8-Mavzu. Aylanmadan olinadigan soliq va uning mohiyati. Reja


Alohida-alohida hisob yuritish


Download 33.96 Kb.
bet6/6
Sana02.12.2023
Hajmi33.96 Kb.
#1780244
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-Mavzu. Aylanmadan olinadigan soliq va uning mohiyati. Reja-fayllar.org

Alohida-alohida hisob yuritish. Turli soliq solish ob’ektlari va (yoki) soliq stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turi bilan shug’ullanadigan soliq to’lovchilar bunday faoliyat turlari bo’yicha alohida-alohida hisob yuritishi hamda soliq to’lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha soliqni to’lashi shart.
Alohida-alohida hisob yuritish qoidalari chakana savdo sohasidagi mustaqil yuridik shaxs bo’lmagan turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha savdo nuqtalariga ega soliq to’lovchilarga nisbatan ham qo’llaniladi.
Soliq kodeksi 297-moddasi uchinchi qismining 4, 5, 6, 10, 11, 12, 13, 14, 17, 18, 21, 22, 23, 25 va 27-bandlarida ko’rsatilgan daromadlarga, shuningdek foizlar tarzidagi daromadlarga soliq to’lovchining hisobot (soliq) davri yakunlari bo’yicha umumiy jami daromadlaridagi ulushi ustunlik qiladigan faoliyat turi uchun belgilangan soliq stavkalari bo’yicha soliq solinadi.
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi. Hisobot (soliq) davri yakunlari bo’yicha soliq summasi soliq to’lovchi tomonidan mustaqil aniqlanadi.
Agar ushbu bandda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, hisobot davri yakunlari bo’yicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq hisoboti soliq to’lovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari bo’yicha – hisobot davridan keyingi oyning o’n beshinchi kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari bo’yicha – soliq davridan keyingi davrning
15 fevralidan kechiktirmay;
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo’yicha soliqni to’lash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Mavzuga oid nazorat savollari:
1.Aylanmadan olinadigan soliqni soliq solish ob’ekti nima?
2.Aylanmadan olinadigan soliqni joriy etishdan ko’zlangan maqsad nima?
3.Aylanmadan olinadigan soliqning soliq to’lovchilari kimlar hisoblanadi?
4.Aylanmadan olinadigan soliq solish bazasi qanday aniqlanadi?
5.Aylanmadan olinadigan soliqdan kimlar ozod qilinadi?
6.Aylanmadan olinadigan soliqni stavkalari va ularni qo’llash tartibi qanday?
7.Alohida-alohida hisob yuritishni mohiyatini tushuntirib bering?
8.Aylanmadan olinadigan soliqni to’lovchi qo’shilgan qiymat solig’ini ham to’lasa bo’ladimi?
9.Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi kim tomonidan belgilanadi?
10.Aylanmadan olinadigan soliqni to’lash qanday amalga oshiriladi?

1 O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (yangi tahri) 30.12.2019 yil.





http://fayllar.org
Download 33.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling