8-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish Reja: Boshqaruv hisobining paydo bo’lishi va tarixiy rivojlanishi


Download 85.71 Kb.
bet1/12
Sana13.04.2023
Hajmi85.71 Kb.
#1352642
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish


8-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish
Reja:
1. Boshqaruv hisobining paydo bo’lishi va tarixiy rivojlanishi.
2. Boshqaruv hisobi fanining predmeti, boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va boshqaruv hisobining usullari.
3. Boshqaruv hisobining maqsadi va vazifalari.
4. Moliyaviy va boshqaruv hisobining o’zaro bog’liqligi


Tayanch so’z va iboralar: boshqaruv hisobi, kal’kulatsiya, schyotlanishlar bo’yicha boshqaruv, ilmiy boshqaruv
1. Boshqaruv hisobining paydo bo’lishi va tarixiy rivojlanishi
Respublikamizda boshqaruv hisobini alohida fan sifatida rivojlantirish yo’nalishlarini belgilash uning tarixiy shakllanish jarayonini o’rganish zaruratini yuzaga keltiradi. Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobi tarkibida mustaqil fan sifatida rasman 1972-yilda tan olindi. Bu paytda buxgalterlarning Amerika assotsiatsiyasi tomonidan boshqaruv hisobi bo’yicha bitiruvchilarga buxgalter-tahlilchi malakasini beradigan diplomli dasturi ishlab chiqilgan edi.
Binobarin, mustaqil o’quv fani sifatida boshqaruv hisobi oliy o’quv yurtlarining o’quv rejasiga kiritilgan edi. Uning paydo bo’lishi hamda shakllanishi kal’kulatsiya va ishlab chiqarish hisoblarining rivojlanishi bilan bog’liq. Kal’kulatsiya hisobi xo’jalik hisobi paydo bo’lishi bilan bir vaqtning o’zida kelib chiqqan va tovar almashuv muomalalari natijasi bo’lib hisoblangan. «Kal’kulatsiya» so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, so’zma-so’z tarjimada «calcul» — toshcha, ya’ni «toshchalar bilan sanash» ma’nosini anglatadi. Ikkiyoqlama yozuvning paydo bo’lishi kal’kulatsiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog’onaga ko’tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kal’kulatsiya hisobining ajratib ko’rsatilishi esa buxgalteriya hisobini yanada takomillashtirish imkonini berdi.
Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobini mukammallashtirish, jumladan axborotlarni o’z vaqtida foydalanuvchilaiga yetkazish, tijorat sirining saqlanishini ta’minlash, korxona buxgaiteriyasini ikki mustaqil qism: moliyaviy va kal’kulatsiya hisobiga bo’linishini shart qilib qo’ydi. Bu tarzda buxgalteriyaning mustaqil qismlarga bo’linishi moliyaviy hisobni markazlashtirish va kal’kulatsiya hisobini esa nomarkazlashtirishga sabab bo’ldi.
Natijada, kal’kulatsiya hisobi o’z vazifalariga ega bo’la boshladi va boshqaruv jarayonini tezkor-tahliliy axborot bilan ta’minlash, korxona bo’linmalari xarajatlari va daromadlarini nazorat qilish imkoniyatini yaratdi. Ushbu omillar xarajatlar me’yorlari, mahsulotning normativ kal’kulatsiyasini ishlab chiqish, haqiqiy xarajatlaring me’yoriy xarajatlarga muvofiqligini tezkor nazorat qilish, mavjud schyotlanishlarni aniqlash va bartaraf qilishga imkon tug’dirdi hamda tannarxning shakllanish jarayonini boshqarishning schyotlanishlar bo’yicha boshqaruv usuli yuzaga keldi.
Iqtisodiy taraqiyotning hozirgi bosqichida korxona va tashkilotlar faoliyatining samaradorligini boshqaruvning har bir bo’g’inida yo’lga qo’yilgan boshqaruv hisobi tizimisiz tasavvur qilish qiyin. Boshqaruv hisobi tizimi korxona menejerlariga taqdim etiladigan barcha hisob ma’lumotlari va bosqichlarni o’ziga qamrab oladi. Boshqaruv hisobi samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda xarajatlarii rejalashtirish, shakllantirish va nazorat qilish jarayoni bilan uzviy bog’liq.
Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, korxona va tashkilotlarning ichki boshqaruv tizimida menejerlarning axborotlarga bo’lgan ehtiyojini aynan boshqaruv hisobi tizimi ta’minlaydi. Rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya hisobi sohasidagi ish vaqti va resurslarining 90 foizini boshqaruv hisobini yo’lga qo’yish va yuritishga, qolgan 10 foizini esa moliyaviy hisobga sarflashadi1.
Kuchli raqobat muhitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritayotgan tarmoqning o’ziga xos xususiyati yoki faoliyat turidan qat’iy nazar boshqaruv tizimini yo’lga qo’yish orqali ko’zlangan natijaga erishishi va samarali faoliyat yuritishi mumkin. Shu boisdan ham korxonaning barcha bo’g’inidagi menejerlar uchun ahamiyatli bo’lgan boshqaruv hisobining mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari, boshqaruv hisobini yo’lga qo’yish va yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini kengroq yoritishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Zamonaviy menejmentning ahamiyati shundaki, shu sohadagi ilmiy izlanishlar olib borgan turli maktablar olimlari yagona xulosaga kelishgan muhim masala - samarali boshqaruvni o’rganish va uni har bir menejer o’z faoliyatida qo’llashi mumkin2.
Boshqaruv korxona va tashkilotlar paydo bo’lishi bilan shakllana boshladi. Ammo qadimda tashkilotlar hozirgi zamonaviy korxona va tashkilotlardan sezilarli darajada farq qilgan. Bu farqlarni korxona va tashkilotlar ko’lamining juda kichikligi va shunga muvofiq yirik tashkilotlar va rahbarlar sonining kamligi, o’rta bo’g’in rahbarlarining amalda yo’qligi, rahbarlik lavozimlarini kuch, ya’ni zo’ravonlik bilan egallash, buyruqbozlikka katta e’tibor berish, tashkilot uchun muhim qaror qabul qilish huquqiga ega bo’lgan shaxslar sonining kamligida kuzatish mumkin.
Shu bilan birgalikda, qadim zamonlarda odamlar qanday qilib hokimiyatga egalik qilish, ko’p pul topish va hokazolarga katta e’tibor berganlar va pirovardida, maqsadlariga ishonchli erishish kafolatini beruvchi boshqaruv jarayonini samarali amalga oshirish masalalari ustida ham bosh qotirganlar.
Boshqaruv to’g’risidagi fan XX asrning boshlaridan intensiv ravishda rivojlana boshladi. Insoniyat faoliyatining dastlabki davrlaridan bizgacha faqat boshqaruv tajribalarining tahlili va umumlashtan ko’rinigilarini o’zida aks ettirgan uzuq-yuluq ma’lumotlar yetib kelgan3.

Download 85.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling