8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik


Mahsulot sifati noaniqligi


Download 454.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana05.01.2022
Hajmi454.88 Kb.
#215319
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
d9aaa19c46529f379695ad190f055033

Mahsulot sifati noaniqligi. Faraz qilaylik, bozorda foydalanilgan avtomobillar 

sotiladi. Mashinaning holati (sifati) o`rtacha holatdan yuqori bo`lsa yaxshi avtomobil, 

past bo`lsa - yomon avtomobil (ushbu masalani 1970 yilda birinchi bo`lib amerikalik 

olim  A.Akerlof  o`rgangan).  Yaxshi  avtomobillarning  narxini  sotuvchilar  5000  doll. 

va  iste'molchilar  5600  doll.  baholaydilar.  Holati  o`rtadan  past  avtomobillar  narxini 

esa  mos  ravishda  3000  va  3500  dollarga.  Agar  bozorda  ikkala  kategoriyadagi 

avtomobillar  soni  bir-biriga  teng  bo`lsa,  avtomobilning  o`rtacha  narxi  4000  doll. 



bo`ladi. Ushbu holatda yaxshi avtomobilni ham, yomon avtomobilni ham sotib olish 

ehtimoli 50 foizga teng. 

Biroq  sotuvchilar  o`zlarining  avtomobili  sifatini  yaxshiroq  biladi,  xaridorlar 

bunday  axborotga  ega  emaslar.  Yaxshi  mashina  sotuvchilarni  4000  doll.  narx 

qanoatlantirmaydi. Yomon mashina sotuvchilarni esa 4000 doll. narx qanoatlantiradi 

va bu narx ular kutgan narxdan ancha yuqori.  

Bozorda  asimmetrik  axborot  bo`lgan  sharoitda  avtomobil  bozoridagi  narx 

avtomobil  sifati  to`g`risida  to`liq  axborotni  bermaydi,  natijada  bozordagi  savdo-

sotiqlarni  noratsional  bo`lishiga  olib  keladi.  Yaxshi  avtomobil  egalari  o`z 

avtomobillarini  4000  dollarda  sotishdan  voz  kechadilar.  Oqibatda  yaxshi 

avtomobillar  taklifi  kamayadi.  Yomon  avtomobillar  narxi  yuqori  bo`lgani  uchun, 

ularning  taklifi  oshadi.  Bunday  holatda  yaxshi  avtomobil  olish  ehtimoli  50  foizdan 

nolga tushib ketadi 


Download 454.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling