8-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili kursi. Ona tili o‘qitish metodikasining tamoyillari


Boshlang’ich ta’lim sohalarining maqsad va vazifalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana13.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1091505
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-Maruza

Boshlang’ich ta’lim sohalarining maqsad va vazifalari 
Ona tili 
Ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin 
fikrlay olishi, o‘zgalar fikrini aniqlashi, o‘z fikrini og’zaki va yozma ravishda ravon 
bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va 
malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Ta’lim jarayonida xususan ona tili va o‘qish fanlarida quyidagi 
kompententsiyalardan unumli foydalanish mumkin: 
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish) – o‘quvchi 
shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma 
shaklda savodli bayon qila olishga va uni rivojlantirishga qaratilgan. Ya’ni bolaning 
nutqiy bilimi bilan bir qatorda orfografik bilimlariga ham e’tibor berish lozim. 
Masalan: 
Mashq. Maqollarni o‘qing. 
Odob — oltindan qimmat. 
Aql bilan odob — egizak. 
Ushbu mashqda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining yozishga qiynaladigan bir 
necha so‘zlar bor, xususan “ Aql" ba’zida talaffuzda “ aqil" tarzida aytilsada “ aql" 
deb yoziladi, “ qimmat” so‘zi “ qimat" tarzida og‘zaki nutqda ifoda etilsada,
“qimmat” tarzida yozilishi kerak ekanligiga e’tibor berishi talab etiladi. Bu mashqda
nafaqat orfografik e’tibor balki boladan maqol yuzasidan o‘z xulosalarni bilish, uni 
og‘zaki tarzda bayon etish o‘quvchi nutqining ravon bo‘lishi, shu bilan birga erkin 
dars jarayonida bildirishiga zamin yaratadi. 
Lingvistik kompetensiya – o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan 
bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, 
sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid 
tushunchalarni) rivojlantirish hamda bunday keng imkoniyatlardan unumli 


foydalangan holda fikrni to‘g‘ri va ravon bayon eta olishga qaratilgan. Bugungi kun 
o‘quvchilariga zamonaviy ta’lim-tarbiya bеrish o‘qituvchilardan yuksak kasbiy 
salohiyat, fidoyilik talab etadi. Jumladan, o‘zbеk tili fanini o‘qitishda ham yosh 
avlodga ona tilimizning bor go‘zalligini tushuntirib bеrish lozim. Bunda zamonaviy 
darsliklar, etimologik va qiyosiy lug‘atlar yaratish, bugungi tеz o‘zgarayotgan, 
globallashuv davrida o‘zbеk tili va adabiyotining o‘ziga xos, bеtakror xususiyatlari, 
jozibasini, tarixiy taraqqiyot bosqichlari va uning bugungi holati, istiqboli bilan 
bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish kеrak masalan: 
Mashq. Ovoz chiqarib o‘qing. So‘zlar qaysi tovushlar bilan farqlanyapti? 
Bilak — tilak, lola — tola — bola, bolg‘a —bolta, savob — javob, keng — teng, 
mosh—tosh. 
Bunda 2-sinf 
darsligida 
berilgan quyidagi 
mashqlar 
asosida bu 
kompententsiyani 
ko‘rib 
chiqamiz. 
Ushbu 
mashqda 
boshlang‘ich 
sinf 
o‘qituvchisidan fonetik bilimlarini mashq jarayonida foydalanish, jumaladan 
fonemalarning farqlanishiga e’tibor berishi talab etiladi. Bunda hozirjavoblik, faol 
bo‘lish, xususan o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantirish ham muhim deb o‘ylayman. 
Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki 
va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. 
Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 
1.Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish. 
2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish. 
Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. 
Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-
sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib 
usuliga ko‘ra matndan gap, gapdan so‘z, so‘zdan bo‘g‘in va tovush, yoki aksincha, 
tovush >bo‘g‘in > so‘z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan 
butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, 
tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini 
vujudga keltiradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, 


o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi. 
Misol tariqasida navbatdagi mashqni ko‘rib chiqamiz: 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling