8-Mavzu. Aylanmadan olinadigan soliq va uning mohiyati. Reja


Soliq to’lovchilari va stavkasi hamda soliqni hisoblash tartibi


Download 33.96 Kb.
bet4/6
Sana02.12.2023
Hajmi33.96 Kb.
#1780244
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-Mavzu. Aylanmadan olinadigan soliq va uning mohiyati. Reja-fayllar.org

8.3.Soliq to’lovchilari va stavkasi hamda soliqni hisoblash tartibi.
Aylanmadan olinadigan soliqni to’lovchilar deb quyidagilarga aytiladi:
1) soliq davrida tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so’mdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) soliq davrida tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so’mdan oshgan, lekin bir milliard so’mgacha bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
1) O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirish (import)ni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
2) aktsiz solig’i to’lanadigan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
3) yuridik shaxslar – qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, basharti ularda ellik gektar va undan ortiq sug’oriladigan qishloq xo’jaligi ekin maydoni mavjud bo’lsa;
4) benzin, dizel yoqilg’isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
5) lotoreyalarni tashkil etish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
6) oddiy shirkat ishlarini yuritish o’z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo’yicha;
7) bo’sh turgan binolar, yashash uchun mo’ljallanmagan inshootlar
va qurilishi tugallanmagan ob’ektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo’lgan yuridik shasxlar, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo’yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
8) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan ob’ektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslar.
Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari 2020 yil uchun quyidagi miqdorlarda belgilangan:1






Download 33.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling