8-mavzu; biznesda bozor konyukturasini o’rganishning asosiy yo’nalishlari


Kompaniyani o‘rab turgan yaqin atrofdagi elementlarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 128.03 Kb.
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi128.03 Kb.
#1009583
1   2   3   4   5
Bog'liq
8- mavzu

8.2.Kompaniyani o‘rab turgan yaqin atrofdagi elementlarning o‘ziga xos xususiyatlari

Yaqin atrofdagi tashqi muhit elementlarining mufassal ta’rifi va uning eng muhim belgilarini ko‘rib chiqamiz.




Mijozlar – kompaniya xizmatidan foydalanuvchi yoki uning mahsulotini bevosita yoki bilvosita (boshqa shaxslar orqali) sotib oluvchi shaxslar. Kompaniyaning istiqboldagi mijozlari uchun odatda reklama materiallari yaratiladi.
Ushbu elementning asosiy belgilari:



  • aholi ehtiyojlari va manfaatlarini qoniqtirmaslik darajasi;




  • aholining to‘lov qobiliyati darajasi;




  • talab va taklif bilan bog‘liq holat.



Nazorat tashkilotlariga soliq idoralari, ma’muriy idoralar, sanitar nazorat va boshqa inspeksiyalar, pensiya, tibbiyot, ijtimoiy va boshqa jamg‘armalar,har xil hay’atlar kiradi. Ushbu elementning asosiy belgilari:






  • ularning ma’muriy jihatdan qo‘llab quvvatlash darajasi.



Biznes hamkorlar– bu kompaniya bilan hamkorlikdagi biror faoliyatning ishtirokchilaridir. Bu hamkorlik ijara, sherikchilik, pudrat, shartnoma, moliyaviy va kompensatsion bitimlar shaklida amalga oshirilishi mumkin. Mazkur elementning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish joiz:



  • mahsulot ishlab chiqarish va haq to‘lash bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga rioya etish darajasi;




  • hamkorlarning tashkiliy munosabatlari (aloqalari)darajasi;




  • hamkorlarning moliyaviy munosabatlari (aloqalari)darajasi;




  • hamkorlarning to‘lov kobiliyati.

119

Moliya-kredit muassasalari- kompaniyaning moliyaviy aylanmalarida bevosita qatnashuvchi, hisob kitob kassa, ipoteka, kredit va boshqa amaliyotlarni bajaruvchi tashkilotlar. Mazkur elementning asosiy belgilari:



  • xizmat ko‘rsatishning tezkorligi va sifati;




  • ishonchlilik darajasi;




  • bank rezervlari;




  • xizmat hajmi.



Manfaatdor tashqi jismoniy va yuridik shaxslar - o‘z shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda kompaniyaning gullab yashnashidan manfaatdor shaxslar, ya’ni kompaniya xodimlarining oila a’zolari, kompaniya qimmatbaho kog‘ozlarining egalari, kompaniya qo‘shimcha ravishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan pensionerlar, biznesi mazkur kompaniyaga ko‘p jihatdan bog‘liq boshqa kompaniyalar (savdo va xizmat ko‘rsatish va h.k.), yuqori mavqedagi bosh kompaniyalar. Mazkur elementning asosiy belgilari:



  • aholining talabgor guruhlari darajasi;







  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam ko‘satish an’analarining xarakteri;




  • aholining umumiy iqtisodiy farovonligi darajasi.



Raqobatchilar - bozor iqtisodiyotining zaruriy sharti, muhim elementi sanaladi.

Mazkur elementning asosiy belgilari:





  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning chidamlilik darajasi;







  • ayni damdagi va istiqboldagitalablar xarakteri;




  • mamlakatdagi va xorijiyraqobatchi kompaniyalarning o‘zaro nisbati.



Jamoatchilik (jamiyat fikri) aholi ongida kompaniya va uning mahsulotiga nisbatan munosabatni shakllantiradi. Mazkur elementning asosiy belgilari:



  • kasaba uyushmalari harakatining asosiy maqsadi va vazifalari;




  • eng obro‘li partiyalarning siyosiy platformalari;

120





  • jamoatchilik tashkilotlarining aholi guruhlari ongiga ta’siri darajasi.



Faoliyatning mazkur sohasiga doir qonunchilik bazasi. Mazkur elementning asosiy belgilari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:



  • qonunchilik bazasining tez -tez o‘zgarishi;




  • qonunchilik bazasining foydalanuvchilar uchun ochiqligi darajasi;




  • huquqiy masalalarning qonunchilik bazasi bilan qamrab olinganlik darajasi;




  • qonunchilik bazasining ijrosi yuzasidan olib boriladigan nazorat hajmi.




Download 128.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling