8– mavzu. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish. Mehnat munosabatlarini boshqarish


Download 218.5 Kb.
bet3/3
Sana27.06.2023
Hajmi218.5 Kb.
#1656682
1   2   3
Bog'liq
8-amaliy mashgulot H aydarov Diyor 9-5-19 iqts

(1 ball)
Mehnatni boshqarish boshqaruv munosabatlarining turlaridan biridir. Mehnatni boshqarishning ob’ektiv zarurati mehnatkooperatsiyasi rivojlanishi jarayonida yuzaga keldi. Bevosita mehnat faoliyati, uning tashkil etilishi, shart-sharoitlari va natijalari, ishchi kuchini tiklash, ijtimoiy mehnat munosabatlari mehnatni boshqarish ob’ektlari hisoblanadi.
Mehnat ishlab chiqarishning tarkibiy qismi (omili) sifatida ishlab chiqarish tashkilotchisini (boshqaruvchisini) kapital, yer, ishlab chiqarish vositalari, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar va shu kabi omillar bilan tengma-teng qiziqtiradi. Ammo mehnat ishlab chiqarishning boshqa omillaridan jiddiy farqlanadi: unda fuqaro huquqi va erkinliklari, o‘z manfaatlari va adolat to‘g‘risidagi tasavvurlari, ish beruvchi bilan munosabatda o‘zini himoya qilish uchun birlashish huquqi va shu kabilar bor. Yollanma ishchi o‘zi mehnat qobiliyatini sotadi, zimmasiga qonunda belgilangan yoki shartnomada aytib o‘tilgan shart­larda mehnat qilish majburiyatini oladi.
Mehnat bozorida ham, ishlab chiqarishda ham, ishdan keyin ham kishi bir butunligicha qoladi. Boshqarish amaliyotida bu bilan hisoblashish kerak bo‘ladi. Mehnat omilining boshqa omillar bilan birikmasini emas, balki mehnat munosabati tufayli yuzaga keladigan kishilarning jamiyat va bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarning butun majmuasini boshqarishga to‘g‘ri keladi

5. Mehnatni boshqarish turlari va usullari (1 ball)


O’zining xarakteri bo’yicha mehnat hamma vaqt ham ijtimoiy jarayon bo’lgan. Har qanday ijtimoiy mehnat esa belgilangan tashkil qilish va tartibni taqazo qiladi. Kimdir xodimlar oldiga maqsadni qo’yishi, vazifalarni taqsimlashi, ularni bajarilishi ustidan nazorat qilishi, har holda odamlarni mehnatga undashi, ularning harakatlari ni muvofiqlashtirishi kerak. Mehnatni boshqarishning xarakteri, uning usullari va vositalari doimiy bo’lib qololmaydilar. Pirovorida ular ishlab chiqarishning o’zining rivojlanganligi darajasi va uning ijtimoiy shakli bilan belgilanadilar.
G’arbiy adabiyotlarda mehnatni boshqarishni rivojlanishi bosqichlarini XX asr menejmenti nazariyachilar F. Teylor, E. Meyo, R. Likert va boshqalarning ishlari bilan bog’laydilar. Ba’zi bir tadqiqotchilar iqtisodiy o’sishning sanoatlashganga qadar, sanoatlashgan va ilmiy-texnik variantlariga mos keluvchi mehnatni boshqa- rishning hunarmandchilik, texnokratik va innavatsion turlarini ajratishni taklif qiladilar. Bunday davrlarga ajratish jiddiy asoslarga egadi
Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling