8-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili kursi. Ona tili o‘qitish metodikasining tamoyillari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana13.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1091505
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-Maruza

Mashq. Tushirib qoldirilgan u harfini nuqtalar o‘rniga qo‘yib ko‘chiring. Shu 
so‘zlarning yozilishini bilib oling. 
Shirin ...z...m, ...chq...r ot, sara ...r...g‘, 
chuqur q...d...q, oq t...n...ka, ...n...mli yer. 
Bu mashqda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining leksik qatlam birliklari ya’ni 
so‘zlar bilan birga kelgan fonetik tovushlarining moslashishi, ma’lum bir bo‘g‘inni 
shakllantirishi kerakligi kuzatiladi. “U” fonemasining o‘z o‘rnida mos qo‘llanishiga 
e’tibor berishi va uni so‘zlar bilan birga talaffuz qilinishi bolada so‘z birikmasi va 
so‘z qo‘shilmasining qanday holda kelayotganini kuzatish, morfemik qatlam 
birliklarisiz holda kelish kelmasligiga e’tibor berishi undagi ona tili bilimlarini 
ammaliyotda qo‘llashga yordam beradi. 
"Alifbe" darsligida berilgan: yangi so‘zlar, matn, kichik hikoya va 
she’rlardan foydalanib, o‘quvchilarni so‘z ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, 
she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor berilishi,nutqini 
boyitish va rivojlantirishga yordam beradi deb o‘ylayman. Boshlang‘ich ta’limning 
ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga 
boyitishga alohida e’tibor qaratilishi zarur. 
Dars jarayonining yanada takomillashtirish va samarali natijalarga erishish 
uchun bir necha pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlardan foydalanish 
maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. I.P.Po‘latov va S.A.Odilovlarning ham 
muallifligida tayyorlangan “Ona tili ta’limida didaktik o‘yinlar texnologiyasi” 
o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi aynan biz tadqiq etayotgan mavzu doirasida yaratilgan. 
Mualliflar o‘yin texnologiyasiga nisbatan shunday munosabat bildiradilar: Ta’lim 
jarayoni, uni rivojlantirish va o‘zgartirish o‘qituvchi va sinf o‘quvchilarining o‘zaro 
ochiq muloqoti va ishonchi muhitida samarali bo‘ladi. Ta’lim jarayonida 
qo‘llanadigan o‘yinlar qisqa vaqtga mo‘ljallangan bo‘lib, guruh bo‘lib mashq 
qilishga odatlantiradi, oldindan tayyorgarlikni talab etmaydi. O‘yinlar vaqtida kichik 
guruhlar faolligi ortadi, ta’lim ishtirokchilarining diqqati ishga (ta’lim jarayoniga) 


to‘liq jalb etiladi. O‘yinlar vositasida o‘quvchilarga yangi bilimlar berish, ko‘nikma 
hosil qilish, kichik guruhlar a’zolarining ijodiy qobiliyatlarini rag‘batlantirish 
mumkin. O‘yinlarni darsning kirish yoki yakunlovchi qismida o‘tkazish mumkin. 
O‘yinlarni maqsadiga ko‘ra bir necha turga ajratish mumkin deb, quyidagicha 
tasniflaydi: 
1. Guruh bo‘lib ishlash uchun sog‘lom muhit tashkil etishga qaratilgan o‘yinlar: 
- guruh a’zolarining o‘zaro tanishishlariga yordam beradi; 
- guruh bo‘lib ishlash ishtiyoqini tug‘diradi; 
- guruh a’zolarining o‘zini erkin his etishlarini ta’minlaydi, charchoqni 
tarqatadi. 
2. Umumiy qiziqishlarni aniqlashga yo‘naltirilgan o‘yinlar: 
- guruh a’zolarining ichki munosabatlarini tezda tiklashga yordam beradi 
(umumiy qiziqishlar, orzularni aniqlash orqali); 
- guruhga yangi qo‘shilgan a’zolarning (o‘quvchilarning) yangi sharoitga 
moslashishlariga yordam beradi. 
- Guruhning birligini qo‘llab-quvvatlovchi o‘yinlar: 
- O‘zaro munosabat me’yorlarini o‘rnatishga yordam beradi; 
- guruhning birligini, jipsligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu esa 
dars jarayonida barcha o‘quvchilarning faolroq bo‘lishga , birga harakat qilishi va 
hech bir o‘quvchining dars jarayonida ishtirok etmay qolib ketishini oldini oladi. 
O‘quvchining fikrlashi, dunyoqarashining o‘sishiga yordam beradi. 
Kompetentlik – kompetentsiyalarni qo‘llay olishda inson ega bo‘lishi 
kerakbo‘lgan 
minimal 
tajribaga 
ega 
bo‘lishdir. 
Buni 
o‘quvchining 
tayyorgarligigaqo‘yiladigan talablarni shakllantirishda, o‘quv jarayoni va 
darsliklarni loyihalashda esdan chiqarmaslik kerak. 
Ta’limda kompetentsiyalarning asosiy funktsiyalari quyidagilar: 
- yosh avlodni kundalik hayotga tayyorlash bo‘yicha ijtimoiy talabning 
aksetishi; 
- bilim, ko‘nikma va malakalarini hamda faoliyat usullarini kompleks 
holdamaqsadli qo‘llashi uchun atrof-muhitdan real ob’ektlarni ko‘rsatishi; 


- turli o‘quv predmetlari va ta’lim sohalari mazmunining tarkibiy qismi 
bo‘lishi; 
- konkret masalalarni echishda nazariy bilimlarni amaliyotda foydalanish 
bilanbog‘lashi. 
Kompetentsiyalar 
qanday 
ketma-ketlikda 
bo‘lishi 
kerak? 
Ba’zi 
kompetentsiyalar boshqalariga nisbatan umumiy yoki ahamiyatliroqbo‘ladi. Shunga 
ko‘ra ularni uchta darajaga bo‘lish mumkin: 
1) tayanch kompetentsiyalar – ta’lim mazmunining umumiy(metapredmet) 
qismiga tegishli; 
2) umumpredmet kompetentsiyalari – ma’lum doiraga kiruvchi o‘quv 
predmetlari va ta’lim sohalariga tegishli; 
3) predmetga oid kompetentsiyalar – oldingi ikki kompetentsiyalarganisbatan 
xususiy 
hisoblanib, 
o‘quv predmeti doirasida shakllantiriladi.Tayanch 
kompetensiyalar har safar ta’limning ma’lum bir bosqichi vabelgilangan o‘quv 
predmeti uchun aniqlashtiriladi. Ular to‘plam, me’yoriy hujjatlar, o‘quv va metodik 
adabiyotlar, shuningdek, o‘quvchilarning tayyorgarligini, shu bilanbirga, ularning 
ijodiy tayyorgarligi darajasini baholaydigan hujjatlarni loyihalash vayoritish uchun 
xarakterlovchi to‘plamni belgilaydi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki ta’lim 
sifatni yaxshilash va samarali natijalarga erishish uchun to‘gri kompentensiyaviy 
yondashish zarur. Bunda o‘quvchilar bilan olib boriladigan muloqot va didaktik 
suhbatlar, zamonaviy interaktiv metodlarni ta’lim jarayonida amalga oshirish 
muhim ahamiyatga ega. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling