8-мавзу: бегона ўтларга қарши кураш чоралари


Download 4.84 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi4.84 Kb.
#1773959
Bog'liq
1-Мавзу амалий

1-Mavzu. Tajribani qoʻyish texnikasi. Tajriba variantlarini joylashtirish usullari

  • Режа
  • 1. Ilmiy tadqiqot elementlari.
  • 2. Ilmiy tadqiqot bosqichlari.
  • 3. Tajribada variantlar va akrorlanishlarni
  • joylashtirish.
  • Qishloq xojaligining o’ziga hos xususiyati bu sohada qishloq xojalik ekinlarini yetishtirish ochiq dalada olib boriladi. Bunda ekinlar hosildorligi ko’plab ob‘ektiv va sub‘ektiv omillarga bogliq. Har bir omil o’simlikning o’sish va rivojlanish jarayonini o’rganish va uni ilmiy asoslash mutaxassislardan katta bilim va tajribani talab etadi
  • Ilmiy tadqiqot olib borishdan maqsad turli usullarni qiyosiy o’rganish va ularni miqdor hamda sifat jihatdan baholash.
  • Ilmiy tadqiqot olib borish uchun eng avvalo tadqiqot olib borishning tarkibiy asoslari, ya‘ni tadqiqot elementlarini bilib olish lozim.
  • Tadqiqot elementlariga variant, nazorat, standart, qaytariq, delyanka, hisob maydoni, himoya maydoni singarilar kiradi.
  • Ilmiy tadqiqot olib borish asoslari fanining maqsadi tajribada turli usullarni qiyosiy o‗rganish, tajriba natijalarni miqdor va sifat jihatdan baholash hisoblanadi.
  • Tajribada o’rganilayotgan usullar - variantlar deb ataladi. Ilmiy tadqiqotda bir qancha variatlar bo’ladi. O’rganilayotgan tadqiqot variantlari bir yoki bir necha variantlar bilan taqqoslanadi. Bu variantlar kontrol yoki standart varianti deb yuritiladi. Odatda kontrol variant sifatida ishlab chiqarishda keng joriy etilgan variant tanlanadi. YA‘ni, yangi tavsiya e‘tilayotgan texnologiya mavjud texnologiyadan ustunlikka ega bo’lishi lozim. Ayrim tajribalarda kontrol variantlar bilan birga absolyut kontrol variant (mutloq nazorat) ham mavjud.
  • Ilmiy tadqiqotlar ma‘lum bir tartibda , ketma-ket holda olib boriladi. SHunga ko’ra tadqiqotlar bir necha bosqichlardan iborat bo’lib, ular quyidagicha:
  • - ilmiy g’oya asosida mavzuni to’gri tanlash;
  • - ilmiy loyixa tuzish;
  • - ilmiy dastur tuzish;
  • - dastur asosida tajribalar olib borish;
  • - tajriba natijalari asosida xulosa, tavsiyalar va ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish;
  • - ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish
  • Ilmiy tadqiqotlar olib borishda eng avvalo mavzuni to’gri tanlash maqsadga muvofiq. Ilmiy mavzu davr talablaridan kelib chiqqan holda, real imkoniyatlarni hisobga olib dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi lozim. Qishloq xo’jaligida turgan asosiy muommolar: oziq-ovqat mahsulotlarini ko’paytirish, ekololik muommolar, import o’rnini bosuvchi, eksportbop, energiya va mablag‗ tejovchi yangi zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqish va boshqalar.
  • Dala tajribasida variantlarni joylashtirish Dala tajribalari olib borishda variantlarni to’gri joylashtirish muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Variantlarni joylashtirishda eng avvalo variantlar soni , har bir variantning maydoni va tajriba uchun ajratilgan maydon kattaligi hisobga olinadi. Dala tajribasi olib borishda asosan variantlarni uch xil joylashtirish usuli qo’llaniladi. Bular :
  • -standart joylashtirish,
  • -sistematik joylashtirish (tartibli),
  • -rendamizatsion joylashtirish (tartibsis)
  • Variantlarni joylashtirishning standart usuli tajribada standart va nazorat variantlarni tez-tez , odatda 1-2 yoki 3-4 variantdan keyin takrorlanib turish xususiyati bilan ajralib turadi.YA‘ni , tajribada o’rganilayotgan variantlar soni kam bo’lsa tez-tez har 1-2 variantdan keyin, variantlar soni ko’p bo’lsa uzoqroq 3-4 va 5-6 variantdan keyin standart variant joylashtiriladi.

Эътиборингиз учун рахмат

  • Эътиборингиз учун рахмат

Download 4.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling