8-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish Reja: Boshqaruv hisobining paydo bo’lishi va tarixiy rivojlanishi
Download 85.71 Kb.
|
8-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Boshqaruv hisobining maqsadi va vazifalari
- Boshqaruv hisobi prinsiplari
Axborotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy hisob tashqi hisob deb ham ataladi. Uning natijalari chop etib boriladi, biroq, moliyaviy hisobotlar nafaqat moliyaviy axborotlari, shuningdek, korxonalar faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni, ularning yangi mahsulotlarini namoyish etuvchi reklama tusidagi axborotlari ham o’z ichiga oladi. Moliyaviy hisob axborotlaridan foydalanuvchilar, asosan korxonadan tashqarida bo’ladi. Ushbu axborot korxona rahbariyati, davlat organlari, kreditorlar, aktsionerlar, investorlar (ichki va tashqi foydalanuvchilar) uchun zarur. Boshqaruv hisobini, binobarin, ichki hisob deb atash mumkin. Uning natijalaridan korxona boshqaruvi xodimlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari foydalanadilar. Axborotni taqdim etish shakllari. O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, moliyaviy hisobot buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar
to’g’risidagi, pul oqimlari to’g’risidagibarter kapital to’g’risidagi hisobot shakllari, shuningdek, izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlardan iborat. Moliyaviy hisobot shakllari Moliya vazirligi tomonidan 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli bo’yruq bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 24-yanvarda 1209-raqam bilan ro’yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha Qoidalar» bo’yicha taqdim etiladi. SHnningdek, korxonalar, soliqlar, ijtimoiy ta’minot va sug’urta, mehnat birjalariga o’rnatilgan tartibda hisobot topshiradilar. Boshqaruv hisobi axborotlari esa foydalanuvchilarga erkin shaklda taqdim etiladi. 3. Boshqaruv hisobining maqsadi va vazifalari Boshqaruv hisobining elementlari: - inventarizatsiya; - me’yorlashtirish; -rejalashtirish; -nazorat; - limitlash; - hujjatlashtirish; - nazorat schyotlarini baholash; - guruhlash va umumlashtirish; -tahlil. Boshqaruv hisobi prinsiplari: - sub’ekt faoliyatining uzluksizligi; - rejalashtirish va hisob (reja-hisob) uchun yagona o’lchov birliklarini qo’llash va sub’ekt bo’linmalari faoliyatining natijalarini baholash; - boshqaruv maqsadida birlamchi va oraliq ma’lumotni keyinga qoldirish va ko’p marta ishlatilishi; - boshqaruv pog’onalari o’rtasida ichki xisobot ko’rsatkichlarini kommunikatsion aloqalar asosi sifatida shakllantirish; - har xil moliyalar, tijorat faoliyatini boshqarishning byudjet (smeta)li uslubini qo’llash; - hisob ob’ekti haqida to’liq ma’lumot bilan ta’minlovchi to’liqlik va analitiklik; - xisob siyosati tomonidan o’rnatilgan sub’ektning ishlab chiqarish va tijorat siklini aks ettiruvchi davriylik va xokazolar. Download 85.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling