8-mavzu; biznesda bozor konyukturasini o’rganishning asosiy yo’nalishlari


Kompaniyani o‘rab turgan olisdagi elementlarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 128.03 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi128.03 Kb.
#1009583
1   2   3   4   5
Bog'liq
8- mavzu

8.3.Kompaniyani o‘rab turgan olisdagi elementlarning o‘ziga xos xususiyatlari

Qadriyatlar tizimi va ularning jamiyatdagi ustuvorligi. Qadriyatlar tizimiga moddiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy qadriyatlar kiradi.


Har qanday jamiyat o‘z fuqarolarida yaxshilik, adolat, erk, ishonch va boshqa tushunchalar borasida o‘ziga xos tasavvurlarni shakllantiradi. Bunday tasavvurlar to‘plami qadriyatlarning ijobiy tizimi bilan bir qatorda salbiy illatlar tizimini ham shakllantirishi, yuzaga keltirishi mumkin. Bundan tashqari umuminsoniy qadriyatlar ham mavjudki, ular axloq normalari, taraqqiyot, madaniy meros, ijtimoiy mas’uliyat singari tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Rahbar mavjud qadriyatlar tartibiga mos holda, jamiyatdagi qadriyatlarga muvofiq keluvchi kompaniyaning o‘z qadriyatlari tizimini shakllantirishi kerak.




Xalqaro va mahalliy ishbilarmon doiralarning taomillari – muayyan turdagi bitim va kelishuvlarni imzolagan tomonlar orasidagi qonun hujjatlari bilan boshqarilmaydigan, rivojlangan munosabatlarning umumiy qabul qilingan normalari to‘plami. Mazkur elementning asosiy belgilari:



  • ishbilarmonlik taomillariga xos an’analar ko‘lami;




  • ishbilarmonlik taomillariga xos an’analarning jamiyatdagi ahamiyati (ularga jamiyatda beriladigan e’tibor);

121





  • ishbilarmonlik taomillariga xos an’analarni buzganlik uchun javobgarlik. Mamlakatdagi va jahondagi siyosiy vaziyat davlat hokimiyati va davlat

boshqaruvi idoralari faoliyati bilan belgilanadi. Ular jamiyatning (partiyalar, ijtimoiy sinflar, guruhlar) ijtimoiy qurilishi va iqtisodiy tuzilishini ifodalaydilar. Mazkur elementning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat.





  • aholining davlat hokimiyati idoralariga ishonchi darajasi;







  • faol partiyalar va ijtimoiy harakatlarning soni;




  • mamlakatning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvi darajasi. Tarmoqdagi, mamlakatdagi hamda jahondagi iqtisodiy vaziyat tarmoq, mamlakat hamda mintaqa xo‘jalik faoliyatining tashkiliy jihati, tuzilishi va holati bilan belgilanadi. Uning asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin:







    • ko‘tarilish-tushish siklining davomiyligi;




    • inflyatsiya darajasi;




    • sarmoyadorlarni jalb etish darajasi.



Ijtimoiy va ekologik javobgarlik (mas’uliyat) – tashqi muhitga xos yangi element bo‘lib, alohida shaxslar va kompaniyalarning amalga oshirilgan boshqaruv qarorlari salbiy oqibatlari, ya’ni insonlarga yoki tabiatga yetkazilgan zarar uchun ijtimoiy-gumanitar (insoniylikka xos) javobgarligini ifodalaydi. Ijtimoiy va ekologik javobgarlikning muhim ko‘rsatkichlari:



  • boshqaruv va ishlab chiqarish funksiyalari doirasini belgilovchi javobgarlik

ko‘lami. Shunga ko‘ra, kompaniya yoki uning rahbari ijtimoiy va ekologik javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.





  • javobgarlikning vaqt bilan bog‘liq oralig‘i, kompaniya zimmasidagi ishlab chiqarish va boshqaruv funksiyalarining barcha jabhalarida axloqiy me’yorlarga

rioya etilishi bo‘yicha kuchli e’tibor va aniq harakatlar davri sifatida ifodalanadi.



122


Vaqt bilan bog‘liq oraliqning muddati (muayyan bir topshiriqni bajarish davri) aniq belgilangan yoki muddati ko‘rsatilmagan (muhlatsiz) bo‘lishi mumkin.



  • beriladigan alohida e’tibor –bu ijtimoiy javobgarlikning kompaniya texnologik maqsadlari oldida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini, ishchi-xodimlarning kompaniya ekologik va ijtimoiy maqsadlarini amalga oshirishga nechog‘li jalb etilganligini ifodalaydi.

Ijtimoiy va ekologik maqsadlarni amalga oshirishning, asosan ikki xil varianti mavjud:





  • ijtimoiy va ekologik maqsadlarning yuksak mahorat bilan bajarilishi uchun kompaniya tarkibida alohida jamoalarni shakllantirish;




  • ularni bajarishga ajratilgan vaqtdan tashqari paytlarda butun kompaniya jamoasining ijtimoiy tadbirlardagi ishtiroki.



Soliq tizimi quyidagi asosiy belgilar bilan xarakterlanadi:



  • soliqlar miqdori;




  • soliqqa tortish darajasi;




  • mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish xarakteri;




  • soliqlarni yig‘ishni tashkil etish darajasi.



Institutsional tuzilmalar – kompaniyaga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar,

masalan, sug‘urta, moliya tashkilotlari, jamg‘armalar, birjalar, vositachi tashkilotlar, sud idoralari, qo‘riqlash xizmatlari va boshqalardan iborat bo‘ladi. Institutsional tuzilmalarning asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:





• xizmatlarning foydalanuvchilar uchun ochiqligi, bemalolligi. Tabiiy




ofatlar(kataklizmlar)ga odatiy (tez-tez sodir bo‘lib turadigan) tabiat hodisalari (zilzila, sel yomg‘irlari va to‘fonlar, chaqmoqlar hamda geomagnit vaziyatning buzilishi bilan bog‘liq boshqa holatlar) bilan bir qatorda, favqulodda sodir bo‘ladigan fors-major holatlar ham kiradi.

Tabiiy ofatlarga xos asosiy ko‘rsatkichlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:



123


  • odatiy (tez-tez sodir bo‘lib turadigan) tabiiy ofatlarning ro‘yxati;




  • takroriyligi (qancha muddat oralig‘ida takrorlanishi);




  • tabiiy ofatlar keltiradigan zararlarning darajasi va xarakteri;




    • tabiiy ofatlar yetkazishi mumkin bo‘lgan zararlarni yumshatishga qaratilgan himoya chora-tadbirlari darajasi.

Tashqi muhit qaror qabul qiluvchi rahbar uchun mazkur elementlarning maqbul yoki nomaqbul jihatlarga ega belgilari to‘plamini shakllantiradi. Boshqaruv strategiyasiga bog‘liq ravishda rahbar quyidagilarga amal qilishi mumkin:


Bu belgilarni (parametrlarni) qabul qilishi va ularning kompaniya faoliyatidagi ahamiyati zarurligini hisobga olishi kerak. Bunda tashqi muhit BQni ishlab chiqish, amalga oshirish va kutilgan natijalarni qo‘lga kiritishni tezlashtiruvchi yoki bir qadar cheklovchi rol o‘ynaydi;


Raxbar o‘z biznesi uchun tashqi muhit belgilarining ta’sirini zaiflashtirish yoki kuchaytirishga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ko‘p hollarda tashqi muhit elementlarining ayni bir xil jihatlari kompaniya faoliyati hamda BQni amalga oshirishga har xil ta’sir ko‘rsatadi.




Tashqi muhitning asosiy xossalari

Tashqi muhitning asosiy xossalariga hajmlilik, murakkablik, harakatchanlik, noaniqlik va muloqotga kirishuvchanlik kiradi. (8.2.-rasm).


Tashqi muhitning asosiy hossalari





hajimlilik


murakkablilik


harakatchanlik



noaniqlik


Muloqatga kirishuvchanlik






Download 128.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling