8-Mavzu: Ayiruv jarayonlarining ahamiyati Reja
Download 38.33 Kb.
|
Ayiruv jarayonlarining ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 2. Siydik hоsil bo’lish mехanizmi. Turli yoshdagi bоlalar sutkalik siydik miqdоri.
8-Mavzu: Ayiruv jarayonlarining ahamiyati Reja : Buyraklar tuzilish va ularni yosh хususiyatlari.Qоn aylanishining ahamiyati. Katta va kichik qоn aylanish dоirasi. Оna qоrnida хоmilaning qоn aylanishi. Siydik hоsil bo’lish mехanizmi. Turli yoshdagi bоlalar sutkalik siydik miqdоri. Bоlalarda tunda siydik tuta оlmaslik, uning kеlib chiqish sabablari Tayanch iboralar buyraklar fizologiyasi, nefron, qovuq, siydik yo’li, siydik chiqarish kanali, siydik tuta olmaslik kasalligi, filtratsiya, reabsorbsiya, sutkalik siydik miqdori Buyraklar tuzilish va ularni yosh хususiyatlari.Qоn aylanishining ahamiyati. Katta va kichik qоn aylanish dоirasi. Оna qоrnida хоmilaning qоn aylanishi. Buyraklar qorin pardasi orqasidagi bo’shliqda umurtqa pog’onasi bel bo’limining ikkala tomonida joylashgan. Chap buyrak o’ng buyrakdan 2-3 sm yuqorida joylashgan. Oldingi tomondan buyraklar qorin pardasi bilan qoplangan, orqadan qorin devori muskullariga taqalib turadi. Har bir buyrak zich fibroz kapsulaga o’ralgan, ustida yana yog’ kapsulasi ham bo’ladi, u boylamlar bilan birga buyrakni chayqalish va siljishdan saqlab turadi. Har bir buyrak umurtqa pog’onasi tomonidan ichiga botgan oval shaklga ega- bu buyrak darvozalaridir. Buyrakning massasi 120-200 gr atrofida bo’ladi. Buyrakning yuqori qutbida buyrak usti bezlari ichki sekretsiya bezlari joylashgan. Buyrakda to’qimalarning ikki turi qavat-qavat bo’lib joylashadi: yuqoriga yoki tashqi po’stloq va ichki miya qavati. Nefron deb ataladigan tuzilma buyrakning funksional birligi hisoblanadi. U kapsula, koptokcha va naychalardan tuzilgan. Har bir buyrakda u orqali oqadigan qonni filtrlaydigan milionga yaqin nefronlar bo’ladi. Buyraklar orqali bir kecha- kunduzda 1700-1800 litr qon o’tadi. Qonni koptokcha kapillyarlariga olib keladigan tomirlar diametri chiqaruvchi tomirlar diametridan ikki barobar katta. Shuning hisobiga koptokcha kapillyarlarda oshgan qon bosimi vujudga keladi va plazmaning bir qismi kapsulaga go’yo itarilganday bo’ladi va kanalchaga oqib tushadi. Bunda birlamchi siydik hosil bo’ladi. Birlamchi siydik naychalar bo’ylab o’tayotganda qayta so’riladi (rearbsorbsiyaga uchraydi) va qon kapillyarlarga ko’pgina organik, mineral moddalar suv qaytib keladi. Qonga 99% gacha birlamchi siydik so’riladi. Siydik naychalaridan qonga qaytmaydigan siydik oxirgi siydik deyiladi. Tirik organizm ichki muhit barqarorligini saqlash uchun organizmga kirgan ozuqa moddalar, suv, havo va boshqa moddalarning almashinish qoldiqlarini tashqi muhitga chiqarib turishi shart. Chunki moddalar almashinuvi qoldiqlari siydikni, siydik kislota, kreotinin va shunga o’xshash moddalar miqdori qonda ortib ketsa organizm zaharlanadi. Organizmga dori sifatida yoki boshqa vaziyatda kiritilgan yot moddalar tashqari, organizm ichki muhiti muvozanatini saqlash uchun kerakli moddalari chiqarishi ham shart. Organizmdan tashqariga ajraluvchi chiqindi moddalarni ekskrentlar ataladi. Ajratuvchi organlarni ekskretor deyiladi. Ekskretor organlarga nafas yo’li, teri, ichak yo’li va buyrak kiradi. O’pka orqali karbonat angidrid, qisman suv, efir, xloroform va eng uchuvchi gazlar ajraladi. Teri orqali qisman suv, tuzlar, mikroelementlar, azot almashinishi qoldiqlari va siydikchil moddalar ajraladi. Hazm yo’li orqali esa hazm bo’lmagan ozuqa moddalar qoldiqlari, og’ir met tuzlari, qisman suv, ba’zi dorilarning va organik bo’yoqlarning qoldiqlari ajraladi. Buyrak orqali esa organizmdan ortiqcha suv, tuzlar, mineral moddalar to’qima va hujayralarda modda almashinish qoldiqlari, siydik kislota, mochevina, kreotinin va iste’mol qilingan dori qoldiqlari ajraladi. Buyrak faoliyati faqat qoldiq moddalarni tashqariga chiqarib tashlashdan iborat emas. Bundan tashqari bir necha hayotiy muhim vazifalarni bajarishda ishtirok etadi: Qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining hajm muvozanatini saqlash. Bu suyuqliklarni osmatik muvozanatini saqlashda. Kislota – asos muvozanatini saqlashda. Qonda mikdori ortib ketgan organik moddalarning ortiqchasini chiqarib tashlashda. Oqsil, yog’ va uglevodlar almashinuvida. Qon bosimi, eritrositlarning hosil bo’lishi, qonning ivishi va boshqa jarayonlarda ishtirok etadi. Buyrak bolalarda kattalardagiga qaraganda pastroqda turadi, shunda ham o’ng buyrak chap buyrakka qaraganda sal pastroqda joylashgan. Buyrak tuzilishiga ko’ra loviyaga o’xshaydi. Buyrak kesib ko’riladigan bo’lsa, unda ikki qavat borligi ko’zga tashlanadi: tashqi – po’stoloq qavati va ichki – miya ( mag’iz ) qavati borligi ko’zga tashlanadi. Buyrak strukturasi nefronlar deb ataladigan juda mayda, mikroskop tuzilishiga ega bo’lgan. Siydik hosil bo’lishida mustaqil qatnashuvchi murakkab tuzilmalardan iborat. Nefron buyrak tuzilishining funksional birligi bo’lib, bir necha qismlardan iborat bo’ladi. Buyrakning po’st qavatida Shumlyanskiy kapsulasi bo’ladi. Bu kapsula qo’shaloq devorli nihoyatda kichik ( mikroskopik ) kosachadan iborat. Kosacha devorlari bir qavat hujayralardan tuzilgan. Kapsulalardan kanalcha boshlanadi, bu kanalcha buralib – buralib mag’iz qavatiga tushadi. Kanalchaning ana shu qismi birlamcha buralma kanalcha deyiladi. Buyrakning po’st qavatida tug’irlanib, Genli qovuzlog’ini hosil qiladi, so’ngra mag’iz qavatidan yana po’st qavatiga qaytadi. Po’st qavatida yana kanalcha buralib – buralib ikkilamcha burama kanalchani hosil qiladi, bu kanalcha chiqarish yo’liga quyiladi. Chiqarish yo’llari po’st va mag’iz qavatlari orqali o’tib, buyrak jomlariga yig’iladi. Buyrak jomlari esa siydik yo’llariga siydik yo’llari esa qovuqqa quyiladi. 2.Siydik hоsil bo’lish mехanizmi. Turli yoshdagi bоlalar sutkalik siydik miqdоri. Shumlyanskiy kapsulasiga arterial tomircha kiradi, qon keltiruvchi tomircha deb ataladigan bu tomir kapsula bushlig’ida kapilyarlarga bo’linib, Malpigiy koptokchasini hosil qiladi. Malpigiy koptokchasida bosim ortiqroq bo’ladi. Shuning natijasida, qon tarkibidagi suv, mineral tuzlar, ayrim oqsil birikmalari kapsula devoridan silqib o’tadi. Bu jarayonni filtrlanish jarayoni deyiladi. Filtirlanish natijasida hosil bo’lgan suyuklikni dastlabki siydik deyiladi. Dastlabki siydik tarkibiy kismiga kura qon plazmasiga yakin to’radi. Shuning uchun dastlabki siydik birlamcha va ikkilamcha burama naylardan o’tish jarayonida nay devorlaridagi qon kapilyarlariga organizmga zarur bo’lgan moddalar ( suv, aminokislotalar, mineral to’zlar va boshqa moddalar ) kaytadan so’riladi. Bu jarayonni reabsorbsiya jarayoni ( kayta so’rilish ) deydilar. Shu yul bilan qon osmatik bosimi va tarkibiy kismi muvozanati saklanadi. Kanalchalarda kayta so’rilish jarayonidan keyin qolgan suyuklik ikkilsmchi siydik yoki oxirgi siydik deyladi. Oxirgi siydik buyrak jomidan siydik yullari, orqali qovukka to’shib yigiladi va ma’lum xajmda yigilgandan sung reflektor ravishda organizmdan jinsiy bezlar siydik yuli orqali tashkariga ajratiladi. Odam bir kunda 1,5 l. siydik ajratadi. Ohirgi siydik 1,5 l. bo’lishi uchun filtirlanadigan birlamchi siydik tahminan 100 l. bo’lishi, shundan 98,5 l. kaytadan qonga so’rilishi kerak. Odam buyraklarining tomirlarining 24 soatda 800 – 900 l. qon o’tadi. Buyrak faoliyati organizmni moddalar almashinuvi jarayoni chiqindi moddalaridan tozalashni ta’minlab berish bilan cheklanib qolmasdan, balki qondagi osmatik bosimni va reaksiyaning doim bir hilda to’rishini ta’minlab beradi. Bola o’sib rivojlangan sari buyrak massasi va fiziologik hususiyatlari o’zgarib borsa, lekin bu jarayonlar ayniksa bola hayotining birinchi yilida, 13 – 14 yoshida ( balogatta etilish ) va 20 yoshida sezilarli darajada bo’ladi. Yosh ulgayga sari kovukning xajmi 200 ml. ga teng bo’lsa, 10 yoshli bolalarda 600 ml. ga, 12 yoshli bolalarda esa 1000 ml. ga teng bo’ladi. Birok kovuk butunlay to’lmasdan to’rib siydik chikarilishi mumkin. Xayotni birinchi yili mobaynida siydik ajralish g`ayri ixtiyoriy suratda bo’lsa, keyinchalik esa boshqaruvchi nerv mexanizmlari etilib, tarbiya berilgan sayin siydik chiqariah akti ixtiyoriy bo’lib qoladi. Birok tunda siydikni tuta olmaslik odati ba’zi bolalarda saklanib qoladi. Bu xodisa bola xayotining tug’ri tartibga solinmasligiga: uykudan oldin ovqat eyishi, ko’p suyuklik ichish sabab bo’lishi mumkin. Tunda siydik tuta olmaslik ug’il bolalarda qiz bolalardagiga nisbatan ko’prok kuzatiladi va 10 yoshdan keyin yoki balogatga etish davrida barxam toladi. Bolalarda siydik tuta olmaslik kasalini eniurez kasalligi deyiladi. Eniurez kasalligi tug`ma yoki xayotda orttirilgan bo’lishi mumkin. Xayotga orttirilganlariga sabab ko`pincha buyrakni, qovukni va siydik yo`llarini shamollashi bilan bog’lik bo’ladi. Shuning uchun bolani yurgaklaganda, belaganda tagini ho`l bo’lib qolmaslik extiyot choralarini ko’rish zarur. Download 38.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling