; 
mehnat sharoitlari (mehnat qilish va dam olish, moddiy haq to‘lash tartiblari); 
xodimlarning salomatligi va mehnatga layoqatliligi; professional tayyorgarlikning 
malaka ko‘rsatkichlari; oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish normalari; uy-joy 
bilan ta’minlanganlik. 
«Ijtimoiy muhofaza» atamasi birinchi marta 1935 yilda AQSHning ijtimoiy 
muhofaza to‘g‘risidagi qonunida ishlatilgan edi. Bu qonun keksalik, o‘lim, 
nogironlik va ishsizlikdan majburiy sug‘urtalash institutini qonunan belgilab berdi. 
U mazkur mamlakat uchun yangilik bo‘lgan edi. 
Aholini ijtimoiy muhofazalash ijtimoiy yordamning quyidagi turlari bilan 
ta’minlanadi: 

3.O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling